- 154 - shnurlar, langarcho‘plar, sharlar bilan; predmetlarda –
gimnastika devori, skameyka, stullar, xodada amalga
oshiriladi. Bolalar buyumlar bilan bajariladigan mashqlarni
qiziqish bilan bajaradilar, mashqlarni takrorlash to‘g‘ri muskul
tonusini hosil qilishga yordam beradi.
Saflanish mashqlari. Saflanish mashqlari – saflanishlar
(davra, kolonna, sherenga
… ) qayta saflanishlar (bittadan
kolonna bo‘lib saflanishdan ikkita, uchta, to‘rttadan, sherenga
bo‘lib saflanish…) turli tomonlarga burilishlar (o‘ngga,
chapga, orqaga), tarqalish va yig‘ilish, fazodagi barcha
harakatlardan (turli saflanishlar va tarqalishlar) turli jismoniy
mashqlarni
bajarishda
foydalaniladi
(mashg‘ulotlarda,
ertalabki
gimnastikada,
harakatli
o‘yinlarda,
bayram
tantanalarida sayrlarda, ekskursiyalarda). Bolalarda bu
mashqlarni
bajarish
jarayonida
jamoada
harakatning
muvofiqligi
(turli
mashqlarni
birgalikda
va
o‘zaro
aloqadorlikda bajarish) tarbiyalanadi. Saflanish mashqlari
bolalarda to‘g‘ri qad-qomatning shakllanishiga xizmat qiladi.
Ular turli buyumlar bilan, qo‘shiq, musiqa yoki zarbli asboblar
(doira, nog‘ora) jo‘rligida bajarilishi mumkin. Shunday qilib,
gimnastika mashqlarining barcha guruhi – asosiy harakatlar,
umumrivojlantiruvchi va saflanish mashqlari bola organizmida
kechadigan funksional jarayonlarni kuchaytiradi, jismoniy va
har tomonlama rivojlanishga ta’sir ko‘rsatadi.
Nazorat uchun savollar 1.Gimnastikaning bola kamolotidagi o‘rni qanday?
2. Gimnastika turlarini sanang va ularni tasniflang.