Microsoft Word chingizxon ziyouz com doc



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/57
tarix25.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#195353
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   57
Chingizxonning oq buluti

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
22
— G’unon. 
— Ha. 
— Bo‘pti, juda yaxshi. G’unon, yosh arg‘umoq, ekan-da. 
— Ha, uch yoshar degani. Endi kuchga to‘lib kelayotgan ayg‘ir. Yoli qamishday, tuyog‘i-
qo‘rg‘oshinday. 
Do‘g‘ulang go‘dakning qulog‘iga pichirladi: 
— Eshityapsanmi, otang senga ot qo‘ydi.
Erdene javob qildi: 
— Sening oting G’unon bo‘ldi. Eshitayapsanmi, o‘g‘lim? Oting G’unon. 
Ilohim shunday bo‘lsin! 
Ular jim qolishdi, ularning nazdida shu lahzada butun bir borliq mujassamlashganday edi. Kechasi 
sokin edi, sal nariroqda o‘tovlar yonida it vovullar, uzoqda ot kishnar edi — ehtimol, ot o‘zining 
o‘ynoqlab yurgan tog‘larini, sho‘x daryolarni, qalin o‘t-o‘lanlarni, oftobda yayrab yurgan uyurni 
qo‘msagandir. G’unon ismli chaqaloq esa betashvish uxlab yotar, uning go‘dak qismati ham hozircha 
u bilan birga tinchgina uyquda edi. Lekin go‘dakning taqdiri sal o‘tmasdan, ko‘radiganini ko‘rdi. 
— Men o‘g‘limizning ismi haqidagina o‘ylayotganim yo‘q, — jimlikni buzdi yuzboshi Erdene va 
dag‘al kaftlari bilan mo‘ylovini silar ekan, xo‘rsinib dedi, — boshqa narsani ham o‘ylayapman, 
Do‘g‘ulang. O’zing tushunib turibsan, sen qo‘lingdagi bo‘bak bilan bu yerda yurishing mumkin emas. 
Tezroq ketishing kerak. 
— Ketishim kerak? 
— Ha, Do‘g‘ulang, ketishing lozim, qancha tez ketsang, shuncha yaxshi. 
— Men ham shuni o‘ylovdim, lekin qayoqqa ketaolaman, qanday qilib? Sen-chi? 
— Hozir hammasini aytaman. Men ham senlar bilan ketaman. 
— Bizlar bilan-a? Buning iloji yo‘q, Erdene! 
— Faqat birga bo‘lamiz. Boshqacha bo‘lishi mumkinmi? 
— Lekin nima deyayotganingni o‘ylab ko‘r, axir sen o‘ng tumanning yuzboshisan-ku! 
— Men o‘ylab ko‘rdim, hammasini o‘yladim. 
— Xo‘sh, sen xoqonning qo‘lidan qayoqqa qochib qutulasan, dunyoda bunday joyni topib 
bo‘lmaydi, Erdene, hali ham o‘ylab ko‘r! 
— Men hammasini obdon o‘yladim. So‘zlarimga diqqat bilan quloq sol. Biz imkoniyati bo‘lgan 
paytlarda, gavjum bozorlari, daydi-darbadarlar to‘lib yotgan azim shaharlarda boshida yashirinib 
qololmadik. O’sha paytlarda, Do‘g‘ulang, juldur, jandalar kiyib boshqa yurtliklarga o‘xshab olaylik-da, 
darveshlarga qo‘shilib, ovorai jahon bo‘lib ketaylik deganim shundan edi. 
Ovorai jahon deganing nimasi, Erdene, — dedi ayol alam bilan. 
— Bu dunyoda biz bemalol yashay oladigan biron boshpana topilarmikin? Xudodan qutulsa bo‘lar, 
lekin xoqoningdan qutulib bo‘lmaydi. Shuning uchun sening taklifingga rozi bo‘lmaganmiz, bunga 
o‘zingning ham aqling yetadi. Qo‘shinda hech bir kimsa bunga jur’at eta olmaydi. Biz qo‘rqinch va 
sevgi o‘rtasida ana shu maxfiy sirimiz bilan qolishga rozi bo‘ldik, — sen qo‘shindan keta olmas eding, 
aks holda kallangdan judo bo‘lar eding, men esa baxtimdan judo bo‘lishdan qo‘rqib seni tashlab keta 
olmas edim. So‘qqabosh emasmiz. 
Ґ
g‘limiz bor. 
har ikkalasining ko‘ngli cho‘kib indamay qolishdi. Shunda yuzboshi dedi: 
— El-yurt oldida sharmandayi-sharmsor bo‘lib or-nomusini yo‘qotib qochib yurganlar bor
birovlarga xiyonat qilib qo‘yib, uyatiga chidamay odamlarning yuziga qaray olmay yashirinib yurganlar 
ham serob. Ular chivinday jonini asraydigan boshpana topsa bas, yuraverishadi. Bizning yo‘rig‘imiz 
boshqa — biz bolalik bo‘ldik, endi uch kishi jonimizni saqlab qolish yo‘lini qidirishimiz kerak. Bizga 
hech kim rahm-shafqat qilmaydi. Xoqon o‘z buyrug‘idan qaytgan emas, qaytmaydi ham. Ketishimiz 
kerak, Do‘g‘ulang, hozir yo‘lga chiqishimiz shart, boshqa iloji yo‘q. Boshingni chayqama, yo‘q deya 
ko‘rma. Boshqacha yo‘l yo‘q. Baxt bilan bebaxtlikning ildizi bir. Baxt qushi qo‘ndi, endi bebaxtlikni 
ko‘raylik. Ketamiz. 


Chingizxonning oq buluti (qissa). Chingiz Aytmatov 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin