131
Zaradlash vaqtida esa PbSO
4
kristallari eriydi va elektrolit ionlari bilan
reaksiya kirishib yana PbO
2
va Pb ga aylanadi. Lekin, akkumulatorni
ma’lum muddatga
razradlangan holda qoldirsak, plastinalardagi PbSO
4
elektrolitda eriy boshlaydi. Bu jarayon elektrolit PbSO
4
tuziga
to‘yinguncha davom etada. Shundan keyin, elektrolitning to‘yingan
eritmasidan plastina yuzalariga PbSO
4
tuzining yirik va juda ham erishi
qiyin bo‘lgan kristallari o‘tira boshlaydi. Bu, PbSO
4
tuzining qayta
kristallanish hodisasi, plastinalarning
sulfatlanib qolishi deb
yuritiladi
va u akkumulatorlarni juda tez ishdan chiqaradigan jiddiy nosozliklardan
biri hisoblanadi.
Plastinalar sulfatlanib qolishi natijasida PbSO
4
tuzining yirik,
erimaydigan kristallari plastinalarning yuzasidagi mayda g‘ovak
teshikchalarni qoplab oladi va elektrolitni faol massaning ichki
qatlamlariga o‘tishiga yo‘l qo‘ymaydi. Natijada, faol massaning bir
qismi kimyoviy reaksiyada ishtirok qilmaydi va akkumulatorning sig‘imi
kamayadi. Plastinalari sulfatlanib qolgan akkumulatorni zaradlaganda,
uning kuchlanishi va elektrolit temperaturasi notabiiy ravishda tez ortadi,
elektrolit "qaynay" boshlaydi. Lekin, elektrolitning zichligi
nisbatan kam
oshadi. Plastinalari sulfatlanib qolgan akkumulatorlarning sig‘imi
kamayganligi sababli, juda tez razradlanadi. Bu ayniqsa, akkumulator
katta tok bilan razrad qilinganda, ya’ni startyor rejimida yakqol ko‘zga
tashlanadi. Sulfatlangan plastinalar oqish tusga kiradi va o‘ziga xos ok
dog‘lar bilan qoplanadi.
Sulfatlanishning yana bir sababi, akkumulatordagi
elektrolit sathi
belgilangan me’yordan pasayib ketishi va plastinalarning yuqori qismi
ochilib qolishidir. Ochilib qolgan manfiy plastinalardagi g‘ovak
qo‘rg‘oshin havo bilan reaksiyaga kirishib, unda qo‘rg‘oshin gidrooksidi
Pb(OH)
2
hosil bo‘ladi:
Akkumulatorlarni me’yoridan tashqari katta tok bilan razrad qilish
(masalan, o‘rinsiz ravishda startyorni ko‘p ishlatish), elektrolit zichligini
belgilangan qiymatdan ortiq bo‘lgan holda
ishlatish ham plastinalarni
sulfatlanishiga olib keladi.
Akkumulatorlarning sulfatlanib qolgan plastinalarini ish qobiliyatini
tiklash uchun, qiymati-sig‘imining 0,05 qismidan katta bo‘lmagan tok
bilan, elektrolit zichligi 1,11 kg/m3 dan yuqori bo‘lmagan holda, kamida
3-4 marta razrad-zarad amalini bajarish tavsiya qilinadi. Kuchli
sulfatlangan plastinalar qayta tiklanmaydi.