Microsoft Word chingizxon ziyouz com doc



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/57
tarix25.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#195353
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   57
Chingizxonning oq buluti

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
34
ta’kidlashardi. 
O’sha baqiroq no‘yon undan battar jahlga minib, kashtachidan chaqaloqning otasi kim ekanligini 
aytib berishni qayta-qayta talab qila boshladi. 
Arava yana bir to‘p suvoriylar oldiga kelib to‘xtashi bilan tag‘in ayoldan so‘rashdi: 
— Aytchi, haromi, sen kimdan tug‘ib olding? 
Xuddi ana shu safda, o‘zining yuz suvoriysiga bosh bo‘lib, yuzboshi Erdene qashqa Oqyulduz otida 
turardi. Do‘g‘ulang bilan Erdene bir-birini ko‘rib qolishdi. Shovqin-suronda ularning uzoq tikilib 
turganlarini, Do‘g‘ulangning seskanib, to‘zg‘ib ketgan sochlarini tartibga keltirganini, chehrasining bir 
lahza yonib-yorishib ketganini hech kim sezmadi. Bu ko‘z urishtirishning Do‘g‘ulang uchun qanchalik 
qimmatga tushganini, shu bilan birga bu lahza uning uchun qanchalik baxtli, ayni vaqtda qanchalik 
azobli onlar ekanini faqat Erdenegina sezar edi. Do‘g‘ulang bir zum o‘z hushini yig‘ib oldi-da qutirgan 
itday vovullayotgan no‘yonning savoliga bamaylixotir javob qildi: 
— Yo‘q, bolamning otasi bular orasida yo‘q! 
Shu so‘zlarni eshitish bilan Erdenening kallasi shilq etib tushdi, u sir bermaslik uchun shu zahoti 
boshini ko‘tarib, hech narsani bilmaganday qotib turdi, buni hech kim payqamadi. 
Jallodlar qatlga tayyor turishgan edi. Qora kiyim kiyib, yengini shimarib olgan uch kishi ikki 
o‘rkachli dordaygan tuyani yetaklab o‘rtaga tushishdi. Tuya deganning shunchalik kattasi ham bo‘lar 
ekan-da, otning ustida turgan chavandozning kallasi tuyaning qorniga zo‘rg‘a yetar edi. Yalang 
dashtlarda yog‘och-taxta anqoning urug‘i bo‘lganidan ko‘chmanchilar gunohkorni shu usulda qatl qilib 
kelganlar — jazoga hukm qilingan kishilarni juft-juft qilib tuyaning ikki o‘rkachi orasiga osishgan; 
buning uchun arqonning ikki uchi ikkalasining bo‘yniga sirtmoq qilib bog‘lanadi-da, arqon tuyaning 
ustiga tashlanadi, jinoyatchi bitta bo‘lsa, arqonning ikkinchi uchiga qum to‘ldirilgan qop bog‘lanadi. 
Qum solingan qop Do‘g‘ulang uchun oldindan tayyorlab qo‘yilgan edi. «Cho‘k, cho‘k!» deb 
qichqirishib, qamchi dastasi bilan tizzasiga uraverib, baqiroq bug‘ra tuyani cho‘ktirishdi. Beso‘naqay 
tuya oyoqlarini bag‘riga buklab yotib oldi, dor tayyor bo‘ldi. 
Dovullar sekin-asta jonlanib, tilga kira boshladi, hozircha pastroq jaranglab turadi-da, kerak bo‘lib 
qolgan paytda quloq-miyani yeb, gulduros ovozlar taratadi. 
Shu paytda no‘yon gurullagan ovozda kashtachiga shunchaki ermak uchunmi yana murojaat qila 
boshladi: 
— Sendan so‘nggi marta so‘rayapman, esi past yengil oyoq ayol — o‘zingku qatl etilasan, bolang 
ham bari bir o‘ladi! O’liming oldidan kimdan bo‘g‘oz bo‘lganingni aytsangchi, nahotki kim bilan 
o‘ynashganingni bilmasang? O’ylab ko‘r, balki bilarsan! 
— Eslay olmayman. Bu ish ancha oldin va bu yerdan uzoqda bo‘lgan, — dab javob berdi 
kashtachi. 
Shunda erkaklar xoxolab, ayollar chiyillab kulib yuborishdi. 
No‘yon bo‘lsa tinmay savol beraverdi: 
— Eslay olmayman deganing nimasi? Nima, bozorda don olishibmiding? 
— Ha, bozorda bir yo‘lini qilganmiz, — Ho‘mrayib javob berdi Do‘g‘ulang. 
— Savdogarmidi yoki darveshmidi o‘sha ma’shug‘ing? Bozordagi o‘g‘rilardan biri bo‘lmasin tag‘in? 
— Savdogar ekanini ham, dunyo kezib yurgan darvesh ekanini ham bilmayman. 
Yana kulgi ko‘tarildi. 
Savdogar deyishadimi, ovorayi jahon deyishadimi, o‘g‘ri deyishadimi, Do‘g‘ulangga bari bir edi, 
bozorda bo‘lgan ish deb bu savollardan qutilsa bo‘ldi. 
Shu payt qalin lashkar orasidan kimningdir qattiq ovozi eshitildi: 
— Bolaning otasi men bo‘laman! Mana men, bilib qo‘yinglar. 
Birdan atrofga jimjitlik cho‘kdi, hamma serrayib qotib qoldi. O’sha jumard kim ekan, kashtachi 
juvon sirini aytmasdan qatl etilayotgan bir onda o‘zini o‘limga urayotgan kim ekan o‘zi? 
Oqyulduzni qamchilab o‘rtaga yuzboshi Erdene kirib kelganda hamma o‘z ko‘ziga ishonmay, og‘zi 
ochilib qoldi. Erdene otining tizginini tortib to‘xtatdi, keyin u uzangiga oyog‘ini tirab, ot ustida tik 


Chingizxonning oq buluti (qissa). Chingiz Aytmatov 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin