Microsoft Word Амалиёт Махсулот сифати ва сифатни бошкариш 2016 lotin



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/100
tarix20.11.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#162205
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   100
Mahsulot sifati va sifatni boshqarish (2)

2.2.-rasm. 
Boshqaruv sikli
20


xarajatlarining samaradorlik koeffitsiyentini, korxonaning texnik 
darajasini, nazoratning samaradorligini hisobga olgan holda amalga 
oshirilib, mahsulotning sifati darajasini aniqlashni nazarda tutadi.
Konstruksiya 
sifatini 
belgilovchi 
mahsulotning 
tashqi 
ko‘rinishi, ishlatishning qulayligi, uzoqqa chidamliligi, xavfsizligi 
kabi xususiyatlaming miqdoriy qiymatlari chizmalar, texnik shartlar 
va boshqa texnikaviy hujjatlar ko‘rinishida ifodalanadi.
2.3-rasm. 
Korxonada sifatni boshqarish
Amalga oshirish funksivasi konstruksiyaning loyihalashtirilgan 
sifatini 
tayyor 
mahsulotda mujassamlashuvini 
bildiradi. 

texnologik jarayonlarni loyihalashtirish, qo‘llanadigan dastgohlar, 
mashinalar, instrumentlar turini, shuningdek ishni bajarish va 
nazorat qilish uslublarini aniqlashni o‘z ichiga oladi. Ushbu 
bosqichdagi asosiy maqsad-mahsulotning texnik shartlarga javob 
berish darajasini saqlash va imkoni boricha bu ko‘rsatkichlarni 
yaxshilashdir.
Nazorat funksivasi mahsulot ishlab chiqarish bosqichidagina 
emas, uni realizatsiya qilish bosqichida ham amalga oshiriladi.
21


Boshqacha aytganda, mahsulotning yaroqliligi uni sotilishi bilan 
tasdiqlanadi.
Boshqaruvning ta’siri funksivasi mahsulotni realizatsiya qilish 
chora-tadbirlarini belgilash, agar sotilgan tovar sifat shartlariga 
javob bermasa, unga qayta ishlov berishni tashkil etishni o‘z ichiga 
oladi. Bundan tashqari u bozorda sotilgan mahsulotlar to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarni to‘plash, sifatini yaxshilash imkoniyatlarini aniqlash, 
ishlab 
chiqarish jarayoniga kerakli o‘zgartirishlami kiritish 
maqsadida iste’molchining mahsulot sifati to‘g ‘risidagi fikr- 
mulohazalarini o‘rganish funksiyalarini ham bajaradi. Sotilgan 
mahsulot to‘g ‘risidagi har qanday ma’lumot uning kelgusi davr 
uchun rejalashtirilishida muhim ahamiyatga egadir. Shunday qilib, 
korxonani boshqarish va mahsulotni sotishni tashkil etish faqatgina 
mahsulotni sotish vazifasi bilan cheklanib qolmay, balki bozor 
ma’lumotlarini to‘plab, ularni mahsulotni rejalashtirish bosqichida 
qo‘llashlari kerak [9].
Yuqorida sanab o‘tilgan rejalashtirish - amalga oshirish -
nazorat -boshqaruvning ta’siri funksiyalarini aniq boshqarish uchun 
korxonaning 
barcha 
bo‘limlari 
boshqaruv 
va 
nazoratning 
texnikasini, maxsus texnologiyani, shuningdek statistik uslublarni 
qo‘llab, mahsulot sifatining muhim ahamiyatini his etgan holda 
ma’suliyat bilan o‘z vazifalarini bajarishlari lozim.
Shunday 
qilib, 
korxonada 
sifatni 
boshqarish 
-
bu 
“iste’molchilarning ehtiyojini qondiradigan, yetarlicha yuqori 
darajadagi foydalilikka ega bo‘lgan tovarlarni loyihalashtirish, 
tayyorlash va sotishni ta’minlovchi boshqaruv faoliyati turidir”.

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin