6.3. Yorituvchi va xabar beruvchi jihozlar Avtomobillarning harakat xavfsizligini, ayniqsa kunning qorong‘u
vaqtida va ko‘rinish yomon bo‘lgan hollarda ko‘p jihatdan yorug‘lik
asboblarining holati va tavsifnomasiga bog‘liq. Yorug‘lik asboblari yo‘lni
yoritish avtomobil gabarit o‘lchamlari haqida ma’lumot berish,
haydovchiningmo‘ljallangan yoki amalga oshirayotgan harakati haqida
darak berish, davlat raqami, kabina, kuzov saloni, nazorat-o‘lchov
asboblari, yukxona va dvigatel bo‘linmalarini yoritish uchun xizmat qiladi.
Avtomobillarning yorug‘lik asboblari yoritish va yorug‘lik
darakchilaridan tashkil topgan. Yorug‘lik asbobining optik sistemasi
lampa, nur qaytargich va nur taratgichdan iborat.
Yo‘l patrul xizmati to‘plagan ma’lumotlarga ko‘ra bu noxush hodisa-
larning 60% dan ortiqrog‘i ko‘rinish yaxshi bo‘lmagan sharoitlarda (ya’ni
tun, tuman) sodir bo‘ladi. Bu avtomobillarda to‘rt farali va yoritishni
avtomatik rostlovchi sistemalar, gomofokal (ko‘p fokusli), ellipssimon va
tumanga qarshi faralar, galogen, ksenon va qizil linzali lampalar joriy
qilinishiga olib keldi. Yaqin kelajakda avtomobillarning yoritish tizimida
yarim o‘tkazgichli yorug‘lik chiqaruvchi elementlar, suyuq kristallar va
boshqa turdagi yangi yorug‘lik jihozlarning ishlatish mo‘ljallanmoqda.
Faralar. Lampa yorug‘lik manba vazifasini bajaradi. Nur qaytargich
paraboloid shaklida bo‘lib, lampadan kichik burchak ostida chiqqan yorug‘lik
oqimini to‘playdi va optik o‘q bo‘ylab yo‘naltiradi. Tiniq materialdan
tayyorlangan, ikki yuzida linza va prizmalarga ega bo‘lgan nur tarqatgichda
yorug‘lik oqimi vertikal va gorizantal tekislik bo‘yicha qayta taqsimlanadi.
79-rasm. Yevropa yorug‘lik taqsimlash tizimidagi optik tizimlarda nur tarqalish sxemasi: a-yaqinni yoritish; b-yaqinni yoritish yorug‘lik dog‘i;
v-uzoqni yoritish; g-lampa ekrani; 1-uzoqni yoritish tolasi;2-yaqinni yoritish tolasi;3-ekran