-logistikaga omborlar tarmog‘i kerakmi, agarda kerak bo‘lsa, qanday, qancha va
qaerda;
-xizmat ko‘rsatishning qaysi darajasini ta'minlash, va boshqa qator masalalar.
Mikro va makro darajadagi logistik taqsimot vazifalari tarkibi har xil. Korxona
darajasida, ya'ni mikro darajada logistika quyidagi vazifalarni o‘z oldiga qo‘yadi: -
realizatsiya jarayonini rejalashtirish;
-buyurtma qabul qilishni va qayta ishlashni tashkil etish;
-qadoq turini tanlash, butlash haqida qaror qabul qilish, va yuklashdan oldingi
boshqa operatsiyalar bajarilishini ta'minlash;
-mahsulot yuklashni tashkil etish;
-yetkazib berishni tashkil etish va tashishni nazorat qilish;
-realizatsiyadan keyingi xizmat ko‘rsatishni tashkil etish.
Makro darajadagi logistika vazifalari quyidagilar:
-moddiy oqimni taqsimlash chizmasini tanlash;
-xizmat ko‘rsatiladigan hududdagi taqsimot markazlarning (omborlarning) optimal
miqdorini aniqlash;
-xizmat ko‘rsatiladigan hududda taqsimot markazi (ombor) joylashuvining optimal
joyini aniqlash, hamda moddiy oqimni tuman, viloyat, mamlakat hududidan o‘tish
jarayonining boshqaruvi bilan bog‘liq boshqa qator vazifalar.
5.3.
Logistik kanallar va logistik zanjirlar.
Moddiy oqim xom - ashyo manbaidan, yoki ishlab chiqarishdan, yoki taqsimot
markazidan chiqib, ishlab chiqarishga, taqsimot markaziga yoki oxirigi iste'molchiga borib
tushadi (5.2-rasm).
Dostları ilə paylaş: