Microsoft Word chingizxon ziyouz com doc



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/57
tarix25.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#195353
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   57
Chingizxonning oq buluti

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
38
o‘lim topish va odam bolasi topolmaydigan qilib dafn etilishi uchun O’rdasiga qaytdi. 
* * * 
Bu tomonlarda poezdlar g‘arbdan sharqqa va sharqdan g‘arbga qatnagani-qatnagan... 
1953 yil fevral oyining o‘rtalarida Sario‘zak dashtlari orqali sharqdan g‘arbga qatnaydigan yo‘lovchi 
poezdlar orasida bosh tomoniga maxsus vagon qo‘shilgan bir poezd bor edi. Yuk vagonining 
shundaygina orqasidagi nomersiz bu vagon tashqi ko‘rinishidan boshqa vagonlardan hecham farq 
qilmas edi, faqat tashqaridan shunday edi — aslida maxsus vagonning bir qismi pochta bo‘limi, 
ikkinchi qismi esa pochta blokidan mahkamlab ajratib qo‘yilgan edi, vagonning ana shu qismi davlat 
xavfsizlik organlari uchun alohida ahamiyatga ega bo‘lgan kishilarni yo‘lda tergov qilishga 
mo‘ljallangan xos xona vazifasini o‘tar edi. Qozog‘iston Davlat xavfsizligi komiteti operativ 
organlaridan birining katta tergovchisi Tansiqboev qo‘zg‘atgan jinoiy ish yuzasidan qamoqqa olingan 
Abutalip Quttiboev ana shu xonada ketayotgan edi. Uni Tansiqboevning o‘zi hamda bir to‘p soqchilar 
boshqa jinoyatchilar bilan yuzlashtirish uchun ehtiyotkorlik bilan olib ketishayotgan edi. 
Tansiqboev ko‘zlagan maqsadi yo‘lida charchash nima ekanini bilmas ekan — Quttiboevni 
poezdda ham so‘roq qilib bordi. Tansiqboevning vazifasi noma’lum bir holatda fashistlar asirligidan 
qochib Yugoslaviyaga borib qolgan va u yerda bo‘lajak yugoslav revizionistlar bilangina emas, balki 
Angliya razvedkasi bilan ham bevosita muloqot qilib turgan kishilardan iborat dushmanlarning maxsus 
xizmatlari tomonidan amalga oshirilgan qo‘poruvchilik tarmoqlarini qadam-baqadam ochib 
tashlashdan iborat edi. Sovet hokimiyatining xorijiy razvedkaga yollangan va jinoyat muddati 
tugaguncha yashirinib yurgan dushmanlarini tinimsiz so‘roq qilish, ma’lumotlarni, bevosita va bilvosita 
dalillarni qiyoslash yo‘li bilan fosh qilish zarur edi; tergov ishining tantana qilishi, ya’ni aybdorlarning 
o‘z ayblarini to‘la tan olishlari hamda qilgan ishlariga pushaymon bo‘lishlari ayniqsa muhim edi. 
Bu ishga zamin tayyorlangan edi — so‘roqlar jarayonida Abutalip Quttiboev Yugoslaviyada jang 
qilgan sobiq asirlardan o‘nga yaqinining nomini tilga oldi, tekshirish oqibatida asirda bo‘lganlarning 
ko‘pchiligi mamlakatning turli burchaklarida sog‘-salomat yashab turganligi aniqlandi. Bu odamlar 
qamoqqa olindi va ular ham o‘z navbatida so‘roq paytlarida yana ko‘p kishilarning nomlarini tilga 
olishdi, shunday qilib, Yugoslaviyaga sotilganlarning ro‘yxati yanada to‘ldirildi. Bir so‘z bilan aytganda, 
ish yangi kishilarni o‘z qa’riga tortdi va dushman unsurlarni fosh etishda oldindan ko‘rilgan tadbirlar 
hech qachon zarar yetkazmaydi degan printsipga amal qiladigan do‘kaylarning marhamati ila ish endi 
jiddiy bosqichga yetdi. Yugoslaviya kompartiyasi bilan xalqaro maydonda ro‘y berayotgan ixtilof 
sharoitida, Titoga Stalinning o‘zi mafkuraviy la’nat o‘qiyotgan bir vaziyatda bu ish muvaffaqiyatli 
chiqadigan bo‘lsa, hammaning oshig‘i olchi bo‘ladi, shu protsessning tashabbuskori bo‘lgan 
Tansiqboevgina emas, balki uning boshqa shaharlardagi ko‘pgina hamkasblari ham katta «hosil» 
olishadi, bu ishdan hamma manfaatdor bo‘lishining sababi ana shunda edi — Hammalari vaziyatdan 
foydalanib yuqoriroq amalga minib olish niyatida edilar. Shu maqsadda ular kelishib harakat qilar 
edilar. Shuning uchun bo‘lsa kerak oblast markazlari hisoblangan Chkalov (sobiq Orenburg) 
Kuybishev, Saratov shaharlarida yuzlashtirish uchun va chaparasta so‘roqqa tutish uchun Abutalip 
Quttiboevni olib kelayotgan Tansiqboevni sabrsizlik bilan kutar edilar. 
Tansiqboev vaqtni qo‘ldan boy bermas, sur’at bilan, shiddat bilan ishlashni xush ko‘rar edi. 
Tansiqboev tergov qilayotgan odamga qamoq joyidan olib chiqilganligi qanday ta’sir etganiga, g‘izillab 
borayotgan vagonning panjarasidan mahbusning stantsiyalar yonidagi shahar-ovullarga qanchalik 
alam bilan boqayotganiga ham ahamiyat berdi. Tansiqboev Quttiboevning qalbida tug‘yon urgan hisni 
tushundi va mumkin qadar ishonchli bir ohangda unga yomonlik istamasligini uqtirmoqchi bo‘ldi, 
uning taxminicha Quttiboevning aybi u qadar katta emas emish, mamlakatda favqulodda vaziyat ro‘y 
berganda maxsus xizmatlar tomonidan rezerv sifatida tashkil qilingan josuslik tarmog‘ining rahbari — 
rezidenti u, ya’ni Abutalip Quttiboev emasligi aniq emish va agar Quttiboev josuslikning boshlig‘i — 
rezindentini topishda tergovga yordam bersa va eng muhimi, yuzlashtirgan chog‘da buni ochib 
tashlasa, qat’iy isbot qila olsa, u o‘zining gunohini kamaytirgan bo‘lur emish. Aybini yengillashtirar 


Chingizxonning oq buluti (qissa). Chingiz Aytmatov 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin