128
yoritish faralarini yoqish ko‘rinishni yomonlashtiradi, yaqinni
yoritish
faralar esa yetarli samara bermaydi (81-rasm).
Xabar beruvchi jihozlarga ko‘yidagilar kiradi:
¾ oldi va orqa tomondagi gabarit chiroqlar;
¾ oldingi, orqadagi
va yondagi burilish chiroqlari;
¾ orqaga joylashtiriladigan yorug‘lik qaytargichlari;
¾ avtomobilning davlat raqamini yorituvchi chiroqlar;
¾ orqaga harakatlanishni
bildiruvchi chiroqlar;
¾ qo‘shimcha yorug‘lik xabarchilari;
¾ tovush signallari.
Tovush signallari. Tovush signallari avtomobillarning
harakat
xavfsizligini ta’minlash va yo‘lovchi hamda boshqa haydovchilarga
transport vositasi yaqinlashayotganligi haqida ogohlantirish uchun
xizmat qiladi. Oxirgi vaqtda tovush signallari avtomobillarning o‘lchov-
nazorat
asboblari bilan ham ishlatilib, haydovchiga agregatlarning holati
to‘g‘risida xabar beradi. Shuningdek, tovush signallari “
avtomobil
qo‘riqchisi” sistemasida ham ishlatiladi. Avtomobillarda asosan elektr
va pnevmatik tovush signallari ishlatiladi.
81-rasm. Matiz avtomobili orqa farasi.
Elektr tovush signallarining ohangli va shovqinli turlari mavjud.
Ohangli tovush signallari karnayli, shovqinli turlari mavjud. Ohangli
tovush signallari karnayli, shovqinli signallar
esa disk rezonatorli qilib
ishlangan. Ko‘pchilik avtomobillarga ikkita tovushli signal o‘rnatilib,
biri past ohangli bo‘lsa, ikkinchisi baland ohangli bo‘ladi. Yuqori klassli
yengil avtomobillarda uchta tovush signallari bo‘lib, ularning biri past
ohangli, ikkitasi baland ohangli bo‘ladi. Bu signallar to‘plami hamohang
qilib bir-biriga moslanadi va baravariga sadolanadi.