Microsoft Word chingizxon ziyouz com doc



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/57
tarix25.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#195353
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   57
Chingizxonning oq buluti

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
16
tashlamoqchi bo‘ldi. Osmonga qaradi deguncha yuragi «shuv» etib ketdi. Bulutdan darak yo‘q. Bu 
yaxshilikning nishonasi emas edi. Bir zumda uning eti junjikib, ko‘zi qorong‘ilashib, boshi aylandi, u 
zo‘rg‘a otining yolini ushlab qoldi. Umrida bunaqasi bo‘lgan emas, chunki dunyoning poydor negizi 
bo‘lgan va Tangri yashash va hokimlik qilish uchun ato etgan Yerdagi mavjudotlardan birontasi uni 
kutilmaganda hayratdan og‘zi ochilib qoladigan darajada esankiratib qo‘ygan emas; ko‘rmagani 
qoldimi uning, dunyodagi biron hodisa uni lol qoldira olmagan, qon kechaverib, issiqdan erib, 
sovuqdan to‘ngaverib diydasi qotib ketgan jahongir bo‘lar-bo‘lmasga xursand ham, xafa ham 
bo‘lavermaydi. Umrida biron marta ham xonlik sha’niga dog‘ tushirmagan jahongir otining yolidan 
ushlab qolgan zaifalarga o‘xshab qo‘rqib ketdi. Bunaqasi bo‘lmagan, bo‘lishi ham mumkin emas, 
uning yoshligidanoq diydasi qotib ketgan, u bolalikdan, suv bo‘yida o‘ynab yurganda baliq talashib bir 
onadan tug‘ilgan inisi Bekterni o‘q yoy bilan otib tashlagan kezdan boshlaboq (o‘shanda baliq uchun 
emas, balki ikki qo‘chqorning boshi bir qozonda qaynamas deganlaridek, kuni kelib menga raqib 
bo‘lmasin deb go‘daklik chog‘idayoq inisining qoniga zomin bo‘lgan edi), hayotning sir-asrorini 
bilishning eng to‘g‘ri, xatosiz yo‘li kuch ishlatish ekanligini bilib oldi. Kuchga bo‘ysunmaydigan, bosh 
egmaydigan narsa yo‘q bu dunyosida — tosh bo‘lsin, olov bo‘lsin, suv bo‘lsin, daraxt, hayvon yoki 
parranda bo‘lsin, hamma-hammasi bo‘ysunadi, osiy banda haqidaku so‘z bo‘lishi mumkin emas. Kuch-
qudrat shiddatidan tiz cho‘kmaydigan, so‘nmaydigan, barbod bo‘lmaydigan hech narsa yo‘q ekanligini 
bilib oldi. Bir kuch ikkinchi kuchni yengganda, ajoyibot o‘rnini notavonlik, go‘zallik o‘rnini ayanchlilik 
oladi, shundan chiqadigan xulosa — shu poymol qilinganlarning hammasi hurmatga sazovor emas, tiz 
cho‘kadiganlarning bari esa muruvvatga loyiqdir, bunda muruvvat qiluvchining marhamati o‘lchov 
vazifasini bajaradi. Dunyo ana shunday qurilgan... 
Odamzotning hokimiyati, kuchi yetmaydigan bir narsa bor — u ham bo‘lsa Ko‘k-Tangridir. 
Himolaylik darvesh ulamolar Tangri Abadiylik va Cheksizlik timsolidir deyishadi. Ko‘k, sirli Tangrigina 
xoqon hokimiyatiga mute’ emas, unga boqim emas. Tangri oldida uning o‘zi son-sanoqsiz 
maxluqlardan biri — Tangriga qarshi na qo‘l ko‘tara oladi va na yurish qila oladi va uni qo‘rqitib 
hurkita biladi. Shuning uchun yerdagilarning taqdirini, himolaylik darvesh ulamolar tili bilan aytganda 
— dunyolarning harakatini boshqarib turadigan Ko‘k-Tangriga toat-ibodat qilish, sajda qilishdan 
boshqa iloj yo‘q. Shuning uchun ham u o‘zga barcha bandalar qatori Tangriga yalinib-yolvorib 
sig‘inganda va jonlik so‘yib qurbonlik qilganda Tangridan marhamat etishini va o‘z panohida asrashini, 
odamlar ustidan qattiqqo‘llik bilan hukmronlik qilishda yordam berishini iltijo etadi. Darbadar 
donishmandlar aytgani kabi, Koinotda oy ostida olamlar son-sanoqsiz bo‘lsa, Ko‘k-Tangri Yer yuzini 
boshdan-oyoq Chingizxonga, uning avlodlari ixtiyoriga topshirib qo‘ya qolsa xazinasi kamayarmidi 
yoki Chingizxondan ham qudratli, undan ham munosib Tangrining bandasi bormikin? Yo‘q, butun 
Rub’i maskunni idora qila oladigan, undan kuchli odamni hali onasi tug‘magan. U xufiya niyatlar 
qilganda Tangri Taolodan shu vaqtgacha hech kim jur’at etmagan narsani — barcha xalqlar ustidan 
hokimi mutlaqlikni so‘rashga ayricha huquqqa ega ekanligiga o‘zida tobora ko‘proq ishonch seza 
boshladi — axir kimdir birov yakka hokim bo‘lishi kerak-ku? Demak boshqalarni kuch ishlatib 
bo‘ysundira oladigan kishigina hukmron bo‘lishga haqlidir. Tangri cheksiz marhamat ko‘rsatib uning 
boshqa birovlarning yerlarini bosib olishiga, shu yo‘l bilan davlatining kuch-qudratini orttirishga 
monelik qilmadi va u borgan sayin Tangrining sevgan quli ekanligiga, Tangrining odamlar 
bilmaydigan kuchlari unga ko‘mak berayotganligiga ko‘proq ishonch hosil qildi. Hammasiga unnab 
ko‘rdi. Yaxshilik ham, yomonlik ham qildi, axir u qilich yalong‘ochlab o‘t qo‘yib o‘tgan barcha 
o‘lkalarda jabrlanganlar xoqonni nimalar deb qarg‘amadi deysiz, lekin bu qarg‘ishlardan birontasi 
unga pashsha chaqqancha ham ta’sir etmadi, aksincha jahongirning shon-shuhrati va kuch-qudrati 
ortgandan ortib boraverdi: jabr-diydalarning oh-fig‘onlari va la’natlari Ko‘kka yetmadi. Shunday bo‘lsa 
ham ba’zan qilgan ishlaridan pushaymonga tushib, Tangrining qahriga yo‘liqmadimmikin, Ko‘kning 
g‘azabi kelmadimikin degan shubha dilini kemirgan paytlar ham bo‘lgan. Bunday hollarda buyuk 
xoqon bir pas taxtaday qotib qolar, o‘zini koyib, tobelarga bir oz nafasini rostlab olishga imkon berar 
va Tangrining adolatli malomatini qabul etar, hatto tovba-tazarru ham qilar edi. Biroq Tangrining 


Chingizxonning oq buluti (qissa). Chingiz Aytmatov 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin