Microsoft Word Баходир лотинча тузатилган doc


Harakatlantiruvchi tartib. H



Yüklə 2,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/167
tarix26.10.2023
ölçüsü2,12 Mb.
#161348
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   167
Adabiyot maktabgacha

Harakatlantiruvchi tartib. H
ar kungi sayrlarda ishtirok 
etish. Harakatli o‘yinlarda o‘yinchoqlar va jismoniy 
mashqlarda sport anjomlari bilan faol ishtirok etish.
Harakatli o‘yinlar. 
Yurish va yugurishga oid o‘yinlar.
“Qo‘g‘irchoq-
larnikiga mehmonga”, “Yo‘lakchadan, tayoqchadan hatlab 
o‘t”, “Meni quvib yeting”, “Chumchuqlar va avtomobil”, 
“Buyumni olib kel”, “Qushlar uchmoqda” kabilar. 
Emaklab 
o‘ynaladigan 
o‘yinlar. 
“Shaqildoqqacha 
emaklab bor”, “Maymunchalar”, “Darvozaga tushir”. 
Irg‘itish va ilib olish.
“To‘pni ilib ol darvozaga kirgiz”, 
“Savatchaga tashla, menga irg‘it” kabilar. 
Sakrab 
o‘ynaladigan 
o‘yinlar.
“Mening 
sho‘x 
koptogim”, “Oq quyonim”, “Ariqchadan sakrab o‘t” kabilar. 
 
4-§. O‘rta guruhlarda jismoniy tarbiyaning mazmuni 
Bolalarni jismoniy harakat turlari bilan tanishtirish, ularni 
faol bo‘lishga undash hamda turli o‘yin va mashqlarga 


-
131
-
qiziqish uyg‘otish nazarda tutiladi. Mashg‘ulot vaqtida 
bolalarni qo‘l va oyoq harakatlarini mashqqa muvofiq 
ravishda oyoqni sudramay, boshni egmay yengil yurishga 
odatlantirish. Narvonga tirmashib chiqish, to‘pni panjalar 
yordamida ushlab olish shuningdek, turli usullar yordamida 
to‘p uloqtirishda boshlang‘ich holatni to‘g‘ri egallash, 
velosiped uchish malakasini tarkib toptirish, turli tartibda 
saflanib yura olish, fazoda chamalashni o‘rgatish hamda 
muvozanat saqlashga o‘rgatib borish.
Ertalabki badantarbiya.
Badantarbiya vaqtida yurish, 
yugurish, sakrash qo‘l-oyoq mashqlarini faol egallashga, 
gavda holatini tikka tutishga erishish. Jismoniy sifatlarni 
rivojlantirish. O‘yinlarni bolalarning o‘zlari mustaqil ravishda 
tashkil etishlariga imkoniyat yaratish. Bolalarda velosiped, 
chanada uchish, to‘p, halqa va boshqa narsalar yordamida 
bajariladigan harakat malakalarini takomillashtirish. Jismoniy 
tarbiya mashg‘ulotlarida birgalikda dam olish daqiqalaridagi 
o‘yinlarga erkin qo‘shilishlariga odatlantirish.

Yüklə 2,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin