Microsoft Word chingizxon ziyouz com doc



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/57
tarix25.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#195353
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   57
Chingizxonning oq buluti

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
31
sayxonlikka bepar-vogina boqib turibdi — bo‘lari bo‘lib, bo‘yog‘i singgan edi. 
Yuzboshi Erdene yomon tush ko‘rib uyg‘ongan odamday bir seskanib tushdi-da, yetaklab 
kelayotgan otning boshidagi yuganini qon yurishmay qolgan sovuq qo‘llari bilan yechib, uloqtirdi. 
Yugan sharaq etib yerga tushdi. U entikib, nafas olishi tobora qiyinlasha boshladi. Yugansiz qolgan 
otning bo‘yniga bir urdi. Endi bu ot erkin, hech kimga keraksiz edi, ot buni sezganday qorong‘ida o‘z 
uyuri tomon chopa ketdi. Erdene qayoqqa borishini, nima qilishini bilmasdan bepoyon dashtda 
bemaqsad qadam tashlay boshladi. Uning Oqyulduz laqabli qashqa oti egasi yetagida jimgina 
ketmoqda, Erdene bu otda qancha janglar qilgan, lekin, na iloj, sevgili yori bilan jigarporasini aravaga 
solib shu otida qutqarib qololmadi. 
Erdene ko‘zdan qolganday boshi oqqan tomonga ketaverdi, ko‘z yoshlari shashqator bo‘lib 
soqolidan oqib tushayotgan edi. Erdene oydin kechada o‘ksib-o‘ksib yig‘lar edi. U o‘z galasidan 
haydalib dunyoda yakka-yolg‘iz qolgan yirtqichga o‘xshash oyog‘ini sudrab qadam tashlar edi: 
eplasang — yasha, eplayolmasang — o‘lib ketaver. Boshqacha yo‘l yo‘q. Endi u nima qilishi, qayoqqa 
bosh suqishi kerak? O’lishdan, o‘ziga pichoq urishdan, ko‘kragiga, alamdan siqilayotgan yuragiga 
xanjar sanchishdan boshqa yo‘l qolmadi — yurak-bag‘rini ezayotgan dardu alamdan qutulishning yo‘li 
shul, yana bir yo‘li — dunyodan etak silkib oyoq yetgan joyga bosh olib ketish edi. Nochor qolgan 
yuzboshi o‘zini tappa yerga tashladi-yu, tosh bormi, qum bormi titkilay ketdi, lekin yer yorilib uni o‘z 
komiga tortmadi, shundan so‘ng boshini ko‘tarib, cho‘kkalab o‘tirdi-da belbog‘idagi xanjariga qo‘l 
uzatdi. 
Dashtda sokinlik, jonzotdan darak yo‘q, tepada yulduzlargina shivirlashadi. Faqat yonidagi sodiq 
do‘sti Oqyulduz oydinda sabr-toqat bilan jim turibdi, egasining imdodini kutib, pishqirib-pishqirib ham 
qo‘yadi. 
O’sha tong paytida dovulchilar tepaga chiqib olib yurish boshlamasdan oldin dovullarini urib 
barchani jam bo‘lishga undadi. Dovullar momaqaldiroq gumburlaganday gulduros shovqin bilan xabar 
berib daranglar edi. Ho‘kiz terilaridan yasalgan dovullar qopqonga tushib qolgan yo‘lbarsga o‘xshab 
na’ra tortar, bo‘kirardi. Dovullarning yo‘lda ketayotib bola tug‘ib qo‘ygan Do‘g‘ulang ismli kashtado‘z 
buzuq ayolning qatl etilishi marosimiga xaloyiqni chorlayotganidan ham ko‘pchilik bexabar edi. 
Dovullarning quloqni qomatga keltirgan shovqini ostida tepalik atrofiga qurol-yaroqlarini shay qilib 
sonsiz suvoriylar to‘planishdi. Nariroqda aravalar, aravalarning ustida qo‘shinlarga xizmat qiladigan 
kishilar, har xil ustalar – o‘tov ustalari, qurolsozlar, egarsozlar, chevar ayollar, erkaklar va ayollar: 
hammalari yosh-yalang, barchalari nasl beradigan navqiron avlodlar. Hammaga saboq bo‘lsin uchun, 
barchaning diliga qo‘rquv solish uchun gunohkor ayol butun xaloyiq oldida qatl etiladi. Xoqon izmidan 
bosh tortganlar bilib qo‘yishsin, kimki farmonga bo‘ysunmasa ular ham qatl etilajak. 
Dovullar gumburlagandan gumburlab, kishilarning qonini yaxlatib, diliga yanada qo‘rquv solar edi. 
Bu ishlarning hammasi Chingizxonning buyrug‘i va ishtiroki bilan bo‘layotgan edi. 
Va nihoyat bebosh ayolni qatl etish haqidagi farmoni oliyga imzo chekkan xoqonni dovullarning 
tinim bilmas gumburlari ostida oltin taxtiravonda tepaga olib chiqishdi, ayol o‘lim xavfi ostida ham 
bolaning otasi kim ekanini aytmadi. Taxtiravonni oftobda qovjiragan o‘t-o‘landan tozalangan 
sayxonlikka qo‘yishdi. Atrofda og‘zidan olov purkab turgan ajdaholarning rasmlari ipakda tikilgan 
bayroqlar endigina yuz ko‘rsatayotgan quyosh nuridan yog‘dulanib, shamolda hilpiramoqda. Shiddat 
bilan sakrashga tayyorlanayotgan ajdaho xoqonning ramzi edi. Lekin kashtado‘z tug‘da tasvirlagan 
ajdaho xoqonning emas, balki boshqa birovning timsoli ekanligi jahongirning yetti uxlab tushiga ham 
kirmagan. Bu esa qo‘li gul ayolning qo‘ynida erkalangan dovyurak ajdaho edi. Ana shu ajdahoday 
jasur, alp qomatli yigit bilan suyushib, uning ramzini bayroqqa tikkani uchun boshidan judo 
bo‘layotgani hech kimning xayoliga ham kelmas edi. 
Qatl daqiqalari yaqinlashmoqda edi. Dovullarning ovozi asta-sekin pasaya bordi. Qotillik onlarida 
pashsha uchsa eshitiladigan sokinlik hukm surmog‘i kerak. Ana shunday jimjitlik paytlarida odamning 
tani yaxlay boshlaganday, vaqt ham parchalanib, yoyilib-chaplashib bir joyda turib qolganday bo‘ladi. 
Jazo ijro etildi deguncha dovullar yeru ko‘kka g‘ulg‘ula solib yana o‘kira boshlaydi, bu tomoshabin 


Chingizxonning oq buluti (qissa). Chingiz Aytmatov 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin