www.ziyouz.com kutubxonasi
26
dengizi — Chingizxonning qo‘shinlari, ulovlari, ot-aravalari-yu, so‘yish mollari o‘rkach-o‘rkach to‘lqinlar
kabi oqib ketayotir. Guvullagan shovqin uzoqda quturayotgan dengiz to‘lqinlari qa’ridan
chiqayotganga o‘xshardi. Ana shu hisob-kitobsiz odamlarniyu jon-jonivorlarni, jonsiz aravalarni
Chingizxon, uning kuch-qudrati-yu rejalari, o‘y-fikrlari olg‘a haydamoqda. Hozir ham u ot ustida
ketayotib yana o‘sha rejalar haqida, kamdan-kam inson jur’at eta oladigan orzu — butun dunyoga
hokim bo‘lish, mangulikka bir butun davlat tuzish, yetti pushtigacha shu behudud mamlakatni idora
qilish haqida o‘ylab borayotir. Xo‘sh, bu rejalarni qanday amalga oshirsa bo‘larkin? Buning faqat bir
yo‘li bor — u ham bo‘lsa zarvaraqlarda amr-farmonlar berishdir. Uning dunyoni qanday idora qilish
haqida qoyalarga bitilgan farmonlari o‘sha tog‘lar kabi dunyo turguncha turaveradi. Xoqon ot ustida
ana shu haqda xayol surib ketayotgan edi. Tog‘u-toshlarda yozuvlar qoldirish o‘z nomini
abadiylashtirishning eng ishonchli vositasi edi-da! Xoqon bu ishni qahraton qish kunlarida, Idil
bo‘yidagi qoyalardan boshlaydi. Azim daryoni kechib o‘tish oldidan olimlar, donishmandlar va
bashoratgo‘y-baxshilar ishtirokida majlis o‘tkazadi, xoqon o‘zining umri boqiy davlat haqidagi
farmonlarini joriy qiladi va bu oltin so‘zlar qoyalarga bitiladi. Bu so‘zlar dunyoni ag‘dar-to‘ntar qiladi va
butun olam uning poyiga yiqiladi. Jahongir hozir ana shu shirin orzu bilan oldinga qo‘shin surayotir.
Ro‘yi zaminda hamma shu maqsadga xizmat qilmog‘i kerak. Harbiy yurishga muvaffaqiyat
keltirmaydigan jamiyki narsalar yo‘l-yo‘lakay barbod etilmog‘i, bartaraf qilinmog‘i darkor.
Va yana qo‘shiqlar to‘qildi:
Bu dunyoni kim so‘raydi?
Men so‘rayman.
Gav
h
ar
q
ilib, oyni osmonga ilaman.
Q
arab tur!
Men yetmagan joy
q
utulgaymi?
Q
olmas,
q
olmas!
Q
ochib birov
q
utulganmi?
Q
utula olmas!
Q
arab tur!
Biz ketsak-da o‘rnimizga
Ta
g‘
in yangi avlod yetur,
Dunyoni tugal olib berganimga,
Ot ustida o‘tkazgan bul umrimga,
Ol
q
ish aytur, ta
h
sin aytur,
Q
arab tur!
Baxtga qarshi, xuddi o‘sha kuni, tush paytida xonning farmoni oliylariga zid o‘laroq karvondagi bir
ayolning bola tug‘ib qo‘yganligi haqidagi xabar Chingizxon qulog‘iga yetdi. Bolaning kimdan bo‘lganligi
ma’lum emas emish. Bu xabarni ayg‘oqchi Arasan ko‘tarib kepti. Ko‘zlari chaqnab turgan, charchash
nima ekanligini bilmaydigan, yerning ostida ilon qimirlaganidan xabardor qizil yuzli ayg‘oqchi bu gal
ham birinchi bo‘lib xabar keltirdi: «Janobi oliylari, mening burchim bo‘lgan gapni senga yetkazib
turishdan iboratdir, sening farmoni oliyingga qaramasdan shu voqeaning sodir bo‘lgani rost». Bu jir
bosib ketganidan bo‘lsa kerak, xirillagan ovozda o‘z xabarini tugatdi ayg‘oqchi Arasan, shamolda
so‘zlari yaxshiroq eshitilsin uchun uzangisi uzangisiga tegadigan darajada xoqonga yaqin kelib.
Chingizxon ayg‘oqchining gaplariga ha deganda tushunavermadi, so‘z ham ochmadi. Qoyalarni
o‘yib tarixiy so‘zlarni yozdirish fikri bilan band bo‘lganidan noxush xabarga o‘sha onda ahamiyat
bermadi ham. So‘ngra voqeaning mohiyatiga yetgach ichidan zil ketdi. Chingizxon o‘zini
haqoratlangan sezib, jim qoldi, alamini qamchi bosib otidan oldi. Otning shaxt bilan oldinga
tashlanganidan mo‘ynali po‘stinining barlari hurkkan qushning qanotlari kabi shamolda lopillab ketdi.
Xoqon bilan yonma-yon ketayotgan ayg‘oqchi Arasan nima qilishini bilmay qoldi — u xoqonning
Chingizxonning oq buluti (qissa). Chingiz Aytmatov