135
Sinchsiz kuzovlar bir butun bo‘lib, yetarlicha bikr bo‘lishi uchun
ayrim qismlarining ko‘ndalang kesimi jim-jimador bo‘ladi (yengil
avtomobil kuzovlari).
Zamonaviy yengil avtomobillarda yuklamani to‘la
qabul qiluvchi va
yo‘lovchilarni joylashtirishga mo‘ljallangan kuzovlar ishlatiladi
(84-rasm).
Kuzov bir butun po‘latdan shtampalab qilingan qobig‘ bo‘lib, unga
kapot, yuk xonasining qopqog‘i, eshiklar, qanotlar, radiator pardasi,
oldingi va ketingi bamperlar iboratdir. Kuzovning qobig‘i bir bugun
payvand qilingan qismlardan iborat bo‘lib, ikkita old qanotlar,
orqa qanot
bilan bir qilib ishlangan ikkita yon tomon, kuzov tomi,
payvand qilib
biriktirilgan (84-rasm).
Kuzovning ikki tomonida ikkitadan ochiq joylar bo‘lib, ularga eshik-
lar sharnir yordamida mahkamlangan. Eshiklar shtampalab tayyorlangan
tashqi va ichki panellardan iborat bo‘lib, payvand bilan biriktirilgan.
Eshiklar oynasi toblangan shishadan yasalgan.
Old va orqa oynalar uch
qavatli bo‘lib, sinib ketganda o‘z ko‘rinishini yo‘qotmaydi va xavfsiz
hisoblanadi.
Kapot kuzovning old qismini berkitib turadi, u kuzovga ikkita ilgak
bilan biriktirilgan. Kapot uni yopiq holatda ushlab turuvchi qulfga ega.
Qulf kuzov ichidan ochiluvchi ilgakga ega.
Kuzov yukxonasi oldingi g‘ildiraklari
yetakchi va klassik
komponovkali avtomobillarda ketinda joylashgan. Unda yo‘lov-
chilarning yuki, zahira g‘ildirak va haydovchi asboblari saqlanadi. U
qo‘shaloq ilgak yordamida kuzovga mahkamlangan bo‘lib, old qismida
ichidan qulf o‘rnatilgan.
Kuzov ichida bir yoki ikki qator o‘rindiqlar o‘rnatilgan, haydovchi
va yo‘lovchi o‘rindig‘i qulaylik uchun bo‘ylama yo‘nalishda va
suyanchig‘i og‘ib, rostlanadigan qilib yasalgan.
85-rasm. NEXIA avtomobilini buyash
.
136
Tiko avtomobilining kuzovi yuklamani to‘la qabul kiluvchi, ikki
katta bo‘laqsan iborat, beshta eshikli bo‘lib, po‘latdan shtampalab
yasalib payvanddab yig‘ilgan. Kuzovning old qismiga ikkita bo‘ylama
lonjeronli va ko‘ndalang joylashgan ikkita to‘siqdan iborat payvandlab
yasalgan qurilma biriktirilgan bo‘lib, unga dvigatel va
transmissiya
agregatlari mahkamlanadi.
Neksiya avtomobilining kuzovi yuklamani to‘la qabul
qiluvchi
turiga mansub bo‘lib, to‘rt eshikli, po‘latdan shtampalab yasalgan
qismlarni nuqtali payvandlash usulida yig‘ilgan. Oldi qismida ikkitadan
lonjeron va to‘sindan iborat qurilma bo‘lib, unga dvigatel, transmissiya
agregatlari biriktirilgan.
Damas avtomobilining kuzovi shtampalab tayyorlangan qismlarni
payvandlab yig‘ilgan bo‘lib, u zinapoyasimon ramaga mahkamlangan.
Avtomobilning transmissiya agregatlari ramaga mahkamlangan bo‘lib,
kuzov yo‘lovchilarni joylashtirish uchun xizmat qiladi.
Kuzovni zavod tomonidan buyosh usuli 85-rasmda ko‘rsatilgan.
Dostları ilə paylaş: