-
146
-
bayroqcha, bulava, arg‘amchi) bilan
bajariladigan mashqlar
xarakterlidir.
Badiiy
gimnastika
mashqlari
harakat
koordinatsiyasi, ya’ni muvozanatini shakllantiradi. Ular turli
tezlikda hamda mushaklarning turli ish faoliyati orqali amalga
oshiriladi. Gimnastikaning sport turlariga akrobatika (grekcha
- “yuqoriga ko‘tariluvchi”) ham kiradi. Maktabgacha ta’lim
muassasalarida
bolalar
jismoniy
tarbiyasi
jarayonida
akrobatikaning ayrim elementlari qo‘llaniladi. Ilk yosh davrida
akrobatik harakatlar ota-onalar hamda tarbiyachilar yordamida
amalga oshiriladi. Bu mashqlar jumlasiga : “ninachi”,
“samolyot”, “qaldirg‘och”, “baliqcha”, “tuynukcha” kabi
mashqlarni kiritish mumkin.
Ritmik gimnastika musiqa orqali bajariladigan jismoniy
mashqlar tizimini ifodalaydi.
Ritmik gimnastika bolalarda
mushaklar
erkinligi,
harakatlarning
go‘zal,
chiroyli,
ko‘rkamligini ta’minlashga yordam beradi.
Davolash gimnastikasi sog‘likni tiklash va salomatlikni
mustahkamlash maqsadida amalga oshiriladi. Bu mashqlar
orqali
asab tizimini yaxshilash, organizm tonusini ko‘tarish,
noxush emotsiyalarni ko‘tarish, qad-qomatni to‘g‘rilash,
gavda holatini yaxshilashga erishiladi.
Dostları ilə paylaş: