Microsoft Word chingizxon ziyouz com doc



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/57
tarix25.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#195353
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   57
Chingizxonning oq buluti

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
36
Bepoyon dala-dashtda yolg‘iz Oltun chaqaloqni bag‘riga bosgancha serrayib turib qoldi. Tirik jon 
borki, hammasi o‘lmaslik yo‘lini qiladi. Shuning uchun kampir u yoq-bu yoqqa yura boshladi, o‘choqlar 
yonidan sal mujilgan suyaklar deysizmi, tashlab ketilgan sarqitlar deysizmi, etagiga solib oldi. Bir 
yerda kimdir unutibmi, atayinmi tashlab ketgan bir parcha po‘stak yotgan ekan, uni ham yelkasiga 
tashlab oldi — kechasi ona-bola tagiga solib yotish uchun nimadir kerak-ku! 
Oltun nochor, noiloj qolgan edi — nima qilishini, qayoqqa borishini, qaerda tunashini, chaqaloqni 
qanday qilib boqishini bilmas edi. Har holda kunduzi u qadar dahshatli emas, qandaydir mo‘jiza ro‘y 
berib qolar degan umid uchquni o‘chmas ekan, birdan kaftday cho‘lda mol qaytarib yurgan 
cho‘ponning olachig‘i ko‘rinib qolsa-ya! Taqdirning o‘yinini qarang — butun umri birovlarning eshigiga 
bog‘lanib, cho‘rilik qilgan ayol birdan erkin qushday ozodlikka yetishganda qismat uni kishansiz 
tushovlab cho‘li-biyobonda norastaga bog‘lab qo‘ydi. U o‘zini emas, bolani o‘ylab vahimaga tushar 
edi. Endigina tug‘ilgan chaqaloq qorni ochib yig‘lay boshlasa uni qanday ovutadi, qanday emizadi, 
beray desa na yegulik na ichgulik bor. Bola ochdan o‘lishi mumkin. Endi uning butun vujudi vahimaga 
aylandi. O’ylab-o‘ylab hech o‘yiga yetmas, buning chorasini topmas edi. 
Xudodan birdan bir umidi — qandaydir mo‘‘jiza ro‘y bersa-yu, ana yutaman degan ovloq dashtda 
odamlar uchrab qolishsa, ular orasida yosh bolali ayol bo‘lsa-yu, norastani o‘sha ayolga topshirsa, o‘zi 
esa o‘la o‘lguncha unga cho‘rilik qilsa... 
Oltun ko‘z ilg‘amas dala-dashtda ne qilarini bilmay sarson-sargardon kezar, tavakkal qilib bir 
sharqqa qarab, bir g‘arbga va yana sharqqa qarab yurar edi. U bolani bag‘riga bosgancha tinim 
nimaligini bilmay qadam tashlar, bir joyda turishga sabri chidamasdi. Tush payti bo‘lib qoldi, bola 
qorni ochganidan tipirchilab, hiqillab yig‘lay boshladi... Ayol bolani qaytadan yo‘rgaklab, yana yura 
boshladi, — uyoqqa bu yoqqa qadam tashlab chaqaloqni ovuntirmoqchi bo‘ldi. Lekin bola ochlikka 
chidaydi deysizmi, undan battar yig‘iga kirdi, tinmay baqirib yig‘layverganidan yuz-boshi ko‘karib 
ketdi. Nochor qolgan Oltun to‘xtadi-da, ovozi boricha qichqirdi: 
— Yo Tangrim, yordam ber, o‘zing oson qil! 
Bepoyon dalada esa ufqqacha hech narsadan darak yo‘q — na bir tutun, na bir olov ko‘rinadi. 
Cheksiz dashtu, cheksiz osmon, faqat kichkinagina oq bulut tepada sekingina suzib yuribdi. 
Bola tipirchilab yig‘lar edi. Oltun toqati toq bo‘lib nola qildi: 
— Xo‘sh, sen mendan nima talab qilasan, sho‘rlik bola?! Sho‘rish-g‘ovga uchun dunyoga kelgan 
ekansan. Tug‘ilganingga yetti kun bo‘lmasdan g‘irt yetim qolding. Seni men nima bilan boqaman, 
yetimcha? Ko‘rmayapsan-mi, bizga yordam beradigan biron jon yo‘q atrofda. Ikkalamiz birday zor 
yig‘laymiz, ikkalamiz birday badbaxtmiz, tepamizda faqat bir parcha oq bulut bor, osmonda hatto 
qush ham ko‘rinmaydi, yolg‘iz oq bulut aylanib yuribdi... Endi qaysi bir go‘rga kiramiz. Seni men nima 
bilan boqaman? Ikkalamiz sarson-sargardon yuribmiz, otang bilan onangni bo‘lsa osib o‘ldirib ko‘mib 
tashlashdi. Odamlar dovullarni yangratib, tug‘larini hilpiratib, urush qilsam deyishadi. Urushishmasa 
bo‘lmasmikin? Begunoh, beayb sen norastani hamma narsadan benasib qoldirib nimalarni izlab 
ketishdiykin? 
Oltun bolani yupata olmay nari yugurdi, beri yugurdi, bag‘riga bosdi, allaladi, ko‘nmadi. Dunyo 
ishlaridan bexabar chaqaloq nafasi og‘ziga tiqilib yig‘ladi, unga onaning iliq sutidan boshqa hech 
narsa kerak emas edi. Oltun noiloj bir tosh ustiga o‘tirdida, yig‘i va jahl bilan ko‘ylagining yoqasini 
yirtib yubordi, keyin umrida bola emmagan so‘lgin ko‘kragini go‘dakning og‘ziga tiqdi: 
— Ma, ma, ol. Hech vaqo yo‘q! Sutim bo‘lsa sendan ayarmidim, yetimcham?! Menda sut nima 
qilsin? Sut yo‘g‘ini bilgach, dilimni tilka-pora qilmay ovunib qolarsan! Men nimalar deyapman o‘zi?! 
Kimga gapirayapman? Mening sutsiz ko‘kragimdan nima foyda, so‘zlarimdan ne naf senga?! Tangrim, 
qanday azoblarga giriftor qilding meni? 
Bola ko‘krakni og‘ziga olishi bilan yig‘idan to‘xtadi va butun vujudi bilan rohatlanib cho‘lpillatib 
ema boshladi, tili va tanglayi bilan ko‘krakni qattiq so‘rar ekan, mamnun ko‘zlarini bir ochib, bir yumar 
edi. 
— Ko‘rdingmi, hech nima yo‘q, — dedi sekingina Oltun katta kishi bilan so‘zlashayotganday. — 


Chingizxonning oq buluti (qissa). Chingiz Aytmatov 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin