-
133
-
Umumrivojlantiruvchi mashqlar
Qo‘l va yelka uchun mashqlar.
Qo‘llarni oldinga, yon
tomonlarga, yuqoriga ko‘tarish
va har safar navbat bilan
pastga tushirish. Qo‘llarni yonga, oldinga uzatgan holda
kaftlarni ochib-yopish va aylantirish. Qo‘llarni birin-ketin
navbat bilan oldinga va yuqoriga ko‘tarish,
tushirish orqaga
siltash. Qo‘llarni tirsakdan bukib aylanma harakat qilish.
Oyoq uchun mashqlar
. Oyoq uchida tik turish,
navbati
bilan avval tovonda so‘ng oyoq uchida turish, ketma-ket bir
necha marta yarim o‘tirib turish,
oyoq kaftlarini bukish va
yozish, oyoq panjalari bilan arqonni yig‘ish tovon bilan
buyumlarni bir joydan ikkinchi joyga ko‘tarish.
Gavda uchun mashqlar.
Qo‘llar belda, ularni yon
tomonga uzatib goh chap, goh o‘ng tomonga burish, oyoqlarni
juftlab oldinga egilish, qo‘l barmoqlarini oyoq uchiga tegizish:
biron narsani polga qo‘yish va olish, bir oyoqni ko‘tarib uning
ostidan biror buyumni o‘ng qo‘ldan chap qo‘lga o‘tkazish yoki
aksincha qo‘llarga tayangan holda ikkala oyoqni ko‘tarishga
urinish, buklash yoki to‘g‘rilashga harakat qilish. Tizzalarga
tayanib turib belni bukish va to‘g‘rilash, qo‘llarni navbat bilan
ko‘tarish, chalqancha yotgan holda qo‘llar
bilan turli
harakatlarni bajarish; aylanib qorinda yotish, qo‘lni
uzatib
biror buyumni ushlab turish, qorni bilan yotgan holda oldinga
uzatilgan qo‘lni, yelka va boshni ko‘tarish kabilar nazarda
tutiladi.
Dostları ilə paylaş: