buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS) ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya
Vazirligi tomonidan 1999 yil 19 oktyabrda №EG./17-19-20-75 sonli buyruq bilan tasdiqlangan va
Adliya Vazirligida 1999 yil 2 noyabrda 833-raqam bilan ro‘yxatga olingan). Unda korxonaning mol-
mulklari va moliyaviy majburiyatlarini inventarizatsiya qilish hamda uning natijalarini
rasmiylashtirish tartibi belgilangan. Shuningdek, №4 – «Tovar-moddiy zahiralar» nomli BHMS
talablariga muvofiq, «mulkchilik va faoliyat turidan qat’iy nazar, barcha korxonalar har yili yillik
hisobotlar va balanslarni tuzishdan oldin asosiy vositalar, kapital qo‘yilmalari, tugallanmagan kapital
qurilishlar, tovar-modiy boyliklar, pul mablag‘lari, hisob-kitoblar va balansning boshqa moddalarini
inventarizatsiyadan o‘tkazishlari shart» (22 - punkti) deb belgilangan. O‘tkazilgan inventarizatsiya
natijalari «Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining
buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish tartibi to‘g‘risidagi Nizom»ga (O‘zR moliya vazirligi, Davlat
soliq qo‘mitasi, mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vaziriligining 2004 yil 10 martdagi 37,
2004-26, 20/1-sonli qarori bilan tasdiqlangan) muvofiq rasmiylashtiriladi. Bulardan tashqari,
inventarizatsiya jarayonida yuzaga keladigan ayrim masalalar O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik va
Jinoyat Kodekslari bilan ham bevosita yoki bilvosita tarzda to‘qnashadi.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda inventarizatsiyani tashkil etish, o‘tkazish va natijalarini
rasmiylashtirish bo‘yicha quyidagi huquqiy-me’yoriy tizim shakllangan(10.2-rasm).
O‘zbekiston Respublikasi
«
Dostları ilə paylaş: