Microsoft Word chingizxon ziyouz com doc



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/57
tarix25.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#195353
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   57
Chingizxonning oq buluti

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
25
bugungiday gaplasha olmagan bo‘lur edik. Sen — yuzboshi, men cho‘riman. Farqini hamma biladi. 
Lekin sen harbiy ish bilan bir qatorda diling amriga ham quloq solding. Men bu ishda ozmi-ko‘pmi 
yordam qildim, yo‘q deganda otingni ushlab turdim. Sening Do‘g‘ulangingga ham xizmat qildim
xabaring bor. Endi butun vujudim bilan unga mehr qo‘yib qoldim, mening nazdimda Do‘g‘ulang 
go‘zallik ma’budasining qiziga o‘xshaydi. Ha, xuddi shunday! U go‘zallikda tengi yo‘q. Shunday. Lekin 
gap bu haqda ketmayotir. Men bu ayolning boshqa bir fazilati haqida gapirmoqchiman. Uning qo‘lida 
qandaydir mo‘‘jizakor kuch bor, ayol zoti borki, ip ishlatadi, nimalarnidir tikadi, lekin kashtado‘zlikda 
hech kim Do‘g‘ulangning oldiga tusha olmaydi. Men buning guvohiman. Bayroqlarga tikilgan 
ajdaholar tirikka o‘xshaydi. Yulduzlarning rasmi esa osmondagi yulduzlar kabi porlaydi. Xudo bergan 
san’at. Undan hecham ajralmayman. Agar senlar ketsalaring men ham birga ketaman. Uning bir o‘zi 
qochib ketolmaydi. Yaqinda bo‘shanganku, axir. 
— Gap ana shunda-da, Oltun. Ertaga, yarim kechalarda tayyor bo‘lib turish kerak. Qochamiz. Sen 
Do‘g‘ulang ikkalang bola bilan aravada ketasanlar, men esa bir otga minib, bittasini yetaklab olaman. 
Yoyiq daryosi yoqasidagi chakalakzorga yetib olishimiz kerak. Eng muhimi tong otmasdan bu yerdan 
ancha o‘zib ketishimiz shart, shunday qilmasak izimizga tushib topib olishadi. 
Ular indamay qolishdi. Erdene otga minishdan oldin xizmatchi Oltunning burishib qolgan ozg‘in 
qo‘lining kaftidan o‘pdi, bundan bir necha yil oldin Xitoy hududida bo‘lgan janglarda asirga tushib, 
butun umri Chingizxon karvonlarida xizmatkor bo‘lib kelgan mushtdaygina bu keksa ayol Do‘g‘ulang 
bilan Erdenening baxtiga bitgan qut bo‘ldi. Bo‘lmasa bu ayol Erdenega hech kim emas — 
Chingizxonning G’arbga qilgan yurishida xizmat qilib yurgan ayollardan biri. Lekin jonini tahlikaga 
qo‘yib sevishgan ikki yoshning birdan-bir ishonchli tayanchi bo‘ldi. Yuzboshi bu ishda faqat shu 
ayolga, zahmatkash Oltunga ishonish mumkinligini, dunyoda boshqa biron insonga ishonib 
bo‘lmasligini tushundi. Olamga dahshat soluvchi xitoblar bilan g‘arbga yurishda ishtirok etayotgan o‘n 
minglagan maydondosh, taqdirdosh jangchilar ichida shu ayoldan boshqa Erdenening yonini oladigan 
bironta odam topilarmikin — yolg‘iz ana shu Oltungina shunday qilishi mumkin edi. Shunday qildi 
ham. Erdene tun qorong‘usida Oqyulduz laqabli qashqa otini minib olib, qo‘nishlarda va aravalarning 
yon-verlarida uzala tushib yotgan harbiylarni chetlab o‘tar ekan, oldinda qanday qismat kutayotgani 
haqida o‘yladi, va xudodan endigina yorug‘ dunyoga kelgan begunoh go‘dakning baxtini so‘radi, axir 
har bir tug‘ilgan bola — Tangrining inoyatidir. Tangrining amri ila qachonlardir kimdir inson 
ko‘rinishida insonlar oldida paydo bo‘ladi, bu esa Tangrining inson oldidagi zuhuridir. Shunda 
odamning qanday bo‘lishi kerakligini hamma ko‘radi. Tangri degani cheksiz, mislsiz Ko‘k degani, 
Osmon degani. Hammaning taqdiri — kimningdir tug‘ilishi, kimning yashashi, kimning o‘lishi Tangri 
ixtiyoridadir. 
Yuzboshi Erdene ot ustida turib yulduzli osmonni ko‘zdan kechirishga, Tangridan iltijo qilishga, o‘z 
taqdirini bilishga urinib ko‘rdi. Lekin Ko‘k javob bermas edi. Oy bo‘lsa osmonda yolg‘iz o‘zi hukmronlik 
qilar, tun zulmati ichra dong qotib uxlab yotgan Sario‘zak dashti ustida o‘zining ko‘kimtir nurini sochib 
turar edi... 
Saharda yana dovullar tilga kirib gumburlab hammani shirin uyqudan uyg‘otdi, qurol-yarog‘larni 
taxt qilib otlanishga, asbob-uskunalarni aravalarga ortib yo‘l olishga buyruq berildi, xoqonning 
shiddatli hokimiyatidan ilhomlangan va harakatga kelgan selday qo‘shin yana G’arbga tomon yo‘l oldi. 
Yurish boshlanganiga mana o‘n yetti kun bo‘ldi. Sario‘zak dashtining yurish qiyin bo‘lgan bepoyon 
bo‘shliqlari orqada qoldi, endi bir-ikki kun deguncha Yoyiq daryosi bo‘yidagi butazorlar boshlanadi
undan narida buyuk Idil daryosi oqib yotibdi — Idil daryosi yer kurrasini ikki qismga — G’arb va 
Sharqqa bo‘lib turadi. 
Yurish odatdagiday davom etmoqda. Oldinda gijinglagan qora bedovlarda bayroqdorlar ketayotir. 
Ularning ortida soqchilar va a’yonlar qurshovida Chingizxon. Xoqon o‘zining oq yolli yo‘rg‘a sevimli 
Xubasiga minib olgan. Tepada bo‘lsa, xoqonning ko‘ziga quvonch, diliga shodlik baxsh etib, g‘ururiga 
g‘urur qo‘shib har doimgiday ajralmas yo‘ldoshi — oq bulut suzib ketayotir. Xoqon qaerga borsa, 
bulut ham o‘sha yoqqa boradi. Yerda esa butun borliqni to‘ldirib ikki oyoqlilar bilan to‘rtoyoqlilar 


Chingizxonning oq buluti (qissa). Chingiz Aytmatov 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin