Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \



Yüklə 4,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/381
tarix01.12.2023
ölçüsü4,92 Mb.
#170244
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   381
Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik

2. O‘QUV MATERIALLARI MAZMUNI 
 
2.1. Ma'ruza mashg‘ulotlari 
1. Buxgalteriya hisobining mohiyati, predmeti va metodi (4 soat) 
Buxgalteriya hisobining mohiyati va hisobning oldiga qo‘yiladigan talablar. Hisobda 
qo‘llaniladigan o‘lchovlar va hisob turlari. Buxgalteriya hisobining maqsadi, asosiy vazifalari va 
funksiyalari. Xo‘jalik mablag‘lari (aktivlar). Xo‘jalik mablag‘larining tashkil topish manbalari (passivlar). 
Buxgalteriya hisobi predmetining umumiy ta'rifi. Buxgalteriya hisobining metodi va metodi elementlari 
(usullari) ning tavsifi. Buxgalteriya hisobining ob'ektlari va sub'ektlari. Buxgalteriya hisobining 
funksiyalari.
Qo‘llaniladigan ta'lim texnologiyalari: 
ma'lumotli va ko‘rgazmali ma'ruza, klaster 
Adabiyotlar: A2; A3; A5; Q1; Q2; Q3; Q4; Q5; Q6; Q7; Q8; Q10.
2.
 
Hujjatlashtirish, inventarizatsiya, baholash va kalkulyasiya (2 soat) 
Hujjat va hujjatlashtirish haqida tushuncha. Buxgalteriya boshlang‘ich hujjatlari va ularni 
rasmiylashtirish. Buxgalteriya hujjatlarini turkumlarga ajratish. Boshlang‘ich hujjatlardagi xatolarni 
to‘g‘rilash tartibi. Hujjatlar aylanishini tashkil qilish tartibi. Boshlang‘ich hujjatlar va hisob registrlarini 
saqlash tartibi. Inventarizatsiya va uning ahamiyati. Inventarizatsiyaning turlari. Inventarizatsiya o‘tkazish 
va uning natijalarini rasmiylashtirish tartibi. Baholash va kalkulyasiyaning mohiyati va me'yoriy-huquqiy 
tartibga solinishi. Buxgalteriya hisobida baholash va kalkulyasiya. 
Qo‘llaniladigan ta'lim texnologiyalari: 
ma'lumotli va ko‘rgazmali ma'ruza, aqliy hujum
Adabiyotlar: A2; A3; A5; Q1; Q2; Q3; Q4; Q5; Q6; Q7; Q8; Q10.
 
3.
 
Buxgalteriya balansi, schyotlar tizimi va ikki yoqlama yozuv (4 soat) 
Buxgalteriya balansi, uning mohiyati va tuzilishi, xo‘jalik muomalalari ta'sirida balansda ro‘y 
beradigan o‘zgarishlar. Buxgalteriya schyotlari haqida tushuncha, ikki yoqlama yozuv va uning ahamiyati. 
Buxgalteriya hisobi schyotlarni turkumlarga ajratish. Sintetik va analitik schyotlar haqida tushuncha
ularning o‘zaro bog‘liqligi. Aylanma qaydnomalar, ularning ahamiyati va tuzish tartibi.
Qo‘llaniladigan ta'lim texnologiyalari: 
ma'lumotli va ko‘rgazmali ma'ruza, aqliy hujum

Yüklə 4,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin