Microsoft Word chingizxon ziyouz com doc



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/57
tarix25.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#195353
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
Chingizxonning oq buluti

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
5
emas, ayoli, farzandlari bor. Hayotining ma’no-mazmuni bolalarda ekanligiga mana endi ishonch hosil 
qildi; har kim o‘zicha baxtli, bolalarning bo‘lishi baxt, bo‘lmasligi esa fojea ekan. U yana shu narsaga 
ham ishonch hosil qildiki, hayotning mazmunini, hayotning so‘nggi soatida yorug‘lik dunyosidan 
zulmat dunyosiga rixlat oldidan hisob-kitob qilar ekan bandasi. Hayotning bosh yakuni farzandlardir. 
Ehtimol, tabiat qonuni shundaydir: ota-onalarning hayotlari o‘z pushtlarini voyaga yetkazishga sarf 
bo‘larkan. Ota yoki onani bolalardan ayirish, uni otalik (yoki onalik) burchidan mahrum qilish — bu 
esa niyat-maqsadsiz yashashga mahkum etish demakdir. Mana shunday o‘ylar tungi chaqinday aqlni 
yoritib o‘tganda umidsizlikka tushmaslik mumkin emas edi; bola-chaqalari bilan ko‘rishishni orzu qilar 
ekan, Abutalip hayajonga tushib, umidlarining puch ekanligiga va ahvolining mushkulligiga yana bir 
karra ishonch hosil qildi. Sog‘inch kun sayin avj olib, uning dilini lol, qaddini dol qila bordi. Umidsizlik 
tik tog‘ yon bag‘rida to‘plana borgan ho‘l qor kabi jamg‘arilganki, sal bo‘lsa hamma narsani o‘pirib 
vayron qilib ko‘chib ketishi hech gap emas... 
KGBning tergovchisi Tansiqboevga xuddi ana shu kerak edi, u reja bilan, sobitqadamlik bilan 
shunga erishdi, Tansiqboev tepadagi boshliqlari bilan kelishib olib urush davrida asirga tushgan 
Abutalip Quttiboev Angliya-Yugoslaviya agentlariga xizmat qilgan va Qozog‘istonning uzoq 
rayonlaridagi aholi orasida buzg‘unchilik ishlari olib borgan degan jinoiy ish qo‘zg‘adi. Ha, Quttiboevga 
ana shunday ayb qo‘yilgan edi. Hali jinoyatning ba’zi bir tafsilotlarini aniqlash va darajasini belgilash 
yuzasidan ish olib borish, Abutalip Quttiboevni jinoyatni to‘liq bo‘yniga olishga majbur qilish kerak edi, 
eng muhimi shu ediki, ayblov siyosiy jihatdan o‘ta dolzarb, Tansiqboev esa nihoyatda ziyrak, o‘z 
vazifasi yo‘lida g‘ayrat-shijoat bilan xizmat qiladi deb topilgan. Bu jinoiy ish Tansiqboev hayotida katta 
muvaffaqiyat bo‘lsa, Abutalip Quttiboev uchun qopqon, halokat halqasi edi, chunki jinoyatga bunday 
dahshatli ta’rif berilganda ayblanuvchi bo‘yniga qo‘yilgan jinoyatlarga to‘la iqror bo‘lishi shart va bu 
boshqacha bo‘lishi mumkin ham emas edi. Masala allaqachon butunlay hal qilingan, ayblov hukmi 
jinoyatning shak-shubhasiz dalili bo‘lib xizmat qilar edi. 
Shuning uchun Tansiqboev o‘z tashabbusining nima bilan tugashi haqida tashvish tortmasa ham 
bo‘lardi. O’sha yili qish paytida u yuqori mansabga ko‘tarildi. 
Ilgari xizmat yuzasidan arzimagan kamchilikka yo‘l qo‘ygani uchun bir necha yil mayorlikdan 
yuqoriga o‘ta olmadi. Mana endi oshig‘i olchi — Abutalip Quttiboevning ishiga o‘xshagan ishlar chekka 
rayonlarda har doim ham bo‘lavermaydi. Bir omadi chopib qoldi-da! 
Ha, aytish mumkinki, 1953 yilning fevral oyida tarix Tansiqboevga kulib boqdi, go‘yo butun 
mamlakatning tarixi faqat uning manfaatlariga xizmat qilganday bo‘ldi. U tarixning bu ezgu in’omini 
ongi bilangina emas, balki ichki sezgi bilan ham his etar edi, axir uning xizmatlariga katta ahamiyat 
berishib, lavozimini va obro‘-e’tiborini ko‘tarishmoqda, bundan u to‘lqinlanib ruhan yengil tortmoqda. 
Ko‘zguga qarab ba’zan o‘zini tanimay qoladi — uning lochinning ko‘ziday chaqnagan ko‘zlari ko‘pdan 
beri bu qadar mamnun porlagan emas, u yelkasini qoqib qaddini rostlar, mamnunlikdan sof rus tilida 
xirgoyi ham qilib qo‘yar edi: «Biz ertakni haqiqatga aylantirish uchun tug‘ilganmiz». Xotini erining 
orzulariga sherik bo‘lganidan kayfiyati yaxshi edi va payti kelgan joyda «Mayli, yaqinda biz ham o‘z 
ulushimizni olamiz», deb qo‘yar edi. Yuqori sinfda o‘qiydigan, komsomol faoli bo‘lgan o‘g‘li ham, 
gapga kirmasa ham, ardoqli orzular og‘ushida «Ota, kenja polkovniklik bilan tabriklash muddati 
yaqinmi?» deb so‘rab qolardi. Ha, bunday savollarning berilishi bejiz emas edi. 
Gap shundaki, yaqindagina, bundan yarim yilcha oldin Olmaotada yopiq sud protsessi bo‘lib o‘tdi, 
harbiy tribunal bir guruh qozoq burjua millatchilarini sud qildi. Mehnatkash xalqning ana shu 
dushmanlariga qaqshatqich zarba berildi. Ikkitasi oliy jazoga tortildi — qozoq tilida yozilgan va la’nati 
patriarxal feodal o‘tmish yangi voqelikka zarar yetkazadigan qilib ideallashtirilgan asarlar yozgani 
uchun otishga hukm etildi. Fanlar akademiyasi til va adabiyot institutining ikkita ilmiy xodimi yigirma 
besh yildan, qolganlari o‘n yildan badarg‘a qilindi. Eng muhimi shunda ediki, sudlov protsessi 
munosabati bilan burjua millatchilarini fosh etish va shafqatsiz ravishda tugatishda bevosita ishtirok 
etgan maxsus xodimlarga markazdan yirik davlat mukofotlari kelgan edi. To‘g‘ri, bu mukofotlar 
yashirin taqdim etilgan edi, bu esa bu rag‘batlantirishning ahamiyatiga hech ham putur yetkazmas 


Chingizxonning oq buluti (qissa). Chingiz Aytmatov 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin