Microsoft Word 13. Ma'Ruzalar matni



Yüklə 1,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/62
tarix14.12.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#179324
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   62
portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmua

D T P 
T
1
 
D
1
xarid 
ishlab chiqarish taqsimot 
logistikasi logistikasi 
logistikasi 
5.1-Rasm. Kapital ishlab chiqarish jarayoni va logistikaning funksional sohalari 
Taqsimot logistikasi bu iste'molchining talab va manfaatlariga muvofiq tayyor 
mahsulotni ungacha yetkazish jarayonidagi tashish, omborga qo‘yish va boshqa moddiy va 


nomoddiy operatsiyalarni rejalashtirish, nazorat qilish va boshqarish to‘g‘risidagi bilimlar 
majmuidir. Shu bilan birga ushbu axborotni uzatish, saqlash va qayta ishlash ham taqsimot 
logistikasi doirasiga kiradi. 
Taqsimot logistikasi quyidagi tamoyillarga asoslangan: 
- moddiy va axborot oqimlarini boshqarish jarayonini marketing maqsadlari va 
vazifalariga bo‘ysunishi; 
-
taqsimot jarayonining ishlab chiqarish va xarid jarayonlari bilan tizimli o‘zaro 
aloqasi (moddiy oqimlarni boshqarish nuqtai- nazaridan); 
-
taqsimot ichidagi barcha funksiyalarning tizimli o‘zaro aloqasi. 
Taqsimot logistikasining ta'rifi quyidagicha ifodalanadi: taqsimot logistikasi - bu 
xar xil ulgurji xaridorlar o‘rtasidagi, ya'ni ulgurji savdo jarayonida amalga oshiriladigan, 
o‘zaro aloqador funksiyalar majmuasidir. 
Chakana savdo jarayoni, odatda, logistikada tadqiqot etilmaydi. Bu jarayon 
samaradorligi, logistika doirasidan tashqaridagi omillarga bog‘liq, masalan iste'molchilar 
psixologiyasini bilishga, savdo zalini bezash mahoratiga, reklamani tashkil etishga va 
boshqalarga. Chakana savdo jarayonida moddiy oqimlarning ratsional tashkil etilishi 
albatta zarur, ammo uning ahamiyati moddiy oqim harakatining oldingi bosqichlaridagiga 
nisbatan ancha kam. 
Shuni ham aytish lozimki yuqorida aytilganlarning barchasi butun chakana savdo 
jarayoniga emas, (u o‘z ichiga ulgurji xarid va chakana savdolarni oladi), balki faqatgina 
chakana savdoga, ya'ni iste'molchilarga xizmat ko‘rsatishga, tegishli. 
Taqsimot logistikasining o‘rganish ob'ekti - yetkazib beruvchidan iste'molchigacha 
bo‘lgan harakat bosqichidagi moddiy oqimlardir. 
Moddiy oqim taqsimoti anchadan buyon faoliyatining axamiyatli tomoni bo‘lib 
kelmoqda edi, ammo nisbatan yaqindagina u eng muxim funksiyalardan biri mavqyeiga 
ega bo‘ldi. Rivojlangan bozor iqtisodiyotiga ega davlatlarda 50-60chi yillargacha taqsimot 
tizimlari hyech qanday boshqaruvsiz rivojlanib keldi. Taqsimot kanallarini tanlash, 
tovarlarni qadoqlash, ularni tashish va iste'molchiga yetkazishga tayyorlash, ishlab 
chiqarish va materiallarni xarid qilish masalalari bir-biri bilan o‘zaro aloqada yechilar edi. 
Birgalikda taqsimot funksiyasini tashkil etuvchi ayrim kichikroq funksiyalar, mustaqil 
funksiyalar sifatida ta'riflanar edi. 60-70chi yillarning boshlaridagina, ishlab chiqilgan 
mahsulot taqsimotiga doir barcha funksiyalarni yagona boshqarish funksiyasiga 
birlashtirish samaradorligini oshirishga olib kelishini angladilar. Buning natijasida taqsimot 
funksiyalari korxona va tashkilotlarning funksional boshqaruvi tuzilmasiga kiritildi. 
Savdodagi taqsimotning har xil funksiyalari integratsiyasiga, do‘konlarni 
ta'minlovchi maxsus tuzilmalarni bo‘linishi va rivojlanishi misol bo‘lishi mumkin. 
Rivojlangan bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatlarda, 70-chi yillarda, bunday taqsimot 
tuzilmalarini yirik chakana savdo tashkilotlari barpo etib, ularni rivojlantirishga kirishdilar. 
Taqsimot markazlarining samaradorligiga tovarlarning yirik partiyalarini olish munosabati 
bilan beriladigan chegirmalar hisobiga, yetkazib berish samaradorligi hisobiga, hamda bir 
taqsimot markazida xizmatlardan foydalanuvchi do‘konlar zaxirasi to‘planishi hisobiga 
erishiladi. 

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin