Microsoft Word 2020-21 ijtimîiy majmua so'ngisi


Tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo‘lishi prinsipi



Yüklə 2,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/261
tarix22.10.2023
ölçüsü2,3 Mb.
#159928
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   261
IJTIMOIY PEDAGOGIKA

 
Tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo‘lishi prinsipi
– ijtimoiy pedagogika prinsipi, shunga 
ko‘ra ijtimoiy pedagog o‘z amaliy faoliyatida bolaning tabiiy holda rivojlanishi omillariga 
tayanadi.
 
Tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo‘lishi prinsipi ilk bor buyuk slavyan pedagogi Yan Amos
Komenskiy (1592-1670) bilan uning “Buyuk didaktika” (1632) degan ‘ng asosiy ishida 
ta’riflangan Komenskiy, inson tabiatning bir qismi sifatida uning ‘ng asosiy, umumiy 
qonunlariga bo‘ysunadi, deb hisobladi. Uning fikricha, tabiatning bu qonunlari o‘simliklar va 
hayvonlar olamida ham, shuningdek, insonga nisbatan ham o‘z ta’sirini o‘tkazib turadi. 
Ya.A.Komenskiy nafaqat tabiatning umumiy qonunlariga, balki bola shaxsi psixologiyasiga ham 
tayanardi. U bolalar, o‘spirinlar va yosh yigitlarning yoshiga oid tavsifiga tayanga holda o‘z 
bolalar ta’lim-tarbiyasi tizimini ilgari suradi, asoslaydi va quradi. 
Komenskiydan ancha ilgari Harq Uyg‘onish davri buyuk qomusiy olimi va mutafakkiri 
Abu Ali ibn Sino (980-1037) o‘z ishlarida tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo‘lishi haqida gapirgan 
‘di. 
Masalan, “Uy-ro‘zg‘or tutish” haqidagi asarida Ibn Sino yozgan ‘diki, inson aqlli 
mavjudot, shuning uchun tabiatda alohida o‘rin tutadi va uning qonunlariga ko‘ra rivojlanadi. 
“Yomon xislatlarni qayta tarbiyalash” asarida ‘sa Ibn Sino yozadiki, kimki ahloqsiz insonni 
tarbiyalamoqchi (qayta tarbiyalamoqchi) bo‘lsa, unda u uni har tomonlama o‘rganishi (insonni), 
inson tabiati qoidalarini bilishi kerak. 
Natijada tarbiyaning tabiat bilan uyg‘un bo‘lishi prinsipi ko‘pgina buyuk pedagoglar 
tomonidan o‘z pedagogik va ijtimoiy pedagogik nazariyalari qurish asosi sifatida olingan ‘di. 
Masalan, fransuz faylasufi Jan Jak Russo (1712-1778) hisoblagan ‘diki, bola tarbiyasi tabiat 
bilan uyg‘un ravishda amalga oshirilishi kerak. U yozardiki, “Bolalar katta bo‘lishidan ilgari 
bola bo‘lishi kerak”. 
Shveysar pedagogi Iogann Genrix Pestalotssi (1746-1827) etim va qarovsiz bolalar 
uchun muassasalar va bolalar uyini yaratgan, u hisoblardiki, tabiat maqsadi – inson tabiiy 
kuchlari va qobiliyatlarini rivojlantirishdir, bunda rivojlanish har tomonlama va uyg‘un bo‘lishi 
lozim. 
Nemis olim-pedagogi Adolf Disterveg (1790-1866) ham I.G.Pestalotssi ketidan bu 
prinsipni ‘ng muhim tarbiya prinsipi deb hisoblagan. Uz ishlarida yozgan ‘diki, ta’lim va tarbiya 
jarayonida yo shva individual xususiyatlarni ‘‘tiborga olish lozim. 
Tarbiyaning tabiat bilan uyg‘un bo‘lishi rus klassik pedagoglari ishlarida ham o‘z aksini 
topgan. K.D.Ushinskiy (1824-1871) o‘zining asosiy “Inson tarbiyaning mazusi sifatida” degan 
psixologik-pedagogik asarida yozgan ‘diki, bola tarbiyasi va ta’limi uchun tarbiya prinsiplari va 
qoidalarini bilish, balki inson tabiati asosiy qonunlarini bilish, ularni har bir aniq holda tatbiq 
qila olish lozim. K.D.Ushinskiy fiziologiya, gigiena va psixologiya (diqqat, xotira, tasavvur
hislar, iroda) asoslarini oldindan o‘rganish zaruriyatini asoslab berdi, buning asosida so‘zlash 
qobiliyatini, ahloqiy, ‘stetik va diniy hislarni, didaktikani o‘rganishga o‘tish mumkin. 
Harq Uyg‘onish davri mutafakkir qomusiy olimi Abu Nasr al-Farobiy (873-950) 
pedagogikaning mustaqil fan sifatida ajralib chiqishiga qadar o‘z asarlarida ‘diki, inson 
tabiatning ‘ng ta’kidlagan oliy yutug‘idir va o‘z aqliga ko‘ra atrof-muhitni har tomonlama idrok 
qilish mumkin. 
Abdulla Avloniy (1878-1934) “Turkiy guliston yohud ahloq” degan asarida turli shaxs 
ahloqiy xislatlarini tarbiyalashga katta ‘‘tibor beradi. Uning asarini o‘zbek tilida yozilgan 
pedagogika bo‘yicha birinchi darslik deb hisoblash mumkin. 
11
Martin, Jay. 

Yüklə 2,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin