Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \



Yüklə 4,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/381
tarix01.12.2023
ölçüsü4,92 Mb.
#170244
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   381
Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik

korrektura, qizil storno 
va
 qo‘shimcha yozuv. 
Korrektura usuli
ma’lumotlar hisobot davri uchun jamlangunga qadar topilgan xatolarni 
tuzatishda qo‘llaniladi. Bu usulda noto‘g‘ri yozuv ustidan, uni o‘qish mumkin qilib, ingichka bitta 
chiziq tortiladi va yuqorisiga to‘g‘ri yozuv yozib quyiladi. Bunday tuzatish to‘g‘risida tegishli 
registrning bo‘sh joyiga izoh berilib, xatoni tuzatgan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanadi.
Jurnal-order shaklida hisob yuritishda hisob registrlaridagi xatolar korrektura usuli bilan 
ularda hisobot oyi uchun jami chiqarilgunga qadar tuzatiladi. Registrlar jamlangandan so‘ng, lekin 
yozuvlar bosh daftarga o‘tkazilmasdan oldin, registrlardagi xatoni tuzatish, buning uchun belgilangan 
bo‘sh qator yoki grafada, maxsus 
buxgalteriya ma’lumotnomasi
(spravkasi) asosida amalga 
oshiriladi. Jamlangan ma’lumotlar daftarga o‘tkazilgandan so‘ng registrlarda xatoni tuzatishga yo‘l 
quyilmaydi. Bunday vaqtda ham xatoni tuzatish maxsus tuziladigan buxgalteriya ma’lumotnomasi 
asosida amalga oshiriladi. Bu ma’lumotnomadagi yozuv Bosh daftarga alohida o‘tkaziladi. 
Ma’lumotnoma esa xato topilgan jurnal-orderga ilova qilinadi (tikib quyiladi). 
Qizil storno usuli
schotlar aloqasida yo‘l quyilgan va schotlarga tarqatib yozilgandan so‘ng 
yoki hisobot tuzilgandan so‘ng topilgan xatolarni tuzatishda qo‘llaniladi. Bu usul noto‘g‘ri schotlar 
aloqasi bilan yozuv yana o‘shaning o‘ziday qilib qizil siyoh bilan yoziladi. Shundan so‘ng to‘g‘ri 
yozuv oddiy rang bilan yozib quyiladi. Summalar jamlanganda xato yozuv va qizil rang bilan 
yozilgan (storno) yozuv o‘zaro bir-birini yo‘qotadi va to‘g‘ri yozuv qoladi.
Yo‘l quyilgan xatoni qizil storno usuli bilan tuzatishni quyidagi misolda ko‘rib chiqamiz. 
Masalan, fermer xo‘jaligida hisobdor shaxsga xizmat safari uchun kassadan 50000 so‘m 


bo‘nak berildi va bu muomala schotlarga quyidagicha aks ettirilgan: 
1) 4890 – «Boshqa debitorlar qarzlari» schotining debeti – 50000 so‘m 
5010-«Milliy valutadagi pul mablag‘lari» schotining krediti – 50000 so‘m. 
Bu yozuv noto‘g‘ri, chunki hisobdor shaxsga xizmat safari uchun berilgan bo‘naklar 4890 –
«Boshqa debitorlar qarzlari» degan schotda emas, balki 4220-«Xizmat safari uchun berilgan 
bo‘naklar» degan schotda hisobga olinishi kyerak. Yo‘l quyilgan xatoni tuzatish uchun avval xuddi 
shu xato yozuv qizil siyoh bilan yoziladi yoki oddiy rangda yozilib to‘rtburchak ichiga olinadi; 
2) 4890-«Boshqa debitorlar qarzlari-joriy qismi» schoti debeti–50000 so‘m. 
5010-«Milliy valutadagi pul mablag‘lari» schoti krediti – 50000 so‘m. 
Natijada ushbu qizil yoki to‘rtburchak ichiga olingan yozuv oldingi xato yozuvni yo‘qqa 
chiqaradi. So‘ngra mazkur xo‘jalik muomalasining mazmuniga mos keladigan. To‘g‘ri yozuv oddiy 
rangda yoziladi. 
3) 4220-«Xizmat safari uchun berilgan bo‘naklar» schotining debeti
50000 so‘m. 
5010-«Milliy valutadagi pul mablag‘lari» schotining krediti50000 so‘m 
Yuqoridagi schotlar korrespondensiyasi buxgaltyerlik hisobi schotlarida quyidagicha aks 
ettiriladi: 
1) 50000 
2) 50000 
S-do:100000 
1)
50000 
2)
50000 
3)
50000 
Oborot: — 
Oborot: — 
Oborot: — 
Oborot: 50000 
3) 50000 
Oborot: 50000 
Oborot: — 
S-do:50000 

Yüklə 4,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin