- 128 - tutiladi.
Dumalatish, irg‘itish, ilib olish. To‘pni bir-biriga qaratib
dumalatish, to‘pni ikki qo‘llab oldinga pastdan, ko‘krak
oldidan, boshidan oshirib otish, 50-100 sm oraliqdagi to‘pni
ilib olishga harakat qilish, shuningdek, to‘p yoki qum
xaltachasini 1 m masofaga bir qo‘llab o‘ng yoki chap qo‘l
bilan irg‘itish nazarda tutiladi.
Emaklash va tirmashish. 3-4 m masofaga emaklash 30-
40 sm to‘siq tagidan o‘tish, arqonli narvoncha, tik
devorchadan bola uchun qulay bo‘lgan usulda yuqoriga
tirmashib chiqishga o‘rgatish nazarda tutiladi.
Muvozanat saqlash. Bunda to‘g‘ri yo‘lak bo‘ylab yurish,
eni 20 sm, uzunligi 2-3 m, ilon izi yo‘lakchadan, doira bo‘ylab
tashlab qo‘yilgan arqonchadan qiya taxtachadan yurish yoki
emaklash, xalqadan – xalqaga, doiradan-doiraga o‘tishga,
shuningdek, 10-15 sm balandlikdagi to‘siqlardan hatlab
o‘tishga,
balandlikda
qo‘llarni
yonga
qilib
turishga,
aylanishga, oyoq uchida ko‘tarilishga o‘rgatish nazarda
tutiladi.
Umumrivojlantiruvchi mashqlar. Qo‘l muskullari uchun. Qo‘llarni yuqoriga va yonga
uzatish. Bukish va cho‘zish, qo‘llarni orqaga yashirish, chapak
chalish bosh ustida chapak chalish (predmetlar bilan).
Oyoqlar uchun. Turgan joyida yurish, oldinga, orqaga
yon tomonga qadam tashlash, bir oyoqda turgan holda
ikkinchi oyoqni bukish va yozish, o‘tirib turish, oyoq uchida
ko‘tarilish tovon bilan turish. Oyoq barmoqlarini qimirlatish,
yotgan holda oyoqlarni velosiped qildirish.
Gavda mashqlari. O‘ng va chapga burilish, oldinga va
- 129 - yon tomonda engashish, tizzalab o‘tirish, tovonda o‘tirish va
turish, qorin bilan yotgan holda qo‘llarni uzatish va oyoqlarni
ko‘tarish yon boshdan yonboshga ag‘darilish.