Microsoft Word Амалиёт Махсулот сифати ва сифатни бошкариш 2016 lotin


 Mahsulot sifati ko‘rsatkichlarining turlari



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/100
tarix20.11.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#162205
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   100
Mahsulot sifati va sifatni boshqarish (2)

2. Mahsulot sifati ko‘rsatkichlarining turlari
Mahsulot sifatini baholash va uni oshirish uchun sifat darajasini 
baholash zarurdir. Mahsulot sifatini miqdoriy jihatdan baholash 
bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat sohasiga 
kvalimetriya
deyiladi.
Mahsulotning sifati darajasini baholash mahsulot sifatini 
sistemasida zaruriy boshqaruv ta’sirini amalga oshirishda asos 
bo‘lib xizmat qiladi.
Umumiy ko‘rinishida mahsulot sifatini baholash quyidagi 
bosqichlarda amalga oshirilishi mumkin (2.4-rasm).
22


2.4-rasm. 
Mahsulot sifati darajasini baholash bosqichlari
Bosqichlarning mazmuni va ularning har birida bajariladigan 
ishning hajmi mahsulot sifatini baholashdan qo‘yilgan maqsadga 
bog‘liqdir.
Baholashdan maqsad:
Ko‘rib chiqish uchun sifatning qaysi ko‘rsatkichlarini tanlash, 
qanday aniqlikda ularning qiymatini aniqlash, buning uchun qanday 
vositalar zarurligi, baholash natijalarini qanday formada ifodalash 
va ko‘rsatkichlami qanday qayta ishlash mumkinligini aniqlashdan 
iboratdir.
Mahsulotning xossa va xususiyatlari miqdoriy hamda sifat 
jihatdan tavsiflanishi mumkin. Sifat tavsiflari-bular, masalan, 
mahsulotning zamonaviy moda yo‘nalishiga, dizaynga, ranglarga 
mos kelishi va boshqalar bo‘lishi mumkin.
Mahsulotning bir yoki bir necha xossa xususiyatlarining 
miqdoriy tavsifiga 
sifat ko rsatkichi
deyiladi. Sifat ko‘rsatkichlarini 
tanlash - mahsulot sifati tarkibiga kiruvchi va uning sifati darajasini 
baholashga imkon beruvchi mahsulot xususiyatlari miqdoriy 
tavsifining nomlarini aniqlashdir.
23


Sifat ko‘rsatkichlarining nomlarini tanlashni asoslab berish 
quyidagilarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi:
• Mahsulotdan foydalanish shartlari va nima maqsadda ishlab 
chiqarilganligi;
• Iste’molchi talablarining tahlili;
• Mahsulot sifatini boshqarish masalalari;
• Tavsiflanayotgan xususiyatlarning tarkibi va strukturasi;
• Sifat ko‘rsatkichlariga nisbatan qo‘yilgan asosiy talablar 
(1.4-rasm)

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin