Microsoft Word автонинг умумий тузилиши lotin охири doc


Plastinalar muddatidan avval yemirilishi va qayishib ketishi



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/89
tarix12.12.2022
ölçüsü1,68 Mb.
#74076
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   89
lu1npRldLNuQa9NwjbR39n5IRTtQapxbuG7mdoxY

Plastinalar muddatidan avval yemirilishi va qayishib ketishi. To‘la 
zaradlanib bo‘lgan akkumulatorni yana uzoq vaqt davomida zaradlash 


 133
toki ostida qoldirish, plastinalarni muddatidan avval yemirilishning 
asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Ma’lumki, o‘ta zaradlash vaqtida 
tok, asosan, suvning elektroliz bo‘lishiga, ya’ni vodorod bilan kislorodga 
parchalanishiga sarf bo‘ladi. Elektroliz natijasida ajralib chiqayotgan 
kislorod, musbat plastinalarning qo‘rg‘oshin panjaralarini oksidlab, uni 
sekin-asta PbO
2
ga aylantiradi va yemirilishga olib keladi. 
Plastinalarining yemirilishi yana quyidagi hollarda sodir bo‘lishi 
mumkin: 
• zaradlash jarayonining oxirida tok qiymatining katta bo‘lishi va 
elektrolit qattiq "qaynab" ketishi, faol massaning mayda g‘ovaklaridan 
otilib chiqayotgan havo pufakchalari tezligining ortishi va natijada, 
plastinadagi faol massaning yumshashi va ushalib tushib ketishi
• elektrolit temperaturasini me’yoridan oshib ketishi, elektrolit 
tarkibida azot, xlorid va sirka kislotalarining bo‘lishi yoki kimyoviy toza 
bo‘lmagan sulfat kislota ishlatilishi-musbat plastinalarning panjaralarini 
korroziyaga chalinishi; 
• elektrolit tarkibidagi suvning muzlab qolishi; 
• akkumulator avtomobilda yaxshi mahkamlanmaganligi. 
Akkumulator batareyasini zaruratsiz ketma-ket va katta tok bilan 
razrad qilinganda, masalan startyor ulanganda, plastinalar qizib, qayishib 
ketishi mumkin. Ayniqsa bunday hodisa ko‘prok musbat qutbli 
plastinalarda uchraydi. Plastinalar qayishishi natijasida separatorlarni 
teshib o‘tib, o‘zaro qisqa tutashishi mumkin. Bundan tashqari, plastinalar 
qayishishi, ularni qoplab turgan faol massada darzlar hosil bo‘lishiga va 
keyinchalik plastina panjarasidan tushib ketishiga olib keladi. 


 134
7-bob. AVTOMOBIL KUZOVI 
Avtomobilning energiya manbai dvigatel, transmissiya, yurish 
qismi, boshqaruv mexanizmi o‘z vazifasini bajara olishi uchun biror 
qismga mahkamlanishi kerak. Bundan tashqari, avtomobilda yuk va 
yo‘lovchilarni ham joylashtirish zarur. Yuk avtomobillarida haydovchiga 
ayrim joy ajratilgani uchun kabina ham kerak. 
Ko‘tarib turuvchi qism avtomobilga zarur hamma agregat
mexanizm, uzellarni joylashtirish uchun kerak. 
Ko‘tarib turuvchi qismga asosan rama mansub bo‘lib, ramasiz 
konstruksiyalarda esa kuzov hisoblanadi. 

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin