www.ziyouz.com kutubxonasi
18
to‘xtovsiz oqib ketaveradi. Agar yugan-suvlig‘i bo‘lmasa edi, bunday ot to‘xtovsiz chopaverib issiqlab
o‘lgan, yog‘ib o‘tgan yomg‘ir kabi bir tomchisi ham qolmay yerga singib ketgan bo‘lur edi. Qadim
zamonda bir qo‘shiqchi aytgan ekan: bunday ot mingan odam o‘zini abadiy o‘lmaydiganday sezadi...
Chingizxon mamnun, baxtli edi. U kuchiga kuch qo‘shilganday, xuddi charchamas yo‘rg‘asi kabi
harakat qilgisi, marra sari uchib ketgisi kelar edi, u go‘yo o‘zini charchamas yo‘rg‘a samaniday his
qilar, xuddi bir tekisda chopib ketayotganday, uchib borayotgan otining jo‘shgan qoni va joni bilan
qo‘shilib ketganday sezar edi o‘zini.
Ha, chavandoz ham, ot ham bir-biriga monand edi,— kuchi kuchiga teng edi. Shuning uchun
chavandoz otga qo‘ndirib qo‘yilgan shunqorni eslatar edi. Egarda mahkam o‘tirib olgan chorpaxil
bug‘doyrang suvoriy oyoqlarining uchi bilan uzangiga bosib, viqor va ishonch bilan olg‘a borar edi. U
otga taxtda o‘tirganday minib olgan edi — boshini baland ko‘tarib tik o‘tirar, yanoqlari turtib chiqqan,
yuzi va po‘stakning teshigiday ko‘zlarida mehr-shafqatdan nishona yo‘q edi. Undan beadad qo‘shinni
shon-shuhrat va g‘alaba sari eltayotgan buyuk jahongirga xos kuch va iroda anqib turar edi...
Chingizxonni ruhlantirishga o‘zgacha sabab bo‘lgan narsa uning tepasida timsol kabi, buyuk
salohiyat toji kabi porlab oq bulut suzib borar edi. Shu ma’noda hamma narsa bir-biriga mutanosib
edi. Bulut... Ko‘k... Oldinda esa qo‘shin harakatiga bosh bo‘lganday bayroq hilpirab ketayotir —
Chingizxon qaerda bo‘lsa, bayroq ham o‘sha yerda. Bayroqni uch kishi olib bormoqda — bu vazifa
uchta devday yigitga topshirilgan. Uchalasi ham yulduzni ko‘zlaydigan bir xil qora ot minib olishgan.
Ґ
rtadagi tug‘bardor bayroq o‘rnatilgan tayoqni ushlab boradi, ikki yonidagilar qo‘lidagi nayzasi bilan
tug‘ni o‘rta belidan tutib turadi. Ipak va zar bilan tikilgan qora tug‘ bayroq xoqonning yo‘lini munavvar
qilganday, shamolda hilpirar, og‘zidan qizil olov purkab turgan ajdaho xuddi tirikka o‘xshardi. Ajdaho
sakrayotgan holda tasvirlangan, jahli chiqqanida bo‘rtib turgan, tuyanikiga o‘xshash o‘tkir ko‘zlari
bayroq bilan birga chayqalib, chindan ham tirikka o‘xshardi.
Horish-charchash nima ekanini bilmaydigan xoqon egarda o‘tirib ertalabdan qo‘shinga
qo‘mondonlik qilib bordi. Turli tomondan unga no‘yonlar chopib kelib xabarlar keltirishar, o‘sha zahoti
ko‘rsatma olgach, ketib borayotgan qo‘shindan yana o‘z o‘rnini topib olishar edi. Qish arafasidagi
yomg‘irlar va loygarchilik boshlanmasdan buyuk yurish yo‘lidagi eng katta to‘siq — azim Idil daryosi
sohiliga yetib olish uchun shoshilish kerak edi, shu yerda sovuq tushgandan keyin muz ustidan o‘tib
g‘arbni zabt etish uchun yana oldinga qarab yurish mo‘ljallangan.
Yurish oqshom cho‘kkuncha davom etdi. Yalang dasht kechga qurun yanada bepoyonlik kasb
etdi. Bu esa dunyoning beadadligidan nishona edi. G’ira-shira boshlanmasdan dasht botib borayotgan
quyoshning qizg‘ish nurida tag‘inda cheksiz, yanada hadsizday tuyuldi. Qizarib botayotgan va yarmi
ufq ortiga yashiringan quyoshdan yog‘du olgan biyday dashtda son-sanoqsiz lashkar, minglab otliqlar,
har bir qo‘shin o‘zining cheki-yo‘lini bilib olg‘a qarab borar ekan, botib borayotgan quyosh ketidan
zabt bilan quvib ketayotganga o‘xshar, bu hol uzoqdan qaraganda qoramtir suv zarralariyu bug‘
purkayotgan toshqin mavjlarini eslatar edi.
Qo‘shin tunash uchun qo‘nim olgandagina otlar-u suvoriylarga dam beriladi.
Lekin tong sahardanoq ho‘kiz terisidan qilingan ulkan dovullar-do‘llar tilga kiradi, tin olayotgan
lashkarni yana yurishga chorlaydi. Shirin uyquda yotgan o‘n minglarcha kishini uyg‘otishning o‘zi
bo‘lmaydi. Buning uchun lashkarlar qo‘ngan barcha manzil hamda qarorgohlarda dovullar quloqni
qomatga keltirib hamma turguncha tinmaydi.
Xoqon allaqachon oyoqqa turgan. U hammadan oldin uyg‘ongan, kuzning hidi anqib turgan nurli
sahardanoq xon o‘tovi yonida o‘yga tolib yurar ekan, kechasi tinim bermagan o‘y-fikrlarini tafakkur
tegirmonidan o‘tkazar, qo‘shinlarga ko‘rsatmalar berar, yov-qurlarni otlarga va aravalarga undayotgan
dovullarning shovqiniga quloq solishga ham vaqt topar edi. Yana bir yangi kun boshlandi, yana
odamlarning qiy-chuvi, otlarning dupuriyu aravalarning g‘ichir-g‘ichiri avjiga chiqib, tunda uzilib
qolgan yurish yana yangisiga ulanib ketdi.
Dovullarning darang-durungi hamon tinmas edi. Dovullar jangchilarni uyg‘otish uchungina
dunyoni boshiga ko‘tarib shovqin solayotgani yo‘q, bunda boshqa bir muhim sir ham bor: Chingizxon
Chingizxonning oq buluti (qissa). Chingiz Aytmatov