-
148
-
Otib yuborish va uloqtirish mashqlari
To‘p-bolaning birinchi o‘yinchoqlaridan bo‘lib, bola
o‘tirishni o‘rgangunga qadar to‘p
bilan muomala qilish
malakalarini o‘zlashtiradi. To‘p bolaning har tomonlama
rivojlanish vositasi hisoblanadi.
Bola hayoti va faoliyatida
nimaniki istasa to‘p unga o‘sha narsani taqdim yetadi.
Bolaning har bir qo‘li to‘pni ushlab olishga mo‘ljallangan
bo‘lib, ilk yoshidan boshlab to‘p ushlashni o‘rgatish lozim. Bu
orqali qo‘l barmoqlari va mushaklari rivojlanib boradi. To‘pga
ip bog‘lagan holda uni bola qo‘liga berib, so‘ng tortib
olinganda bexosdan qo‘li yuqoriga ko‘tariladi. So‘ngra ip
tortilganda bolaning qo‘li og‘irlik ta’sirida
pastga tushib
ketadi. Bolada o‘z kuchini namoyon qilish istagi paydo bo‘lib,
bu unga huzur bag‘ishlaydi. Ushbu harakatlar orqali o‘yin
faoliyati boshlanadi. Bu harakatlar orqali boshqa faoliyat ham
rivojlanadi. Bola qo‘lidan tushgan to‘p uning ko‘z oldida
chayqala
boshlaydi, bu esa predmetni idrok etish hissiyotini
yuzaga keltiradi. To‘p bola ko‘zidan
yashirilganda va qaytib
ko‘rsatilganda, bolada to‘pning qayta paydo bo‘lishi haqida
tasavvur paydo bo‘ladi. Bu holat 3 ta: predmet, tevarak – atrof,
vaqtni idrok etish imkoniyatini yaratadi. To‘p
shu orqali
nafaqat tana a’zolariga balki, ruhiyatiga ham ta’sir ko‘rsatadi.
To‘p bilan turli harakatlar keyinchalik uni egallash va
uloqtirish
ko‘nikmalarini
shakllantiradi.
Uloqtirish-bola
organizmiga ulkan fiziologik ta’sir ko‘rsatadi,
jumladan miya
faoliyati, c hamalash hamda muvozanatni ta’minlash
xususiyatlarini shakllantiradi. Bolada to‘pni uloqtirish
malakalarini shakllantirish uchun ma’lum muddat talab etiladi.
3 yoshli bolada tayyorgarlik
bosqichi mavjud emas, irg‘itish