130
83-rasm. Kaptiva avtomobilining nazorat-o‘lchov asboblari.
Avtomobil va uning asosiy qismlari ishonchli ishlashini ta’minlashda
nazorat-o‘lchov asboblari alohida ahamiyatga ega. Nazorat-o‘lchov
asboblari avtomobilning eng qimmatbaho va mas’uliyatli agregat va
qismlari (dvigatel, generator, tormoz, yoritish-darak berish sistemalari
va hokazo) holatini va me’yorida ishlashini nazorat qilib turish
imkoniyatini beradi. Hozirgi vaqtda, harakat havfsizligini ta’minlash va
haydovchining diqqatini bo‘lmaslik maqsadida nazorat-o‘lchov
asboblarning ko‘rsatuvchi turlarini kamaytirib, ko‘proq darak beruvchi
turlarini o‘rnatish maqsadga muvofiq deb hisoblanmoqda (83-rasm).
Dostları ilə paylaş: