Me’yoridan ortiq o‘z-o‘zidan razradlanish. Akkumulatorlarni
ishlatish va uzoq saqlash jarayonida har bir akkumulator, unga tashqi
iste’molchilar ulanmagan holda ham, sekin-asta razradlanib, o‘z
sig‘imining bir qismini yo‘qotadi. Bu akkumulator o‘z-o‘zidan
razradlanish hodisasi bo‘lib, uning muqarrar ravishda sodir bo‘lishiga
aktiv massa va elektrolit tarkibida yot aralashmalar, asosan metallar
borligi sabab bo‘ladi. Ular plastinadagi moddalar bilan galvanik juftlar
hosil qiladi va natijada akkumulatorda o‘z-o‘zidan razradlanish jarayoni
sodir bo‘la boshlaydi. Xususan, yangi, to‘la zaradlangan akkumulator,
elektrolit temperaturasi +20...25
0S
bo‘lgan holda saqlanganda, birinchi
14 kunda tabiiy ravishda o‘z-o‘zidan razradlanish hisobiga sig‘imining
10%gacha kamayishi Davlat standarti tomonidan yo‘l qo‘yiladi va
normal hol hisoblanadi.
Agar o‘z-o‘zidan razradlanish natijasida, akkumulator sig‘imi
yuqorida keltirilgan qiymatdan kamayib ketsa, bu, akkumulatorda
nosozlik borligini, ya’ni me’yoridan ortiq o‘z-o‘zidan razradlanish
jarayoni sodir bo‘layotganligini belgisidir.
Akkumulator me’yoridan ortiq o‘z-o‘zidan razradlanishining asosiy
sabablari quyidagilardan iborat: akkumulator qopqog‘i ustiga to‘kilgan
elektrolit va kir, chang orqali qutb quloqlari orasidagi tutashuv; aktiv
massaning to‘kilishi natijasida, hosil bo‘lgan cho‘kma orqali har-xil
qutbli plastinalarning o‘zaro tutashuvi; elektrolit yot aralashmalar,
ayniqsa metallar va ularning turli oksidlari bilan ifloslanishi, ularni
zarad vaqtida manfiy plastinaga o‘tirib qolib, u yerdagi g‘ovak
qo‘rg‘oshin - Pb bilan ko‘p sonli mayda galvanik juftlar hosil qilishi va
natijada "parazit" tok zanjirlarining paydo bo‘lishi.
Elektrolit ifloslanishi natijasida me’yoridan ortiq o‘z-o‘zidan razrad
bo‘layotgan akkumulatorning, manfiy plastinalarga o‘tirib qolgan yot
aralashmalar, xususan metallarni va ularning oksidlarini elektrolit
eritmasiga o‘tkazish maqsadida, sig‘imining 0,1 qismiga teng bo‘lgan
tok bilan, har bir akkumulator bankasidagi kuchlanish 1,1-1,2V gacha
kamayguncha razrad qilinadi. Shundan keyin, akkumulatordagi hamma
elektrolit ehtiyotkorlik bilan to‘kiladi, har bir banka distillangan suv
bilan bir necha bor yuviladi. So‘ngra, zichligi to‘kilgan elektrolit
zichligiga teng bo‘lgan yangi elektrolit quyilib,batareya to‘la
zaradlanadi.