farmoyish hujjati , shuningdek,
dastlabki, bir martalik va
bir qatorli hujjat bo‘lib hisoblanadi; guruhlovchi qaydnoma
buxgalteriyada rasmiylashtiriladigan yig‘ma, bir martalik hujjat ; limit zabor kartasi
isbotlovchi, farmoyish, dastlabki va
yig‘ma hujjat bo‘lib hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi” qonunining 8-moddasiga
muvofiq xo‘jalik yurituvchi subekt rahbari yoki u vakolat bergan shaxslar tomonidan pul, tovar-
moddiy va boshqa boyliklarni qabul qilish va berish uchuy asos bo‘lib xizmat qiladigan hujjatlar,
korxona muassasa va tashkilotning kredit va hisob-kitob majburiyatlari hamda buxgalteriya
hisobotlari va balanslari imzolanadi. Shuningdek, xo‘jalik muomalalarini amalga oshirish va subekt
nomidan hujjatlarni imzolash huquqiga ega bo‘lgan shaxslarning lavozimi va buxgaltyerlik
funksiyalari hamda rahbarlik funksiyalarini amalga oshiradigan har bir mansabdor shaxs uchun pul
summalari bo‘yicha cheklanishlarga ko‘ra imzo huquqlarining iyerarxiyasi (ketma-ketligi)
o‘rnatiladi. Xo‘jalik yurituvchi subekt tomonidan elektron raqamli imzodan foydalanilganida zarur
ehtiyotkorlik choralari va tegishli nazorat o‘rnatilishi zarur.
Elektron raqamli imzo deb elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron
raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o‘zgartirish natijasida hosil qilingan
hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik
yo‘qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish
imkoniyatini beradigan imzoga aytiladi.
2.2. Hisob yozuvlaridagi xatolarni tuzatish Hisob jarayonida ayrim paytlarda xatolar uchraydi va ularni o‘z vaqtida tuzatish zarur.
Xatolarni topish uchun yozuvlarni tanlab yoki yoppasiga tekshirish usullari qo‘llaniladi.
Yozuvlardagi xatolar har xil bo‘lishi mumkin. Masalan, hujjatlarda va hisob registrlarida matn yoki
summa noto‘g‘ri yozilgan, natural yoki qiymat ko‘rsatkichlarini jamlashda xatoga yo‘l quyilishi,
xo‘jalik muomalalarini aks ettirishda schotlar korrespondensiyasi noto‘g‘ri tuzilishi, yozuvlar tegishli
bo‘lmagan boshqa registrlarga yozilgan bo‘lishi mumkin va h.k.
Aniqlangan barcha xatolar hisobot tuzilgunga qadar tuzatilishi lozim.
Hisob registrlaridagi xatolarni tuzatishda xatoning xususiyati va aniqlangan vaqtiga qarab
quyidagi usullardan birortasi qo‘llaniladi: