Microsoft Word chingizxon ziyouz com doc



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/57
tarix25.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#195353
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
Chingizxonning oq buluti

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
6
edi. Topshiriqlarni namunali ado etganlik uchun navbatdagi unvonlarning muddatidan oldin berilishi
ordenlar hamda medallar bilan mukofotlanishi, yirik pul mukofotlari, buyruqlarda tashakkurlar e’lon 
qilinishi kabi iltifotlar hayotni juda-juda bezar edi, yaxshi xizmat qilganlarga yangi kvartiralar berilishi 
o‘ta o‘rinli bo‘ldi. Bularning hammasi odamlarning belini baquvvat, ovozini baland, qadamini ishonchli 
qilar edi. 
Tansiqboev unvonlari ko‘tarilgan va mukofotlanganlar jumlasida yo‘q edi, lekin hamkasblarning 
tantanalarida faol qatnashdi. U xotini Oykumush bilan ikki kunning birida yangi unvonlar, ordenlarni 
«yuvishda», hovli to‘ylarida ishtirok etishardi. Ketma-ket bayram ziyofatlari yangi yil arafasidayoq 
boshlangan edi, ziyofatlar bir-biridan to‘kin, bir-biridan tantanali o‘tar edi. Mehmonlar Olmaotaning 
sovuq va nim qorong‘i ko‘chalaridan so‘ng yangi iliq kvartiralarga kirdi deguncha do‘stlarning jo‘shqin 
quchog‘iga otilishadi. Mehmonlarni mezbonlar ostonalardanoq samimiy iltifot va mehribonlik bilan 
kutib olishadiki, asti qo‘yavering. Qadrdon do‘stlar to‘kin dasturxon atrofida miriqib kayfu safo 
qilishadi, yuragini yozishadi. Bu o‘tirishlar yangi baxt quchgan imtiyozli amaldorlarning bayramlari edi. 
Urush yillarining ochligi va qashshoqligi hali esdan chiqib ham ulgurmagan paytlarda to‘kinchilik, 
maishat avjida edi. Bu yerda, chekka o‘lkada qimmatli noyob konyaklar, billur chilchiroqlar, nafis 
xorijiy chinni va billur buyumlar endi-endi modaga kira boshlagan edi. Shipdagi ko‘zni 
qamashtiradigan qandillar, oppoq dasturxonlar ustidagi urushda o‘ljaga tushgan nemis servizlari 
kishini mahliyo qilar, kayfiyatini ko‘tarar edi; go‘yo hayotning butun mazmuni ana shu chinni-
billurlarda jam bo‘lganday, dunyoda bundan bo‘lak e’tiborga sazovor narsa yo‘qday tuyular edi. 
Ostonadan kirishingiz bilan dimog‘ingizga gup etib toamlarning hidi uriladi. Xilma-xil ovqatlar 
orasida toychoq go‘shtidan tayyorlangan qazixon to‘ra alohida hurmatga sazovor. Dasturxonni ko‘rib 
mehmonlarning ko‘zi o‘ynaydi. Lekin mehmondorchilik faqat yeb-ichishdangina iborat emas-da
yemoqning qusmog‘i bor deganday qorinni qappaytirish o‘z yo‘liga, ulfatchilikning yana bir qoidasi bor 
— og‘izni ko‘pirtirib kimnidir maqtab so‘z aytilmasa, qutlovlar bo‘lmasa, qadah ko‘tarilmasa, 
suxandonlik, so‘zamollik qilinmasa, o‘tirish o‘tirish bo‘lmaydi. Bu taomil o‘ta yoqimli bo‘lishi barobarida 
sirli hamdir, kishi dilida tuyib yurganini kayf ustida to‘ka soladi, ayni paytda so‘z tagida so‘z bor 
deganday gapga boshqacha to‘n kiydiriladi. Bir-birini ko‘raolmaydiganlar bir zumda hasadni unutib 
iltifot yo‘lini tutayotganday — kishilardagi rashk o‘rnini do‘stlik olganday, riyokorlik endi samimiyatga 
aylanganday bo‘ladi. Bu gal qadah aytganlar birpasda o‘zgarib ketgan kabi og‘zi maqtovdan 
bo‘shamadi, so‘z olgan notiq oldingilardan aqlliroq, eng muhimi chechanroq sayradi, ayni vaqtda 
muxoliflarini so‘z bilan turtib ham ketdi. Qisqasi bu ziyofatni mehmondo‘stlik va chechanlik 
musobaqasi desa bo‘lardi. O’ljaga tushgan qandillar osig‘lik yangi uyda qanchadan-qancha rang-
barang qadahlar tovus yanglig‘ parvoz qilmadi, qancha ravon so‘zlar daryo bo‘lib oqmadi ulfatlarning 
diliga zavq-shavq bag‘ishlab. 
Endigina kenja polkovnik unvonini olgan qozoq yigitining aytgan qadahi Tansiqboev bilan xotinini, 
ayniqsa hayajonga soldi — tantanavor suratda o‘rnidan turar ekan, u shu qadar shaxt bilan kuyib 
pishib gapirdiki, go‘yo taxtga o‘tirayotgan qirol rolini bajarayotgan artist deb o‘ylaysiz uni. 
— Aziz do‘stlarim! — so‘z boshladi u, o‘tirganlarga viqor bilan ma’nodor boqar ekan. Go‘yo 
«mening gapimni jon qulog‘ingiz bilan eshiting» deganday. 
— O’zingiz bilasizki, bugun mening bag‘rim butun — baxt dengizida suzayotirman. Tushunib 
turibsiz. Men gapirmoqchiman. Mening davrim keldi, men gapirmoqchiman. Tushunib turibsiz. Men 
har doim xudosiz bo‘lganman. Men komsomolda o‘sganman. Men bukilmas bolshevikman. Tushunib 
turibsiz. Va men shu bilan juda faxrlanaman. Xudosi mening uchun be’manigarchilikdan boshqa narsa 
emas. Xudoning yo‘q ekanligini hamma biladi, har bir sovet o‘quvchisi biladi. Lekin men boshqa narsa 
haqida gapirmoqchiman, men dunyoda xudo bor demoqchiman. Bir daqiqa sabr, kulmanglar, 
azizlarim. Ha sizlar ey? Meni so‘zidan qo‘lga tushirdik deb o‘ylayapsizlar, yo‘q hech ham qo‘lga 
tushganim yo‘q. Men inqilobga qadarli mehnatkashlarning zolimlari o‘ylab topgan xudoni nazarda 
tutayotganim yo‘q. Bizning xudomiz hokimiyatimiz boshlig‘i, gazetalarda yozayotganlaridek, uning 
irodasi bilan sayyoramizda butun bir zamon boshlandi, va biz g‘alabadan g‘alabaga, butun dunyoda 


Chingizxonning oq buluti (qissa). Chingiz Aytmatov 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin