116
(tovushli darakchi, sigaret tutatqich, radiopriyemnik, soat va hokazo)
istisno tariqasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri akkumulator batareyasiga ulanadi.
73-rasm. Elektr energiyasi manbalari va iste’molchilar:
1-akkumulator batariyasi; 2-generator. 3-uzgich.
Avtomobil elektr jihozlariga qo‘yiladigan asosiy texnik talablar:
1. Nominal kuchlanish . Elektr energiya iste’molchilarining nomi-
nal kuchlanishi - 12, 24 V. Asosiy tok manbai - generatorning nominal
kuchlanishi 14, 28 V qiymatida belgilanadi.
Avtomobil harakatlanayot-
ganda ishlaydigan elektrenergiya iste’molchilari kuchlanish belgilangan
nominal qiymatidan 95-125% doirasida o‘zgarganda ham o‘z ish
qobiliyalarini yo‘qotmasliklari kerak.
2. Elektr o‘tkazgichlarning ulanishi. Avtomobillarda bir o‘tkaz-
gichli sxema
joriy qilingan, ya’ni barcha iste’molchilarga bita o‘tkazgich
ulanadi, tok manbai va iste’molchilarning ikkinchi qutbi esa «massa»ga
(avtomobil kuzoviga yoki shassisiga) ulanadi. Elektr jihozlarning ba’zi
buyumlarini ikki o‘tkazgichli sxema bo‘yicha tayyorlash yo‘lga
qo‘yilgan. 3940-57 raqamli Davlat standarti bo‘yicha «massa»ga tok
manbai va iste’molchilarning manfiy qutbi ulanadi.
Dostları ilə paylaş: