Microsoft Word автонинг умумий тузилиши lotin охири doc


Akkumulatorlar batareyasini belgilash



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/89
tarix12.12.2022
ölçüsü1,68 Mb.
#74076
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   89
lu1npRldLNuQa9NwjbR39n5IRTtQapxbuG7mdoxY

Akkumulatorlar batareyasini belgilash. Akkumulator batareya-
larining tuzilishi va ko‘rsatkichlari ma’lum texnik talablarga javob 
berishi kerak va ular shu talablarga mos ravishda belgilanadi. 
Akkumulator batareyasining belgisidagi birinchi son (3 yoki 6) ketma-
ket ulangan akkumulator elementlarining sonini bildirib, u akkumulator 
batareyasining nominal kuchlanishini (6 yoki 12 V) ko‘rsatadi. ST 
harflari akkumulatorni startyor akkumulator batareyasi ekanligining 
belgisidir. Keyingi sonlar akkumulatorni 20 soatli tartibotda razrad 
qilingandagi nominal sig‘imini (“A
˜ soat” da), harflar-qobiq materialini 
(E-ebonit, T-termoplast, P-polietilen), separatorlar materialini (M-
miplast, R-mipor, P-plastipor, S-shisha paxta) bildiradi. Akkumulator 
belgisida qo‘shimcha harflar bo‘lishi mumkin, masalan: 


 119
A - umumiy qopqoqli;
N - quruq-zaradlanmagan
Z – “xizmat ko‘rsatilmaydigan”, elektrolit quyilgan va to‘la 
zaradlangan. 
O‘zDEUavto avtomobillariga o‘rnatilgan akkumulatorlarni 
ishlatishning o‘ziga xos tomonlari. O‘zDEUavto avtomobillarining 
barchasiga (MATIZ, DAMAS, NEKSIA) xizmat ko‘rsatilmaydigan 
akkumulatorlar o‘rnatilgan bo‘lib, ularning umumiy qopqog‘i germetik 
yopilgan holda tayyorlangan. Ish jarayonida batareyada oz miqdorda 
hosil bo‘ladigan gazlarni tashqariga chiqarib yuborish uchun qopqoqning 
yon tomonida ikkita shamollatish tuynugi qoldirilgan. 
O‘zDEUavto avtomobillarini ishlatish bo‘yicha yo‘riqnomalarga 
ko‘ra ularga o‘rnatilgan akkumulatorlar ikkita asosiy ko‘rsatkich bilan 
tavsiflanadi: 
a) elektr sig‘im (RC kursatkich); 
b) razrad tokining maksimal qiymati (CCA ko‘rsatkich ). 
Elektr sig‘im (RC ko‘rsatkich). Akkumulator batareyasining elektr 
sig‘imi (RC ko‘rsatkichi) generator ishdan chiqqanda, avtomobilni 
kechasi, yoritish moslamalari minimal darajada ulangan holda, qancha 
vaqt davomida harakatlanishi mumkinligini belgilaydi. Elektr sig‘im (RC 
ko‘rsatkich)ning o‘lchov birligi minut bo‘lib, u atrof muhit harorati 
27
0
C bo‘lganda, to‘la zaradlangan batareyani 25A tok bilan razrad 
qilinganda, uning qisqichlaridagi kuchlanishni 10,5V gacha pasayishiga 
ketgan vaqt bilan aniqlanadi 

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin