Microsoft Word автонинг умумий тузилиши lotin охири doc


Dvigatelni ishga tushirish tizimi



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/89
tarix12.12.2022
ölçüsü1,68 Mb.
#74076
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   89
lu1npRldLNuQa9NwjbR39n5IRTtQapxbuG7mdoxY

6.2. Dvigatelni ishga tushirish tizimi 
Avtomobil dvigatellarining ishga tushirish tizimi dvigatel tirsakli 
valini majburiy ravishda aylantirishni ta’minlovchi moslamalar 
majmuisidan iborat. Ichki yonuv digatellarini ishga tushurish uchun 
mexanik staryorli, benzinli dvigatelli, pnevmatik, gidropnevmatik va 
elektrostartyorli tizimlar qo‘llaniladi. Avtomobillarda boshqa usullarga 
nisbatan bir qator afzalliklarga ega bo‘lgan, elektorostartyorli ishga 
tushirish tizimi tadbiq topgan. 
Avtomobil dvigatellarining ishga tushirish tizimi akkumulatorlar 
batareyasi, startyor, kommutatsiya jihozlari, dvigatelni ishga tushirishni 
yengillatuvchi moslamalardan tashkil topgan. Akkumulatorlar batareyasi 
avtomobil elektr jihozlarining zarur qismlaridan biriga aylandi. 
Avtomobillarda dizel dvigatellari qo‘llanilishi ishga tushirish tizimining 
quvvati ancha oshirilishini talab qildi. Bu, o‘z navbatida, sig‘imi 200-
250 A
˜soat bo‘lgan, takomillashgan akkumulator batareyalarni, quvvati 
10-15 kVt gacha bo‘lgan startyorlarni ishlab chiqishga olib keldi. 
Dvigatelni ishga tushirish tizimi quyidagilarni tashkil topgan: 
¾ startyor; 
¾ rele;
¾ o‘t oldirish kaliti. 
Startyor. Startyor juda qisqa vaqt davomida (10-15s) ishlaganligi 
tufayli uning zanjirlaridan o‘tadigan tok va maksimal quvvati uning 
elektrodvigateli cho‘lg‘amlarining qizib ketish xavfi bilan cheklanmaydi 
(76-rasm). 
Startyor shesternyasi maxovikning tishli gardishi bilan to‘la ilashishi 
daqiqasida elektromagnit o‘zak o‘qining ikkinchi uchida joylashgan 
relening lappaksimon kontakti elektrodvigatel zanjirini akkumulator 
batareyasiga ulaydi. Elektrodvigatel ishga tushadi va dvigatel tirsakli 
valini aylantira boshlaydi. Dvigatel ishga tushgandan so‘ng "K" kontakt 
o‘zining oldingi, ya’ni normal ochiq holiga keltiriladi va tortish relesi 
chulg‘amining zanjiri uziladi, natijada qaytarish prujinasi ta’sirida 
elektromagnit o‘zagi o‘zining dastlabki holatiga qaytadi. Bunda tortish 
relesining lappaksimon kontakti startyor elektrodvigateli zanjirini 
akkumulatordan uzadi va pishangning harakati natijasida yuritma mexa-
nizmining shesternyasi maxovikning tishli gardishi bilan ilashishdan 
chiqadi va o‘zining oldingi holatiga qaytadi. 


 123
Atrof muhit harorati - 30
0
S dan past bo‘lgan hollarda dvigatel ishga 
tushishini yengillatuvchi moslamalar qo‘llaniladi. Yengillatuvchi vosita-
lar tirsakli valning aylanishga qarshilik momentini kamaytirish hisobiga 
uning aylanish chastotasini oshirish, yonilg‘i-havo aralashmasini 
tayyorlash va o‘t oldirish sharoitlarini yaxshilash vazifasini bajarishga 
mo‘ljallangan moslamalardan iboratdir. Ishga tushirishni yengillatuvchi 
usul va moslamalarni tanlash dvigatel turiga, uning tuzilishidagi o‘ziga 
xos tomonlariga, ishlatish sharoitlariga va iqtisodiy omillarga bog‘liq. 
76-rasmNEXIA avtomobilining startyori
1-yakor vali; 2-startyor qopqog‘ining vtulkasi; 3-chegaralangan shesternya 
halqasi; 4-shesternya; 5-siquvchi yarimta halqa; 6-rolik; 7-korpus; 8-o‘q;
9-magnit; 10,11-tortqi; 12-qopqoq; 13-qaytaruvchi prujina; 14-yakor; 15-oldingi 
barmoq; 16-siljiydigan obmotka; 17-tortqili obmotka; 18-sterjen; 19-o‘rtadagi 
rele; 20-barmoq serdechnika; 21- plastina kontakti; 22-qopqoq rele; 23-kantakt 
bolt; 24-kollektr tomondagi qopqoq; 25-shetkoderjatel; 26-startyor vtulka; 
 27-to‘g‘rilaydigan shayba; 28-qotiriladigan shayba; 29-o‘zgaruvchi bolt; 30-kojux; 
 31-kirish; 32-kollektor; 33-katushka; 34-musbat stator; 35-korpus startyor;
36-o‘rtadagi yakor; 37-chegaralovchi disk; 38-halqa; 39-tishli shesternya;
40-stupitsa ichquymasi; 41-kalit; 42-generator; 43-akkumulator batareyasi
44-startyor; 45-startyor ko‘shish relesi; 46-sterjen yo‘nalishi; 47-plunjer. 

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin