-
137
-
muskullarni mustahkamlashga yordam beruvchi mashqlarni
bajarishga o‘rgatish.
Bolalarni velosipedda uchish, suzishga oid turli usullar,
har xil sport o‘yinlarining qonun qoidalarini qisqacha o‘rgatib
borish. O‘yinda o‘zlashtirilgan qoidalarga rioya qilishlariga
ham imkoniyat yaratish. Kurash
tushishining ayrim usullari,
qoidalarini o‘rgatish. (Masalan, sambo usullari).
Jismoniy sifatlarni o‘stirish, muvozanat saqlash, harakatni
boshqarish hamda fazoda mo‘ljalga olishni shakllantirishni
davom ettirish lozim.
Uyushqoqlik, faollik, mustaqillik, do‘stona munosabatlari
va o‘zaro yordam kabilarni tarbiyalash. Sportning turli xillari
bilan tanishtirish mashhur
sportchilar bilan qisqacha
tanishtirish ularning hayotiga oid qiziqarli voqealarni so‘zlab
berish shu orqali bolalar qalbida sportga nisbatan muhabbatni
uyg‘otish.
Dostları ilə paylaş: