Microsoft Word chingizxon ziyouz com doc



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/57
tarix25.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#195353
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   57
Chingizxonning oq buluti

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
13
Kunlar o‘tdi, oylar o‘tdi. Ikki yildan keyin o‘sha folbinning gaplari Chingizxonning esiga tushib 
qoldi. 
G’arbga yurish uchun tayyorgarlik azim saltanatning ikki yil vaqtini oldi. Keyinchalik Chingizxon 
shunga ishonch hosil qildiki, ulkan davlatining hadlarini yanada kengaytirish uchun jon berib-jon olib 
kurashishga ketgan ana shu ikki yil uning jahonga hukmron bo‘lish, eng oliy maqsadi yo‘lida, yangi 
yerlar va o‘lkalarni zabt etish yo‘lida kuch va mablag‘lar yig‘ishda eng sermahsul davr bo‘ldi, endi u 
o‘zini Rub’i maskunning hokimi, xoqonning yengilmas otliq askarlari yetib borgan joylargacha jamiki 
ro‘yi zaminning sohibi deb e’lon qilsa arzir edi. Dashtlar hokimining asl maqsadi, tarixiy vazifasi oxir-
oqibatda hammaga egalik qilish va hammadan qudratli bo‘lish kasaliga mubtalolik edi. Shuning uchun 
ham Chingizxon saltanatining butun hayoti — Osiyo qit’asining hadsiz hududlarini ishg‘ol qilgan 
uluslarning hayoti, qattiqqo‘l xoqonning zulmi ostida g‘ing etmaydigan xilma-xil qabila-urug‘lardan 
tarkib topgan butun aholining hayoti, barcha shaharlarda va dala-dashtlarda yashab turgan boylar 
hamda yalangoyoq fuqarolarning hayoti, qo‘yingki, kim bo‘lmasin va nima ish qilmasin oxir-oqibatda 
har bir kishining hayoti boshdan oyoq faqat bir ehtirosga — iblisona, mangu ochofat hirsga, yangi-
yangi yerlarni, yangi-yangi xalqlarni zabt qilish, bo‘ysindirish vazifasiga qaratilgan edi. Va shuning 
uchun ham hamma yagona niyat yo‘lida xizmat qilar, barcha bir maqsadga bo‘ysungan edi — u ham 
bo‘lsa Chingizxonning harbiy kuch-qudratini oshirishdan, boylik jamg‘arishdan, hokimiyatni takomil 
toptirishdan iborat edi. Yer qa’ridan qazib olingan jamiki boyliklar va tayyorlangan qurol-yarog‘lar, 
barcha kuchlar hujumga — Chingizxonning Yevropaga, uning o‘ta boy shaharlariga qiladigan qudratli 
hamlasi ehtiyojlariga xizmat qildirilgan edi, axir u yerlarda har bir jangchi katta o‘ljaga ega bo‘lajak, u 
o‘lkalarning qalin yashil o‘rmonlariyu otliqning uzangisidan keladigan yaylovlarida qimiz daryo bo‘lib 
oqadi, Chingizxonning og‘zidan olov purkab turgan ajdaholarning rasmlari tushirilgan bayroqlari 
ostida yurish qilib borgan har bir kishi hokimlik nashidasiga sherik bo‘lajak, hamma g‘alaba huzurini 
ko‘rajak. Buyuk xoqon olg‘a yurish, g‘alaba qilish va yerlarni bosib olishga amr qilgan — amri podsho 
vojib. 
Chingizxon o‘ta darajada omilkor, tadbirkor va oldindan ko‘ra oladigan odam edi. Yevropaga 
bostirib kirishga tayyorgarlik ko‘rar ekan, hamma narsani ikir-chikirigacha chog‘lab, mo‘ljallab qo‘ydi. 
Sodiq ayg‘oqchilardan, boshqa mamlakatlardan qochib kelganlardan, savdogardan va 
ziyoratchilardan, darbadar darveshlardan, ishbilarmon xitoylar, uyg‘urlar, arablar va forslardan son-
sanoqsiz qo‘shinlarining bostirib borishi uchun zarur bo‘lgan hamma ma’lumotlarni — eng qulay 
yo‘llar, kechuv-guzarlarni so‘rab bilib olgan edi. Cheriklar o‘tib boradigan joylardagi xalqlarning xulq-
atvoriyu urf-odatlari, dinlariyu mashg‘ulotlarini ham o‘rganib olgan. U yozuv-chizuvni bilmas edi va bu 
kabi axborotlarning hammasini yoddan bilishi, yo‘l bo‘yi uchraydigan narsalarning zarar-foydasini farq 
qila olishi joiz edi. Ana shundagina ishda tartib bo‘ladi, eng muhimi hamma uchun majburiy temir 
intizom bo‘lmog‘i kerak. Aks holda muvaffaqiyat haqida so‘z ham bo‘lishi mumkin emas. Chingizxon 
talabchanlikning susayishiga ham hech yo‘l qo‘ymas edi, uning bosh maqsadiga, ya’ni Yevropani 
bosib olishga hech kim va hech narsa xalaqit bermasligi shart edi. 
Xuddi ana shu paytda Chingizxon o‘zining yangi rejasini joriy qildi — Harbiylarga fuqarolar aralash 
qo‘shinlarida bola tug‘ilishini taqiqlash to‘g‘risida farmon berdi. Gap shundaki, jangovar suvoriylarning 
xotinlari bilan yosh bolalari odatda oilaviy aravalarda qo‘shinlarning ketidan ergashib boraverishar edi. 
Bu an’ana qadim-qadimlarda hayot taqazosi ila rasm bo‘lgan edi — nega deganda son-sanoqsiz ichki 
nizolar paytida dushmanlar ko‘pgina hollarda vatanda himoyasiz qoldirilgan xotinlar bilan bolalarni 
qirib bir-birlaridan o‘ch olishar edi. Bunda qabilaning ildiziga bolta urish uchun birinchi navbatda 
homilador ayollarni qirib tashlashardi. Lekin vaqt o‘tishi bilan hayotda o‘zgarishlar bo‘ldi. Oldinlari bir-
birlariga doimo dushmanlik qilib kelgan qabilalar Chingizxon hukmronligi davrida tobora ko‘proq 
murosai madora qilib buyuk davlat panohida birlashib ketishdi. 
Buyuk xoqon yoshlik paytida, hali Chingizxon emas, Temuchin deb atalgan davrlarda qo‘shni 
qabilalar bilan ko‘p martalab jang qilgan, boshqalarga qahrini o‘tkazgan, o‘zgalardan ham aziyat 
chekkan, ana shunday hujumlardan birida merkit qabilasi vakillari hujum qilib Chingizxonning suyukli 


Chingizxonning oq buluti (qissa). Chingiz Aytmatov 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin