Microsoft Word chingizxon ziyouz com doc



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/57
tarix25.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#195353
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
Chingizxonning oq buluti

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
4
tepkanda uning giribonidan shappa olganini o‘zi ham sezmay qoldi. Yoqalashib, tepkilashib, yerga 
yiqilgach, bir-birini bo‘g‘ib, mushtlashib yotishdi. «Frontda bo‘lganingda sen ablahni quturgan itday 
otib tashlagan bo‘lar edim!» — dedi xirillagan ovozda Abutalip nazoratchi ko‘ylagining yoqasini yirtdi-
da barmoqlarini bor kuchi bilan uning bo‘g‘ziga botirdi. Shu on eshikdan yana ikki soqchi kirib 
kelmaganda tevalashishning oqibati nima bilan tugashini xudo bilardi. 
Abutalip keyingi kunigina o‘ziga keldi. Qo‘zg‘alay desa darmon yo‘q, a’zoyi badani zirqirab og‘riydi, 
ko‘zlari xiralashgan. Birinchi payqagani shipdagi o‘sha yorug‘ elektr lampasi bo‘ldi. Yonida feldsher 
turibdi. 
— Yot, tinch yotaver, bir o‘limdan qolding, — dedi feldsher Abutalipning yaralariga dori surkar 
ekan,— endi ahmoqlik qilma. Nazoratchiga hujum qildi deb seni hozir ham o‘ldirib qo‘yishlari hech 
gap emas, it o‘ldimi, odam o‘ldimi — ularning parvoyi falak, sening o‘limingga hech kim javob 
bermaydi. Tansiqboevga rahmat ayt, unga sening o‘liging emas, tiriging kerak ekan. Qutqarib qoldi. 
Uqdingmi? 
Abutalip nursiz ko‘zlarini shipga qadagancha javob bermadi. Buyog‘i nima bo‘ladi, ertangi taqdiri 
ne kechadi, — endi unga buning ahamiyati yo‘q edi. Jon og‘rig‘ini u keyinroq sezdi. 
O’sha kunlari uning aqli tumanlanib, bir tush ko‘rib yana chala uyg‘onganday sezar edi o‘zini. Ana 
shunday onlarda Abutalip chaqinday chiroqdan yashirinish, yuz ko‘zini berkitish emas, balki aksincha
o‘zini aqldan ozdirgan, ko‘zni teshib ketadigan yorug‘likka baqrayib qarab qolar, jonini qiynoqqa 
solgan va bezovta qilgan bu nur kuchiga dosh berib o‘tib, yo‘qlik dunyosiga rixlat qilgan kabi havoda 
suzib yurganday his qilar edi o‘zini. 
Aqli kirdi-chiqdi paytlarida ham uning miyasida o‘tmish bilan bog‘langan nafis hayot rishtasi 
saqlanib qolgan edi — kishining yurak-bag‘rini ezadigan sog‘inch, oila, bolalar taqdiridan hadiksirash 
hissi tinchlik bermas edi unga. 
Sario‘zakda qolgan oila a’zolari uchun dili tilka pora bo‘lar ekan, Abutalip hayotimda ehtimol biron 
jinoyat, jazoga arzigulik qandaydir gunoh qilib qo‘ydimmikin deya o‘ylab ketar edi. Lekin javob topa 
olmas edi. To‘g‘ri, asirga tushgani rost, qurshovda qolgan minglab boshqa harbiylar qatori nemislarda 
tutqunda bo‘lgani, asirdan qochib kelgani haq. Lekin buning uchun tokaygacha jazolash mumkin? 
Urush tugaganiga qancha yillar bo‘ldi. Asirga tushganlardan qanchalarining boshi ketdi, qanchalari 
qamoq, quvg‘inga uchradi; qolganlarining ham to‘ridan go‘ri yaqin bo‘lib qoldi. Hokimi mutlaqlar esa 
hamon qasos olish shahdidan qaytmaydilar. Bo‘lmasa bu azob-uqubatlarni qanday tushunish 
mumkin? Abutalip javob topmaydi-da, xayol sura ketadi; yaxshi kunlar kelib qolar, tushunmovchilik 
bo‘pti deb aytishar; o‘shanda u, Abutalip Quttiboev hamma hammasini unutadi, kek saqlamaydi, uni 
tezroq bo‘shatib yuborishsa, tezroq uyga javob berishsa bas, o‘shanda u bolalari, oilasiga tomon 
Sario‘zakka, Bo‘ronli bekatiga qarab chopadi, yo‘q, qanot bog‘lab uchadi, axir u yerda o‘g‘illari Ermek 
bilan Dovul, xotini Zaripa ko‘zlari to‘rt bo‘lib kutib o‘tirishibdi, axir Zaripa bolalarini qush poloponlarini 
qanoti tagida asraganday cho‘lning izg‘irinlari-yu qorlaridan avaylab, bag‘riga bosib o‘tirar, erining 
kelishini xudodan so‘rab, goh yig‘lab, goh ovunib, tepasi bilan yer qazib, tirikchilik qilib yuribdi-ku! 
Qayg‘u alamidan ho‘ngrab yig‘lab yubormaslik, aqldan ozib jinni bo‘lib qolmaslik uchun Abutalip 
o‘zini o‘zi aldab, shirin xayolga cho‘madi — Hech qanday gunohi yo‘q ekan deb uyga qo‘yib 
yuborishsa-ya? Shunda u yuk ortgan poezdning uzangisiga osilib bo‘lsa ham Bo‘ronli bekatiga yetib 
oladi, poezddan tushishi bilan uyiga chopa ketadi, xotini bilan o‘g‘illari ham shamolday yelib kelib 
otasining bo‘yniga osilishadi. Biroq bu totli xayol uzoq cho‘zilmadi, kayf tarqaganday u yana o‘sha 
barak hayotiga qaytdi — Abutalipning o‘zi yozib olgan «Sario‘zakdagi o‘lim jazosi» deb atalgan afsona 
voqeasi o‘zining boshiga tushdi shekilli — qatl qilingan ona bilan otaning qiynoqlarida, ularning 
chaqaloq bilan vidolashishlarida o‘zini ko‘rganday bo‘ldi. Abutalip uchun ayriliq qatl qilganday gap edi. 
Axir faqat o‘limgina ota-onalarni bolalaridan judo qila oladi, ha boshqa hech kim va hech narsa judo 
qila olmaydi. Ana shunday alamli damlarda Abutalip sassiz yig‘lar, toshga yoqqan yomg‘ir 
tomchilariday yuziga tomayotgan ko‘z yoshlarini tiyishga ojiz edi. Qon kechib yurgan urushda ham 
bunchalik qiynalgan emas, u o‘sha paytlarda so‘qqabosh yakka yolg‘iz yigit edi-da; endi bo‘lsa yolg‘iz 


Chingizxonning oq buluti (qissa). Chingiz Aytmatov 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin