Ijtimoiy-pedagogik faoliyat - bu bolani ijtimoiylashtirish jarayoniga yordam berishga
qaratilgan, ijtimoiy madaniy tajriybalarni hamda jamiyatdagi o’z ishlarni amalga oshirish
haroitlarni yaratish yo’llarini o’zlashtirishga qaratilgan har-xil proffessional faoliyat hisoblanadi.
Rivojlanishda u yoki bu turdagi normadan orqada qoluvchi bolalarni ijtimoiy qayta tiklash bilan
bog’liq bo’lgan faoliyat. Mazmuniga ko’ra ijtimoiy pedashgogik faoliyat har xil kasbga bog’liq
xilma xildir. Nazariy qarashlar buyicha kupchilik guruh bolalar bilan ishlashdagi profilaktik
faoliyat muassasa va tashkilotlarida amalga oshirish kerak bular quyidagilar:
- o'quv yurtlaridagi ijtimoiy pedagogik faoliyat;
- bolalar jamoasi va tashkilotlardagi ijtimoiy pedagogik faoliyat;
- ijodkorlik to’garaklari va bolalarning ro`l vaqtlariga ijtimoiy pedagogik faoliyat;
-bolalarning yo’zgi ta’tildagi ijtimoiy pedagogik faoliyat.
Rivojlanishida nuqsoni bor bolalar olib boriladigan ishlar qannaqa nuqsoni bor ekanligiga qarab
ijtimoiy pedagogik foaliyat turlariga ajratish va maxsus metodika va texnologik yondoshishni
talab qiladi.
-aqliy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy pedagogik faoliyat;
-pedagogik nuqsonlari bor bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy pedagogik faoliyat;
-ota-ona tomonidan nazoratsiz qolgan bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy pedagogik faoliyat;
-tarbiyasi ogir(deviant) bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy pedagogik faoliyat.
Ijtimoiy pedagogning oila bilan birga olib boradigan ijtimoiy pedagogik faoliyati alohida
ahamiyatga egadir, sababi oilada bolaga boshaqa ijmoiy omillarining ta’sirining qanday
bo’lishni aniqlashga imkon beradi. Shuning uchun ham ijtimoiy pedagoggning oila bilan
hamkorlikdagi ishchangligi ijtimoiy pedagogik faolitning barcha kategoriyalari ya’ni bolalar
muammolari bazi hollardagi pro`lilaktika ishlarini olib borishdagi zarur komponentlardan
hisoblanadi.
Ijtimoiy ta’lim . Umumiy o’rta maktablarda ya’ni boshqa bir o'quv yurtlarida bola ta’lim
jarayonlarida akademik bilimlariga va ularni egallash uchun eng zarur bulgan ko’nikmani
egallash va qullashni o’rgatadi. Shuningdek ular alohida tizimlashtirilgan ijtimoiy bilim
ko’nikma va tajribalarni ham egallaydi. Ular bola tomonidan o’rganilgan malaka va ijtimoiy
talablarini yutuqlarini egallashni ta’minlaydi, qachon bolaga va uning ijtimoiylashuvida maxsus
yordam zarur bo’lgandagina bu bilim ko’nikma va malakalar asqotadi.
Ijtimoiy ish - aholining ijtimoiy himoyalanmagan qatlamlariga yordam ko’rsatish
hisoblanadi. Ijtimoiy ishlarning obekti inson hisoblanadi, lekin hamma emas, balki faqatgina
muammolari bo’lganlari (ekologik, ijtimoiy, texnogen, millatlararo keskin o’zgarishlar,
buzilishlar natijasida) yoki sog’lom bo’lmagan, jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo’lganlar
hisoblanadi.
Madaniyat-jamiyatning tarixiy malum bir rivojlanish darajasi., ijtimoiy kuch, inson
qobilyati, odamlar shayotiy faoliyati shaklini tashqil yetish usuli, asosan ular tomonidan
yaratilajak moddiy va ma`naviy qadryatlar bilan belgilanadi.