-
151
-
uzatilib, gavda og‘irligi bukilgan holatdagi o‘ng oyoqqa
tushiriladi. Siltash vaqtida o‘ng oyoq to‘g‘rilanadi, gavda
chapga-oldinga o‘girilib, o‘ng qo‘l oldinga yo‘naltirilib, kaft
yordamida predmet uloqtiriladi.
Tirmashish –
siklli harakatlar tipiga mansubdir.
Tirmashib chiqish va tushish yugurishdagiga o‘xshash harakat
elementlarining qisqa muddatli takroriga egadir:
narvon
zinapoyasiga har bir oyoqda tayanish va unda ikkala oyoqqa
tayanib
turishda
qo‘l
va
oyoq
navbatma-navbat
harakatlantiriladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar tirmashib
chiqishning quyidagi turlarini egallaydilar: emaklab o‘tish,
oshib o‘tish, oradan suqilib o‘tish, gorizontal va qiya
tekistlikda (polda, gimnastika skameykasida) to‘rt (“sinf”
o‘yini) oyoqlarni to‘g‘ri va
chalishtirgan holda yengil
sakrashlar, polga qadar qilib qo‘yilgan buyumlardan sakrab
o‘tish mashqlari; burilib va qo‘llarni turlicha harakatlantirib
bajariladigan sakrashlar; oldinga, orqaga yon tomonlarga siljib
sakrashlar tavsiya etiladi.
-
152
-
UMUMRIVOJLANTIRUVCHI MASHQLAR
.
Umumrivojlantiruvchi mashqlar bu maxsus mashqlardir.
Ular butun organizmning rivojlanishi va sog‘lomlashishida
muxim rol o‘ynaydi
va yelka kamari, gavda, oyoq kabi yirik
muskul guruhlarining rivojlanishi va mustahkamlanishiga,
bo‘g‘imlarning
xarakatchan
bo‘lishiga
muskullar
taranglashuvi va bo‘shashuvi jarayonini normallashtirishga
yordam beradi. Bu mashqlarning vazifasi to‘g‘ri
qad-qomatni
shakllantirish,
butun
tayanch
xarakat
apparatini
mustaxkamlash va qon aylanish, nafas olish, almashinish
jarayonlari, asab tizimi faoliyatini yaxshilashdan iboratdir.
Umumrivojlantiruvchi mashqlar
harakatlarni idora qiluvchi
oliy motor markazlari ishini faollashtiradi; tezkorlik,
chaqqonlik, kuchlar nisbati,
chidamlilik, egiluvchanlik kabi
jismoniy sifatlarni namoyon qilishga yordam beradi, ijobiy-
emotsional kayfiyat uyg‘otadi.
Umumrivojlantiruvchi
mashqlar bir necha guruhga
bo‘linadi:
1. Yelka kamari va qo‘l mushaklarini rivojlantirish va
mustahkamlash uchun mashqlar.
2.
Gavda,
orqa
mushaklarini
rivojlantirish
va
mustahkamlash uchun mashqlar.
3. Oyoq va qorin mushaklarini rivojlantirish va
mustahkamlash uchun mashqlar.
Dostları ilə paylaş: