Microsoft Word Баходир лотинча тузатилган doc



Yüklə 2,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/167
tarix26.10.2023
ölçüsü2,12 Mb.
#161348
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   167
Adabiyot maktabgacha

Asosiy harakat mashqlari
Yurish.
Oyoq uchida tizzalarni baland ko‘tarib yurish, 
tovonda, oyoq kaftlarining yon tomoni bilan yurish, turli 
buyumlar oralab yon tomonga yurish. Harakat tezligi va 
yo‘nalishlarini o‘zgartirib safda yurish. 
Yugurish.
Oyoq uchida, tizzalarini baland ko‘tarib katta 
qadamlar bilan yugurish, safda juft bo‘lib turli yo‘nalishda 
doira bo‘lib, qo‘lini ushlab, ilon izi bo‘lib, yugurish hamda 
yugurishni yurish bilan almashtirish, to‘xtovsiz 1, 5 
daqiqagacha yugurishga, 30 metrga tez, 40-60 metrgacha 
o‘rtacha tezlikda yugurishga, 200-240 metr masofaga sekin 


-
132
-
tezlikda yugurishga o‘rgatish maqsadga muvofiqdir. 
Sakrash.
Turgan joyida ikki oyoqlab aylanib sakrash
qo‘llarni yuqoriga ko‘tarib sakrash, oldinga qarab yurish 
vaqtida sakrash, bir oyoqlab turgan joyida va yurgan holda 
sakrash. To‘siqlardan sakrab o‘tish, 70 sm uzunlikka 20-30 sm 
balandlikdan sakrab o‘tish, arqon bilan sakrashga urinish
dumalatish, uloqtirish, ilib olish. Aylana orasidan to‘pni 
dumalatish, koptokni yuqoriga otib va yerga urib ilib olish. 
Emaklash va tirmashish.
Kamida 10 m masofani 
emaklab o‘tish, turli balandlikdagi buyumlar ostidan emaklab 
o‘tish. Gimnastika kursisida qo‘llarga tayangan holda, qorin 
bilan sudralish. To‘rt oyoqlab yurish, gimnastika devoriga 
o‘ngdan chapga o‘tib tirmashib chiqish; 20-30 sm balandlikda 
tortilgan arqon tagidan, xalqa orasidan emaklab o‘tish. 
Irg‘itish.
To‘pni bir-biriga irg‘itib, devorga yerga urib ilib 
olishga, navbatma-navbat o‘ng va chap qo‘l bilan to‘pni 
urishga, og‘irligi 0, 5 kg bo‘lgan oddiy va havo to‘plarini 
yerda dumalatib, uloqtirishga o‘rgatish. 
Velosiped haydash. 
3 g‘ildirakli velosipedda o‘ngga va 
chapga burilib, doira bo‘ylab, yerga qo‘yilgan buyumlarni 
chetlab o‘tib haydash va buyruq bo‘yicha to‘xtashga o‘rgatish.

Yüklə 2,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin