Microsoft Word chingizxon ziyouz com doc



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/57
tarix25.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#195353
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   57
Chingizxonning oq buluti

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
8
gapiraman va shu tilda fikr yuritaman deb turgan kishini qo‘lga tushirib ko‘rchi! 
Xuddi ana shu yangi, yashirin dushmanlarni fosh etish bo‘yicha kurashni avj oldirish qiyin bo‘lib 
qolgan, voqea-hodisalar kamayib ketgan davrda tasodifiy bo‘lsa ham har holda mayor 
Tansiqboevning omadi keldi. Bo‘ronli bekatidan Abutalip Quttiboev nomiga kelgan «yumaloq xat» 
unga ikkinchi darajali material sifatida jiddiy tekshirib ko‘rish uchun emas, faqat tanishish uchun 
berilgan edi. Biroq Tansiqboev paytni boy bermadi. Burni biron hid sezganday edi. Tansiqboev 
erinmadi, masalaning mohiyatiga yetish uchun Sario‘zagigacha yetib bordi, mana endi ko‘rib turibdi — 
bir qaraganda arzimasday tuyuladigan material yaxshiroq ishlov berilsa, durustgina ahamiyat kasb 
etishiga ko‘zi yetdi. Hammasi ko‘ngildagiday chiqsa, rag‘batlantirishga kelganda tepadagilar 
Tansiqboevni ham chetlab o‘tmasligi ko‘rinib qoldi. Bunday ishlarning qanday yuzaga kelishini va 
qanday samaralar berishini u bilmaydi deysizmi, shu bugungi tantanaga, shu bugungi ziyofatga o‘zi 
guvoh bo‘lib turibdi-ku! O’ziga yaxshi tanish odamlar davrasida yursa kam bo‘lmaydi — Xudo kabi 
qudratli hokimiyatga imon e’tiqodi bilan astoydil xizmat qilgan va bugun stoli ham, shipi ham 
billurdan egilgan baxtiyorlar hayoti buni yana bir bor isbot etmayotirmi? Lekin qudratli hokimiyatga 
yetishishning faqat bir yo‘li bor — u ham bo‘lsa niqoblanib olgan dushmanlarni topish va fosh etishda 
unga tinimsiz fidokorona xizmat qilish, buning uchun turli vositalardan, jumladan «qora» yo‘llardan 
tap tortmaslikdir. 
Dushmanlar jumlasidan esa asirda bo‘lib kelganlarni, ayniqsa, sezgirlik bilan kuzatib borish kerak 
edi. Bundaylar ikki hissa dushman edilar, chunki ular taslim bo‘lmasliklari, balki o‘lishlari va shu yo‘l 
bilan hokimiyatga mutlaq sodiq ekanliklarini namoyish etishlari kerak edi, hokimiyat fuqarolardan 
urushda o‘lsa ham asirga tushmaslikni talab qilar edi. Kim taslim bo‘lsa u jinoyatchidir. Bunday jinoyat 
uchun ana shunday jazo berilishi hamma uchun, barcha zamonlar, barcha avlodlar uchun 
ogohlantirish bo‘lib xizmat qilishi kerak edi. Dohiyning — Xudo yanglig‘ qudratli hokimiyatning 
ko‘rsatmasi ana shunday! Tergov qilinayotgan Quttiboev esa xuddi ana shunday harbiy asirlardan, 
shu bilan birga uning ishida juda muhim kerakli jihati, o‘ta dolzarb tomoni bor — agar Quttiboevga 
shu masalada kichkinagina bir faktni bo‘lsa ham tan oldirilsa bormi, bu fakt, kichkinagina mix o‘z 
o‘rnida muhim vazifani bajargani kabi Yugoslaviyaning Stalin ma’qullamagan taraqqiyot yo‘lini 
tanlagan Tito-Rankovich buzg‘unchi to‘dasining xiyonatkorona rejalarining tub mohiyatini fosh 
qilishdek ulkan ishda yordam berishi mumkin. Obbo, orzuga ayb yo‘q ekan-da? 
Urush allaqachon tugagan. Ular esa ajralib chiqib mustaqil yo‘l tutishmoqchi. Bunaqasi bo‘lmaydi! 
Stalin bu g‘oyaning kulini ko‘kka sovuradi. Bunda kichkinagina fakt misolida bo‘lsa ham xiyonatkorona 
buzg‘unchilik g‘oyalari Yugoslaviyada allaqachonlar urush yillaridayoq partizan komandirlari orasida 
paydo bo‘lganini va bunda Angliya maxsus xizmatlarining bevosita ta’siri borligini yana bir bor isbot 
qilish ortiqchalik qilmaydi. Abutalip Quttiboevning esdaliklarida yugoslav partizanlarining inglizlar bilan 
uchrashganliklari to‘g‘risida gap ketadi. Demak, Quttiboevdan hozir talab qilinayotgan narsani tan 
oldirishga majbur qilish uchun hamma asoslar bor. Binobarin, shunday ekan, har qanday qilib bo‘lsa 
ham bunga erishmoq zarur. Ana shu sario‘zaklik yozag‘onni kerak bo‘lgan hamma narsani har qanday 
yo‘l bilan bo‘lsa ham to‘kib solishga majbur etish shart. Axir, siyosatda har qanday qo‘shimcha 
material ish beradi. Arzimaydigan kichik bir misol ham kerak bo‘lib qolishi, g‘oyaviy bellashuvda 
dushmanni batamom yakson qilish uchun otiladigan tosh bo‘lib xizmat etishi mumkin. Demak, o‘sha 
toshni, ramziy bo‘lsa ham, hatto kichkinagina toshni topish, qo‘lga kiritish, qo‘lga kiritganda ham 
Xudo kabi qudratli hokimiyat qo‘liga o‘zi bo‘lmasa ham boshqa biron kishi orqali, gazetalarda 
yozganlaridek, buzg‘unchi Tito hamda uning yugurdagi Rankevichning malaylariga uloqtirish uchun 
samimiy topshirish muammosi kelib chiqar edi. Toshingiz kichikroq ekan deb qabul qilmasliklari 
mumkin, lekin astoydil qilingan mehnat inobatga o‘tadi. Qarabsizki, hozir dasturxon atrofida 
o‘tirganlar uning uyiga ham borishadi, uning uyida ham quling o‘rgilsin munosabat nishonlanadi. Axir 
hayotning mazmuni baxtdadir, muvaffaqiyat esa baxtning boshidir. 
O’sha mehmondorchilikda o‘tirib lochin ko‘zli Tansiqboev ana shu haqda o‘yladi, u dasturxon 
atrofida boshqalar bilan suhbat qurar ekan, ehtiroslar-u istaklar og‘ushida tog‘ daryosida 


Chingizxonning oq buluti (qissa). Chingiz Aytmatov 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin