www.ziyouz.com kutubxonasi
14
xotini Borteni o‘g‘irlab o‘z hokimiga sovg‘a qilishadi. Chingizxon hokimiyat tepasiga kelgach o‘zaro
nizolarga shafqatsizlik bilan barham bera boshlaydi. Bunday nizolar mamlakatni boshqarishga xalaqit
berar, davlatning kuch-qudratiga putur yetkazar edi.
Yillar o‘tdi va qo‘shinlarning karvonlardagi oilaviy hayot shakliga asta-sekin ehtiyoj qolmadi.
Chunki karvonlardagi oilalar cherik uchun ortiqcha tashvish bo‘lib, keng miqyosdagi harbiy
harakatlarni chaqqonlik va epchillik bilan o‘tkazishda, ayniqsa hujum paytlarida va suvlarni kechib
o‘tish kezlarida to‘sqinlik qilib qoldi. Ana shuni hisobga olib, hokimi mutlaq qo‘shin ortida karvonlarda
ketayotgan ayollarga G’arbga qilingan yurish zafar bilan tugaguncha tug‘ish, bolali bo‘lish qat’iy
taqiqlandi. Bu farmon yurish boshlanishidan oldin e’lon qilindi. O’shanda u shunday degan edi:
— G’arbiy mamlakatlarni zabt etaylik, otlarga dam beraylik, shunday keyin karvonlarda yurgan
ayollar xohlaganicha tug‘averishsin. O’shanga qadarli mening qulog‘im arava yoki kajavadagi ayol
tug‘ib qo‘ydi degan so‘zni eshitmasin.
Chingizxon harbiy g‘alabalarni deb hayotga va Xudoga shak keltirib, tabiat qonunlarini ham rad
etdi. Axir homiladorlik xudo amri bilan bo‘ladi-ku! Fuqarolardan bo‘lsin, harbiylardan bo‘lsin biron jon
bu bedodlikka qarshi chiqolmadi va hatto buni xayoliga ham keltira olmadi. Bu davrga kelib
Chingizxonning saltanati shu qadar qudratli markazlashgan bir kuchga ega ediki, bola tug‘ishni
taqiqlash haqidagi farmon har qancha g‘ayriqonuniy bo‘lmasin, hammaning uni so‘zsiz bajarishdan
boshqa iloji qolmagan edi, aks holda jazosi muhaqqaq edi...
Mana o‘n yetti kundirki, Chingizxon G’arbga tomon yurish qilib borar ekan, o‘zida yo‘q mamnun,
kayfi chog‘. Bunday qaraganda, buyuk xoqon o‘zini har doimgidek tutyapti, ulug‘ zotlarga xos bir sirli
— dam olayotgan shunqorday jiddiy, beparvo. Aslida uning ichki dunyosida bayram: dili zavq-
shavqqa to‘la, qo‘shiq xirgoyi qilib borayotir, hatto she’r to‘qib yubordi:
Q
or yo
g‘
sada, yom
g‘
ir yo
g‘
sa-da,
Dovul turib, sel kelsa-da,
Q
o‘rchilarim, sergak turib tun bo‘yi,
Ko‘z uzmasdan
q
o‘riysiz mening uyimni.
Ulu
g‘
yo‘lda borayotib,
Ra
h
mat aytay
q
o‘rchilarim.
O’tir
g‘
izib, taxtga meni siz o‘zingiz,
Siz o‘zingiz.
O’z o‘rdamda yurt so‘rab turganimda,
Yo jang sari
q
uyundek yurganimda,
Meni asrab
q
o‘rchilarim.
Mendan ko‘z uzmaysizlar.
Shuning uchun ko‘nglim tinchdir,
Xavfim yo‘
q
.
Borayotib ulu
g‘
yo‘lda
Ra
h
mat aytay
q
o‘rchilarim.
Kun-tun demay shay turgan yo‘lbarslarim.
Sizlar borki, men ishonib to
qq
a
q
o‘ndim.
Ichi
q
ora, o‘yi nopoklar
Tunga yopinib, yoyini tezlab
Kelar ekan sir bildirmay.
Yo‘l to‘sib
Rosa bering ular jazosin.
Ulu
g‘
yo‘lda borayotib
Ra
h
mat aytay
q
o‘rchilarimga.