Microsoft Word автонинг умумий тузилиши lotin охири doc


Dvigatelni ishga tushirish sharoitlari



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/89
tarix12.12.2022
ölçüsü1,68 Mb.
#74076
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   89
lu1npRldLNuQa9NwjbR39n5IRTtQapxbuG7mdoxY

Dvigatelni ishga tushirish sharoitlari. Dvigatelni ishonchli 
ravishda ishga tushirish uchun zarur bo‘ladigan startyorning quvvati 
asosan ikki omilga bog‘liq: dvigatel tirsakli valining aylanishga qarshilik 
momentiga va dvigatelning ishga tushirish aylanishlar chastotasiga 
bog‘liq. 


 124
Qarshilik momenti. Qarshilik momenti Mq kattaligi dvigatel 
qismlari orasidagi ishqalanish kuchi (porshenlarni silindrlarda, tirsakli 
valni podshipniklarda) va silindrlarda havoni siqilishiga bo‘lgan 
qarshilik (dizel dvigatellarida) qiymatlari bilan belgilanadi.
Ishga tushirish aylanishlar chastotasi. Startyor dvigatelni ishga 
tushirish vaqtida, ya’ni tirsakli valni majburiy ravishda aylantirish 
jarayonida quyidagi qarshiliklarni yengishi zarur. Avvalo, startyor 
dvigatel va uning qo‘shimcha mexanizmlaridagi harakatlanuvchi 
qismlarning ishqalanish kuchlari ta’sirida vujudga kelgan momentlarni 
yengishi kerak.
Dvigatel ishonchli ravishda ishga tushishi uchun tirsakli valni
aylantirish chastotasi ma’lum belgilangan eng kichik qiymatdan kam 
bo‘lmasligi kerak. Karburatorli dvigatelni 10s, dizel dvigatelini 15s 
davomida, ikki urinishda (urinishlar oraligidagi vaqt - 1 minut) ishga 
tushib ketishini ta’minlovchi aylanish chastotasi dvigatelning minimal 
ishga tushish aylanish chastotasi deb ataladi.
Dvigatelni ishonchli ishga tushirish mumkin bo‘lgandagi atrof 
muhitning eng past harorati, ishonchli ishga tushirishning chegaraviy 
temperaturasi deb ataladi. Chegaraviy temperaturaning qiymati 
karburatorli(injektorli) dvigatellar uchun moyning qovushqoqligiga 
qarab 

20....25
0
S, dizel dvigatellari uchun esa 
12....17
0
S ni tashkil 
qiladi. Harorat bundan ham pasaysa, dvigatelni ishga tushirishni 
yengillatuvchi maxsus moslamalar qo‘llaniladi. 
77-rasm. Dvigatelni ishga tushirish tizimi sxemasi.
a) startyor qo‘shilmagan. b) startyor qo‘shilgan. 1-startyor qobig‘i;2- yakor vali; 
3-shesternya; 4-shesternya tortqisi; 5-tortish relesining cho‘lg‘amlari; 6- tortish 
relesining yakori; 7-tortish relisi plastinasi; 8-kontak boltlari; 9-startyor 
cho‘lg‘amlari; 10-yakor cho‘lg‘ami; 11-tirsakli val; 12-moxovik tishlari. 


 125

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin