54
1) Pedagogika mustaqil fan sifatida YA.A.Komenskiyning “Buyuk didaktika” (XVII asr)
degan asaridan so‘ng
ajralib chiqdi, unda didaktika prinsiplari va pedagogik jarayon
qonuniyatlari aniq ta’riflangan.
Forobiy pedagogikani mustaqil fanga ajratmagan, uni siyosiy (fuqaro) fan tarkibiga
kiritgan.
Uning
fikricha, bolalarda ijobiy ahloq xislarini tarbiyalashda atrof-muhit katta tabiiy
kamolotiga ishonardi, bola tabiatidan go‘zallik va mehr-oqibat bilan uyg‘un ravishda tug‘iladi.
Ijtimoiy pedagogikada tarbiyaning tabiat bilan uyg‘un bo‘lish prinsipiga amal qilib,
quyidagi qoidalarga tayanish lozim:
-olalar yoshi xususiyatlarini ‘‘tiborga olish;
-bolalar jinsiy xususiyatlarini ‘‘tiborga olish;
-me’yordan chetga chiqish bilan bog‘liq bo‘lgan bolalarning individual xususiyatlarini
‘‘tiborga olish;
-bola shaxsidagi ijobiy, kuchli tomonlarga tayanish;
-bola tashabbuskorligini va mustaqilligini rivojlantirish.
Madaniyat bilan uyg‘un bo‘lish prinsipi-
bu prinsip tarbiyaning tabiat bilan uyg‘un
bo‘lishi prinsipining davomidir. Uning zaruriyati inson tabiati bilan hartlangan. Inson biologik
mavjudot sifatida tug‘iladi, shaxs bo‘lib ‘sa bir avloddan ikkinchi avlodga shaxs tarbiyasi va
rivojlanishi jarayonida o‘tadigan o‘zini tutish ijtimoiy tajribani o‘zlashtirib, etishadi.
Antik jamiyatdagi faysuflar va pedagoglar shaxs shakllanishi va madaniyat o‘rtasidagi
chuqur bog‘liqlikni tahlil qilganlar. Shu narsaga sharq uyg‘onish davri mutafakkirlari va
qomusiy olimlari bo‘lgan Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, XII asr insonparvari Alisher Navoiy ham
o‘z asarlarida tayanganlar. Bunda ikkita muhim tezis belgilandi:
shaxs madaniyat orqali
shakllanadi, har qanday madaniyat asosiy boyligi ‘sa insondir. O‘tmish faylasufi va pedagoglari
hisoblardiki, madaniyat yuqori ahloqiy insonni shakllantirishning zaruriy va ‘ng muhim
omilidir.
Madaniy uyg‘un bo‘lish prinsipi pedagogikada A.Disterveg (XIX asr) bilan ilgari
surilgan. U hisoblardiki, tarbiya qilishda joy va vaqt hart-haroitlarini, ya’ni inson tug‘ilgan vaqti
va joyini, bir so‘z bilan aytganda butun zamonaviy madaniyatni ‘‘tiborga olish zarur. Butun
insoniyat, har bir halq va har bir avlod madaniyat rivojlanishining ma’lum bir pog‘onasida
turadi – bu ajdodlar bilan ular tarixi natijasi sifatida qoldirilgan meros. Madaniy uyg‘un bo‘lish
prinsipi muayyan tashqi, ichki va ijtimoiy madaniyat asosida o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil
qilishni bildiradi. Distervegga ko‘ra tashqi madaniyat –
bu ahloq turmush, iste’mol qilish
me’yorlari ichki madaniyat – insonning ma’naviy hayoti. Ijtimoiy madaniyat ijtimoiy
munosabatlar va milliy madaniyat.
Rossiya pedagogikasida madaniy uyg‘un bo‘lish g‘oyasi K.D.Ushinskiy asarlarida
berilgan ‘di. U shu haqida yozardiki, agar biz ziyoli inson va fuqaroni tarbiyalamoqchi bo‘lsak,
yozish, o‘qish, sanash, malakasidan, o‘z dini, o‘z vatani,
uning tabiati, georafiya, tarix,
madaniyatni bilishidan boshlash kerak. K.D.Ushinskiy asarlarida bu g‘oya xalqchilik g‘oyasi
sifatida aks ‘ttiriladi. Xalqchilik deganda K.D.Ushinskiy har bir xalqning o‘ziga xosligini uning
tarixiy rivojlanishi, geografik va tabiiy hart-haroitlari bilan hartlanishi orqali tushungan.
Madaniy uyg‘un bo‘lish g‘oyasi pedagogikamizda Abdulla Avloniy bilan berilgan. Bu
g‘oya uning “Turkiy guliston yohud ahloq” degan asarlarida Vatanga muhabbat sifatida aks
‘ttiriladi.
“Inson tug‘ilgan va o‘sgan shaharni, yozadi A.Avloniy -
hamda shu shahar joylashgan
mamlakatni shu inson Vatani deb ataydilar... biz, Turkistonliklar, hayotimizdan ham afzal o‘z
quyoshli o‘lkamizni sevganimizdek, arablar ham o‘z Arabistonini, uning issiq qumli cho‘llarini,
‘skimoslar o‘z Shimolini, abadiy muz va qorlar bilan qoplangan ‘ng sovuq erlarini sevadi”
12
.
12
А.Авлоний. Туркий гулистон ёҳуд аҳлоқ. ВКН. “Анатомия педагогической мысли
Узбекистана”, М.1986. с. 187.
55
Madaniy uyg‘un bo‘lish prinsipi umuminsoniy madaniyat qadriyatlari salohiyatini
umuminsoniy va milliy madaniyati qadriyatlari va me’yorlarini tarbiyalashda hisobga olishni
ko‘zda tutadi.
Umuminsoniy qadriyatlarga ‘ng katta bo‘lgan qadriyat inson, inson yashaydigan
tabiiy
muhit – oila, hayot faoliyati asosi mehnat, yashash harti - erdagi tinchlik, inson faoliyati asosi -
bilim, insoniyatning tarixiy tiklangan ijtimoiy tajribasi – dunyoviy madaniyat kiradi.
Milliy qadriyatlar: Vatan tarixi, ona tili va adabiyoti, xalq san’ati, milliy madaniyat, urf-
odatlar, marosimlar, an’analar yana A.Navoiy ta’kidlagan ‘diki ona tilida (o‘zbek tili) yozish
xalq ishidir.
Turli jamiyat madaniyatlariga bolani jalb ‘tish: turmush,
jismoniy, jinsiy, aqliy, siyosiy,
ma’naviy – juda murakkab masala, bu masala oila va jamiyat, turli muassasa va birlashmalarning
(maktab, bolalar bog‘chasi, maktabdan tashqari tashkilotlar, yoshlar tashkiloti va b.) birgalikdagi
harakatlari orqali hal qilinadi. Sababi bola hayotining turli davrlarida bu erlarda bo‘ladi. Agar
bola normal rivojlansa, unda u jamiyat madaniyatini o‘zlashtiradi va tabiiy yo‘l bilan jamiyatga
kiradi.
Agar bola jismoniy, psixologik yoki ijtimoiy kamchiliklarga ‘ga bo‘lsa, unda uning xalq
madaniy qadriyatlariga jalb qilinishi ancha murakkablashadi. SHuning uchun shunday bolalar
uchun madaniyat qadriyatlariga bolalarni jalb ‘tish metodikasi va texnologiyasi ishlab chiqilgan.
Madaniy uyg‘un bo‘lish prinsipini tatbiq ‘tish bir qator qoidalarning bajarilishini talab
‘tadi:
•
bolalarda har xil madaniyat turlarining shakllanishida me’yordan chetga chiqishini
‘‘tiborga olish;
•
rivojlanishda nuqsonli bolalar ijodini rivojlantirish.
Dostları ilə paylaş: