Microsoft Word Баходир лотинча тузатилган doc



Yüklə 2,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/167
tarix26.10.2023
ölçüsü2,12 Mb.
#161348
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   167
Adabiyot maktabgacha

-
113
-
organizm sodir qiladigan) ikki faktorga bog‘liq: a) orqa 
miyaning oldingi shoxchalari motoneyronlaridan muskulga 
boradigan impulslar; b) shartli ravishda 
– 
muskulni o‘zining 
refaolligi, ya’ni ma’lum qo‘zg‘olishlarda javob berish kuchi. 
Muskulni refaolligi uni fiziologik ko‘ndalangi, tolasi 
yo‘g‘onligi, uni qo‘zg‘ala olishi darajasi va boshqa 
to‘zilishidagi bir qancha xususiyatlariga, markaziy asab 
sistemasiga, trofik adrenalin-simpatik tizimi orqali amalga 
oshiriladigan ta’siriga va shu daqiqadagi muskul uzunligi va 
boshqa holatlar, faktorlarga ham bog‘liq. Muskul zo‘riqishi 
darajasini zudlik bilan o‘zgartirishda unga keladigan effektli 
impulslar xarakteri yetakchi mexanizmlardan biri hisoblanadi.
Yuk (og‘irlik)
ko‘tarish bilan mashqlanish o‘zining 
universalligi bilan qulay bo‘lib, ular yordamida faqat eng 
kichik muskullar guruhigagina emas, hatto eng yirik muskullar 
guruhiga ham ta’sir etish mumkin. Ularni dozalash oson. 
Lekin bir qator salbiy xususiyatlari ham mavjud. Og‘irlik bilan 
ishlash mashqlarida dastlabki holat muhim rol o‘ynaydi. U 
albatta yukni statik holda ushlashni talab qiladi. Agarda yukni 
massasi og‘ir bo‘lsa dastlabki holatda turish qiyinlashadi. Bu 
o‘z navbatida harakatni hal qiluvchi fazasida diqqatni 
kontsentratsiyalashda qiyinchilikni yuzaga keltiradi. Bundan 
tashqari a hamiyatli massaga ega bo‘lgan snaryadga birdaniga 
katta tezlik berish qiyin, hohlaysizmi yo‘qmi harakatning 
birinchi qismi (boshlanishi) sekin bajariladi. Harakat ritmi 
majburiy astalik bilan ortib boruvchi bo‘ladi. Bu o‘z navbatida 
lozim bo‘lgan muskullar guruhiga zo‘riqish berishda 
qiyinchiliklarga sabab bo‘ladi. 


-
114
-
Egilib 
yana 
asli 
holatga 
qaytadigan 
jihozlardagi 
qarshiliklarni yengish bilan mashqlanish uchun harakatni 
oxiriga borib zo‘riqishni ortirilishi xarakterlidir.
O‘z tanasi og‘irligini yengish bilan bajariladigan mashqlar 
odatda gavdaning tayanch apparatlari yordamida bajariladi. 
Bunda tananing muskul apparati kuch namoyon qilishda 
yutqazadi, ya’ni bir oz tayanish (proksimal)dan yuqori 
bo‘lmagan kuch sarflaydi xolos. Oqibatda qandaydir harakatda 
tananing shaxsiy vazni yoki uning og‘irligiga teng qarshilikni 
yengish kerak bo‘lsa bu kuch namoyon qilish nuqtai nazaridan 
ancha yengil kechadi. Masalan, devorga suyanib kaftga 
tayanib qo‘lda turishda qo‘llar tirsakda bukib to‘g‘rilanganda 
o‘z vazni uchun sarflangan kuch shu vazndagi shtangani 
ko‘tarishdan yengilroq tuyuladi.
Jismoniy sifatlar insonni ma’lum yoshdan navbatdagi yosh 
kategoriyasiga o‘tishi bilan tabiiy ravishda o‘zgaradi. Bunday 
o‘zgarish yosh bilan bog‘liq bo‘lgan 

Yüklə 2,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin