Microsoft Word chingizxon ziyouz com doc



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/57
tarix25.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#195353
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   57
Chingizxonning oq buluti

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
17
qahridan, noroziligidan nom-nishon yo‘q — uning lutfikaramidan xon hamon bahramand. Shunga aqli 
yetgach, oshig‘i olchi qimorbozga o‘xshab tavakkal yo‘lini tutib ilohiy adolatga qarshi, Tangrining 
jig‘iga tegadigan ishlar qila boshladi. Shunda ham baribir Tangrining g‘azabidan darak bo‘lmadi. 
Shundan so‘ng u men endi bilgan noma’qulchiliklarimni qilsam bo‘laverar ekan degan xulosaga keldi. 
Va oradan yillar o‘tdi, endi u o‘zini Tangrining suygan bandasi ekanman, Tangri Taoloning farzandi 
ekanman degan qat’iy ishonchga keldi. Bunday ishonch xoqonda o‘z-o‘zidan paydo bo‘lgani yo‘q — 
faqat cho‘pchaklardagina shunday bo‘lishi mumkin; gurkiragan to‘y-tomoshalarda baxshilar otga 
minib olib olomonga qarab xoqonni ko‘kka ko‘tarib madhiyalar aytganlari, uni Tangrining farzandi deb 
ataganlari, xaloyiq zavq-shavq bilan qo‘llarini duoga ko‘tarib hamdu sano o‘qiganlari hisobga 
kirmaydi, bularning hammasi xushomadgo‘ylikdan boshqa narsa emas edi. Bunda u o‘z tajribasidan 
shunday xulosaga keldi. U Ko‘k-Tangrining fikr-zikrlariga labbay deb javob berganidan Tangri Taolo 
uning barcha ishlariga homiylik qiladi, boshqacha aytganda, u Tangri Taoloning yerdagi xalifasi, 
noibidir. Ko‘k esa xoqon kabi faqat kuch-qudratni, nuqul kuch ishlatishni, faqat kuch-qudrat egasini 
tan oladi; u o‘zini ana shunday deb bilar edi. 
Asrlar osha ovchilik va mol boqish bilan shug‘ullanib kelgan qiyot qabilasining qashshoqlashib 
qolgan kichik urug‘laridan chiqqan yetim bolaning osmonga shaxt bilan parvoz qilgan shunqor kabi 
dunyoni g‘ulg‘ulaga solgan favqulodda shuhrat qozonishini, jahongirlikka erishishini bundan 
boshqacha yana qanday tushuntirsa bo‘ladi? Tarixda misli ko‘rilmagan ulkan hokimiyat qanaqa qilib 
qo‘lga kiritildi — noilojlikda qolgan notavon yetimcha nari borsa shovvoz ot o‘g‘risi bo‘lib yetishishi 
mumkin edi (aslida u ishni ot o‘g‘irlashdan boshlagan). Folbinlikning keragi yo‘q — Tangrining qudrati 
bo‘lmasa, bir oti ikki bo‘lmagan Temuchin og‘zidan olov purkab turgan ajdaholar tasviri zarhal bilan 
tikilgan bayroq ko‘tarmagan, hech qachon Chingizxon nomini olmagan va Oltin o‘tovda taxtda 
o‘tirmagan bo‘lur edi. 
Bunga yana bir dalil shuki, Osiyo xoqoniga Tangri iltifot ko‘rsatganining rad etib bo‘lmaydigan 
isboti ko‘z o‘ngimizda turibdi. Mana ko‘kka boqing — chiroyli oq bulut suzib yuribdi, buni o‘z hayotini 
tahlika ostiga qo‘yib, darvesh folbin aytib bergan edi. Mana uning so‘zlari to‘g‘ri chiqdi. Oq bulut — 
Tangri farzandiga Ko‘kning tuhfasi, uning marhamati va inoyati, kelajakda buyuk zafarlar nishonasi 
edi. 
Yurish qilib ketayotgan ko‘p ming kishidan birontasi bunday mo‘‘jiza ro‘y berishini xayoliga ham 
keltirmas, osmonda bilinar-bilinmas kezib yurgan oq bulutga qarab ham qo‘ymas, bulut qayoqdan va 
nima uchun paydo bo‘lgani haqida o‘ylab ham o‘tirmas edi. Ko‘kda shamol haydab yurgan bulutlarni 
hisob-kitob qilish aqldanmi?.. Faqat dashti biyobonda qo‘shinlarini yangi yerlarni zabt qilish uchun 
boshlab ketayotgan buyuk xoqongina ana shu kichkina oq bulutda sir borini sezib, aql bovar qilmas 
xayollarga cho‘mdi va bunday mislsiz hodisaning bo‘lishiga bir ishonsa, bir ishonmadi. Xoqon o‘ylab 
qoldi — bulut ustida olib borgan kuzatishlari va fikr-xayollarini boshqalarga aytsammikin-
aytmasamikin? Bordiyu u dili ochilib, sirni birovlarga aytib bersa-da, bulut ko‘z ochib yumguncha 
yo‘qolib qolsa-chi? Odamlar uni aqldan ozibdi deyishmasmikin? 
Shundan so‘ng u yana o‘zini qo‘lga oldi va bu bulut oddiy bulut emas, u o‘z-o‘zidan yo‘qolib 
qolmaydi, u Tangri tomonidan nozil qilingan nishonadir deb ishonch hosil qildi-yu, quvonchga to‘ldi, 
o‘zini qanot bog‘laganday sezdi, kelajakdan bashorat qila olishiga, G’arbga qilingan yurishining zafarli 
yakuniga ishondi va dunyoviy saltanat barpo etish yo‘lidagi orzusini qo‘liga qilich olib, amalga 
oshirajagiga yanada ko‘proq umid bog‘lay boshladi. U ana shu niyatlar bilan olg‘a qarab borar edi. 
Hozir qo‘lga kiritilgan yerlar unga kam ko‘rinar edi. Yana boshqa o‘lkalarni zabt etish, boyish kerak... 
Kunlar shu zaylda o‘ta bordi. 
Oq bulut bo‘lsa osmonda mashhur samani Xuba yo‘rg‘asida ketayotgan Chingizxonning ko‘z 
o‘ngida bilinar-bilinmas suzib boraverdi. Otining yoli oq, dumi qora. U dunyoga shunday kelgan. 
Sinchilarning gaplariga qaraganda, baxt yulduzi ostida ming yilda bitta ana shunday ot tug‘ilar 
ekan. Bu ot poyga uchun emas, balki salt minish uchun charchash nima ekanini bilmaydigan tengsiz 
ulov edi. Xuba yo‘rg‘a edi, u yo‘rg‘alaganda yerning issiq taftini oladigan jala kabi bir maromda 


Chingizxonning oq buluti (qissa). Chingiz Aytmatov 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin