Microsoft Word chingizxon ziyouz com doc



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/57
tarix25.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#195353
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
Chingizxonning oq buluti

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
2
mard zobit: «Mana men! Chaqaloq mening o‘g‘lim! Hg‘limning oti G’unon! Onasining ismi Do‘g‘ulang! 
Men lashkar yuzboshisi Erdene bo‘laman!» deb o‘rtaga chiqadi. Erdene bilan Do‘g‘ulangning qo‘llarini 
orqasiga mahkam bog‘lab, cho‘kib yotgan tuyaning ikki yoniga olib borishdi-da, o‘rkach orqali osilgan 
arqonning ikki uchidagi ilmoqni ikkalasining bo‘yniga solib, tuyani urib-zo‘rlab turg‘azishdi. Shunday 
qilib, ikki yosh inson tirik dorning ustida xurjun kabi osilib jon taslim qildi.
Yeru ko‘kni larzaga solgan qo‘shinlar hech narsani bilmaganday, cho‘lu biyobonlarni ortda qoldirib
olg‘a tomon yurib, bosqin yo‘lini davom ettirdilar. Falokat ro‘y bergan joyda Do‘g‘ulangning dugonasi 
Oltun norastani quchoqlaganicha qolaverdi. Qorni ochiqqan go‘dak dala-dashtni buzib dod solib 
yig‘layveradi. O’shanda mo‘‘jiza ro‘y beradi — ularning tepasiga oq bulut kelib soya soladi, umrida 
bola emizmagan, turmushga chiqmagan qari qizning ko‘kragidan sut kela boshlaydi. Bu — xudoning 
o‘z sevgan bandalariga mehribonligi emasmi? 
Abutalipning taqdiri ham fojiali tugadi — qiynoq, azob-uqubat, tahqir-xo‘rliklarga bardosh bera 
olmay o‘zini poezd tagiga tashladi. Abutalip o‘z joniga qasd qilib, ko‘plab begunoh kishilarning 
hayotini saqlab qoldi. 
Chingiz Aytmatov, butun borlig‘i boshdan-oyoq fojialardan iborat bo‘lib qolgan onlarda odam o‘zini 
qanday tutishi kerak — degan murakkab masalaga yana bir bor murojaat qildi. 
«Chingizxonning oq buluti» qissasi «Asrga tatigulik kun» romaniga o‘rish-arqoq bo‘lib qo‘shilib 
ketdi. Abutalipning keyingi taqdiri ne kechdi ekan degan savolga javob bo‘lib tushdi. Ayni vaqtda, uni 
mazmun-mundarijasi, tuzilishi, yaxlitligi, qahramonlarining tabiatiga ko‘ra mustaqil badiiy asar deyish 
ham mumkin. 
 
“O’tar qush nolasi”
hikoyasi tirik mavjudotlardan eng vahshiysi bo‘lmish inson zotiga noinsoniy 
qilmishlari uchun tilga kirgan turnaning (lisonut-tayr) mudhish aybnomasi, muallifning yurakdan 
chiqqan faryodidir – unda qirg‘izlarning bosqinchi jung‘orlarga qarshi olib borgan hayot-mamot 
janglaridan biri haqida so‘z boradi. 
Turnalar galasi har yili uzoq safarga otlanganda qo‘nib, dam oladigan joyini tanimay qoladi: “... 
qayoqqa qaramang odamlarning jasadlari-yu otlarning o‘liklari tog‘-tog‘ uyulib yotar, suv keng yoyilib 
oqqan joylarda son-sanoqsiz murdalar daryo suvini to‘sib qo‘ygan edi. Qip-qizil qon aralash suv 
hamma yoqqa yoyilib, otlarning tuyoqlari ostida qon halqoblarini hosil qilgan edi... 
Jang tugagandan keyin u yerda quzg‘unlar bazmi boshlandi, o‘limtikxo‘r qushlar odam go‘shtiga 
to‘yishdi, uchish u yoqda tursin qanotlarini ham qoqolmay qolishdi. Jangdan keyin shaqollar ziyofati 
boshlandi – chiyabo‘rilar odam go‘shtiga shu qadar to‘ygan ediki gavdalarini sudrab zo‘rg‘a ketishdi...” 
Turna sheriklariga murojaat qiladi: “Kechiringlar, o‘tar qushlar! Bo‘lib o‘tgan vahshiyliklar uchun 
kechiringlar, bo‘lajak vahshiyliklar uchun kechiringlar. Bani odam hayoti nima uchun shunday ekanini
nega zaminda shuncha ko‘p o‘ldirilganlar va o‘ldirilayotganlar bo‘lishini men tushuntirib bera 
olmayman, sizlar tushuna olmaysizlar... 
Qushlar keting bu yerdan, bu mudhish joydan uzoq-uzoqlarga uchib keting”. 
Nega olamda odamlar bir-birlarini shu qadar ko‘p o‘ldirganlar va o‘ldirmoqdalar degan qadimiy 
savol hamon javobsiz qolmoqda. 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin