Microsoft Word автонинг умумий тузилиши lotin охири doc


Avtomobillardan foydalanish davrida tormoz boshqarmasida



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/89
tarix12.12.2022
ölçüsü1,68 Mb.
#74076
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   89
lu1npRldLNuQa9NwjbR39n5IRTtQapxbuG7mdoxY

5.5. Avtomobillardan foydalanish davrida tormoz boshqarmasida 
uchraydigan asosiy nosozliklar 
Tormoz tizimining asosiy nosozliklari. Bunga friksion qopla-
malar va tormoz barabanlarining (disklarining) yeyilganligi, tormoz 
kuchi sozlagichining noto‘g‘ri ishlashi, gidroyuritmali tormoz tizimida 
rezinali manjetlarning yeyilishi va shishib ketishi, silindr, porshen, 
pnevmatik tormoz tizimida esa tormoz va himoya klapanlarining 
yeyilishi, tormoz kamerasidagi diafragmaning teshilishi, quvvat 
akkumullyatorlari manjetlarining ishdan chiqishi misol bo‘ladi. 
Tormoz tizimiga xizmat ko‘rsatish ishlari asosan 1-TXK, 2-TXK 
va MXK davrlarida bajariladi. 
1-TXK da tormoz tizimi bo‘yicha barcha birikmalar va truba 
o‘tkazgichlarning jipsligi, kompressor hosil qiluvchi bosim, jihozda 
tormozning ishlash sifati, detal va birikmalarning joyiga qotirilishi, 
tormoz tepkisining erkin va ishchi yurishi tekshiriladi.
2-TXK da 1-TXK dagi ishlar bilan birgalikda tormoz barabanlari 
(disklari), kolodkalar, g‘ildirak podshipniklari, gidravlik tormoz 
tizimidagi suyuqlik sathi, ko‘p konturli pnevmatik tizimlardagi konturlar 
va tormoz kuchini sozlagichlarning ishlashi tekshiriladi.
Qo‘shimcha ravishda kundalik xizmat ko‘rsatish vaqtida ballon-
lardagi kondensat to‘kiladi, kuz va qish vaqtlarida nam ajratgichdagi 
suyuqlik sathi tekshiriladi. Mavsumiy xizmat davrida bosim sozlagich-
dagi filtr kerosin bilan yuviladi va mavsum kirishiga nam ajratgich 
tayyorlanadi (harorat 
+5°S dan pasayganda nam ajratgich ushlagichini 
yuqori holatiga qo‘yiladi). 


 113
Quyida biz gidroyuritmali va havo yuritmali tormoz tizimlari 
bo‘yicha bajariladigan texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini alohida-alohida 
ko‘rib chiqamiz.
Gidroyuritmali tormoz tizimiga TXK. Bunday tormoz tizimiga ega 
bo‘lgan avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatishdagi ishlar bosh tormoz 
silindridagi suyuqlik sathini tekshirish va uni me’yoriga keltirish, agar tizimga 
havo kirib qolgan bo‘lsa, uni chiqarib yuborish, tormoz tepkisining erkin 
yurish yo‘lini, kolodka va tormoz barabanlari orasidagi tirqishni sozlash
tormoz qoplamalari yuzasidagi moylarni tozalashdan iboratdir. 
Gidravlik tormoz tizimiga TXK ishlari bilan alohida-alohida 
tanishib chiqamiz: 
1. Tormoz tizimini tashqi nazorat qilish. 
Tormoz tizimi barcha mexanizmlari mahkamlanganligi va 
jipsligini tekshirish hamda avtomobil g‘ildiragini osib qo‘yib, uning 
yengil aylanishini aniqlashdan iborat. 
2. Tormoz tepkisining erkin yurish yo‘lini tekshirish va sozlash 
(72-rasm). 
Bu ish avtomobillarning kabinasi yoki salonida haydovchi o‘rin-
dig‘i oldida bajariladi. Chizg‘ichning bir uchi polga qo‘yilib, ikkinchi 
tomoni tepkining yuzasi bilan tenglashtiriladi va oraliq aniqlanadi. Shu 
holatda tepki qarshilik hosil bo‘lguncha bosilib, yana oraliq aniqlanadi. 
So‘ngra birinchi va ikkinchi qiymatlar farqi hisoblanadi va me’yoriy 
qiymatga mos kelmasa, sozlanadi. 
3. Tormoz kolodkalari qoplamasi va baraban orasidagi tirqish
O‘zDEU yengil avtomobillarida avtomatik ravishda sozlanadi. 
72-rasm. O‘zDEU avtomobillarida tormoz tepkisining erkin

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin